Nasliy mikrosferotsitoz (Minkovskiy-SHoffar kasalligi) dominant yoki retsessiv yo‘l bilan nasldan-naslga o‘tadigan kasallikdir. O‘z qobig‘idagi etishmovchilik sababli eritrotsitlarning xujayra ichida parchalanishi oqibatida yuzaga keladi. Asosiy belgilari: sariqlik, kamqonlik, splenomegaliya, siydikda o‘t pigmentlarining aniqlanishi. Bemorlarda sariqlik belgilari tezda paydo bo‘lmay, yuqumli kasalliklar qo‘shilganda yoki bemor u bilan asoratlanganda yuzaga kelishi mumkin. Kriz vaqtida qondagi gemoglobin ko‘rsatkichlari keskin kamayib, ba’zan 40-50 g/l gacha tushib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |