С а р и қ л и к в а у н и н г қ и ё с и й т а ш ҳ и с и
Qon zardobida erkin bilirubin miqdorini oshishi bilan kechuvchi sariqlik
Download 0.62 Mb.
|
сариклик Lotin
Qon zardobida erkin bilirubin miqdorini oshishi bilan kechuvchi sariqlik
Jigarda bilirubin eksskretsiyasini buzilishi. O‘t yo‘llariga bilirubin ekssekretsiysinig buzilishi , mexanik yoki funkcional omillar bilan bog‘liqligidan qatiy nazar erkin bilirubin koncentrasiyasi qonda oshishi, giperbilirubenemiya va bilirubinemiyani keltirib chiqishiga sababbo‘ladi. Siydikda bilirubinni pado bo‘lishi erkin bilirubin bilan bog‘liq bo‘ib giperbilirubinemiyaga asos bo‘ladi va sariqlikni diferrencial diagnostikasida asosiy belgi xisoblanadi. YUqoridagi belgilar o‘t yo‘llarini to‘liq obstruksiya bo‘lishida xam bir xil bo‘ladi.Bu xolat shuni ko‘rsatadiki gepatoselyular kasallikdagi sariqlikni jigardan tashqari o‘t yo‘llari obsrtuksiyasi bilan kechuvchi sariqlikdan diferrensial diagnostika qilish qiyin bo‘ladi,bunda faqat bilirubin almashinuvidagi o‘zgarishlarga asoslanadi. Xakiqatdan xam bu 2 xil xolatga qaysidir biokimyoviy kriteriyalarga asoslanib tashxis qo‘yish qiyin kechadi. Bu kasalliklarga tashxis qo‘yishda jigar to‘qimasidan bioptat olib tekshiriladi.yoki boshqa tashxisot usullari o‘tkaziladi (masalan UTT tekshiruvi). Erkin billirubinni o‘tga ekskretsiyasi buzilganda mazkur pigmentning qanday yo‘l bilan qon sistemasiga tushishini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Bu «qaytalama xarakat» ni kelib chiqishini asoslovchi bir qancha gipotezalar taklif qilingan. 1. devorini tashkil qilgan jigar xujayralarining nekrozi tufayli o‘t kanalchalarini yirtilishi 2. Quyuqlashib qolgan o‘t bilan kanalchalarining tiqilishi yoki shishgan jigar xujayralari bilan o‘t kanalchalarini ezilishi 3.YAllig‘langan hujayralar tomonidan terminal jigar ichi o‘t yo‘llarini xolangiolalar berkilib qolishi 4. Jigar xujayralari o‘tkazuvchanligigi o‘zgarishi 5. Erkin billirubinni gepatotsitlarda to‘planishi va natijada billirubinni plazmaga diffuz yo‘l bilan o‘tishiga olib keluvchi ekskretsiyani buzilishi. Bu gipotezalardan ayrimlari aqliy yondoshishi bilan bog‘lik bo‘lganligi tufayli xakikatdan yiroq emas. Masalan, ayrim xollarda gistologik tekshiruvlar natijasida o‘tni o‘t kanalchalari devori tirqishlaridan nekroz maydonchasiga sizib o‘tganligi aniklanishi mumkin. YOki masalan , kalamushlar jigarini flyuretsssent bo‘yoq yuborish yo‘li bilan makroskopik tekshirganda o‘tni o‘t kanalchalaridan reflyuks yo‘li bilan sinusoid kapilyalarga o‘tganligi aniqlanadi. SHunga qaramasdan, bu xolda qandaydir anatomik etishmovchilik (defekt) qidirish shart emas, chunki sog‘lom to‘qimaga yuqori dozadagi bog‘langan bilirubinni yuborishganda erkin billirubin konsentratsiyasini oshishi bilan keluvchi giperbillirubinemiya kuzatiladi, jigar oddiy asoslanilsa bu passiv diffuziya holatidan darak beradi. Jigardan tashqari o‘t yo‘llari obstruksiyasi Jigardan tashqari o‘t yo‘llarining to‘liq obstruksiyasi (berkilib qolishi) erkin billirubin hisobiga kelib chiquvchi giperbillirubinemiya, billirubinuriya va axlat massasini rangli bo‘lishi bilan xarakterlanuvchi sariqlik rivojlanishiga olib keladi. CHunki o‘t ichakka tushmaydi, axlat massalari va peshobda urobilinogen yo‘qoladi. Billirubin miqdori asta-sekin ko‘tariladi , keyinchalik o‘zgarishsiz qoladi, 300-400 mg/l ni tashkil etadi. Qaysidir darajada bu plato buyraklar tomonidan billirubinni ekskretsiya qilinishini va uni boshqa metabolitlarga aylanishi orasida muvozanat bo‘lishini taminlaydi. Gepatotsellyullyar sariqlikda bunday solishtirish muxim emas, lekin billirubin miqdori 500 mg/l dan oshadi, bu esa bir vaqtni o‘zida sodir bulayotgan gemoliz va buyrak etishmovchiligi bilan kelishi o‘t yo‘llarining qisman obstruksiyasi ham sariqlikka olib kelishi mumkin , ammo bu xolat o‘t yo‘llarida bosim yuqori bo‘lgandigina kuzatiladi, chunki billirubin ajralishi o‘t yo‘llari ichida 250 mm.sim.ust. ga teng xolatga etmaguncha kamaymaydi. Sariqlik o‘t yo‘llari obstruksiyasi Gepatotsellyular etishmovchilik yoki infeksiya tasirida kelib chiqqan xolatda xam kelib chiqishi mumkin. SHuning uchun jigardan tashkari o‘t yo‘llari obstruksiyasida har doim ham loy rangidagi najas massalari va billirubinuriya kuzatilmaydi, urobilinogenni siydikdagi va najasdagi obstruksiya darajasiga qarab o‘zgarib turadi. Jigarning funksional rezervi shunchalik kattaki, jigar ichi o‘t yo‘llarini berkilib qolishi, agar o‘tning parenximaning katta maydonchasiga chiqishi to‘xtamasa, sariqlik keltirib chiqarmaydi. Xatto jigarning 2 ta asosiy o‘t yo‘llari yoki talaygina ikkilamchi o‘t yo‘llarining tiqilib qolishi xam sariqlik keltirib chiqarmasligi mumkin. Tajribaga olingan xayvonlarda jigar parenximasini 75 % maydonini drenaj qiluvchi o‘t yo‘llarini tiqilishi lozim bo‘ldi, to bu xayvonlarda sariqlik kelib chiqquncha bo‘lgan vaqt oralig‘ida. Sariqlikning qo‘shimcha o‘ziga xos asoslari. Klinik amaliyotda obturatsion yoki xolestatik sariqlik to‘g‘risida malumotlar olish mumkin. Bu shundan darak beradigan gepatotsellyular etishmovchilik klinik va ayniqsa biokimyoviy kursatkichlar bo‘yicha alohida asosga ega emas, kasallikning asosiy belgilari o‘t ajralib chiqish yo‘llarini tiqilishi yoki buzilish bilan boradi. Tipik holatlarda quyidagilarni bemorlarda quyidagilarni kuzatish mumkin: 1.Erkin billirubin bilan bog‘lik giperbilurubinemiya ; 2.Jigar parenximasini zararlanishini xarakterlovchi minimal biokimyoviy o‘zgarishlar; 3.Ishqoriy fosfataza darajasini o‘rtacha yoki yaqqol ko‘tarilishi (asosan 3 yoki 4 marta normadan yukori bulishi, yoki 250 ME\l ) bo‘lishi Sariqlik yoki jigar kasalliklarida ishqoriy fosfataza miqdorini yuqori darajada oshishi o‘t sekretsiyasining buzilishi yoki jigardagi infiltrativ jarayon kechayotganining yaqqol dalili bo‘lib hisoblanadi. SHunga qaramasdan jigar ichi xolestazini jigardan tashqari xolestaz bilan differensial tashxislashda birgina labaratoriya tekshirishlar ko‘rsatkichlariga tayanishi kamlik qiladi. Ayrim klinitsistlar «obturatsion sariqlik» atamasini o‘t yo‘llarining anatomik obstruksiyasi holatlarida ishlatishadi, «xolestatik sariqlik » atamasini esa, obturatsion faza funksional bo‘lib, jigar parenximasi shikastlanishida ishlatiladi. Har ikkala holat bir – biriga biokimyoviy va klinik parametrlar bo‘yicha bog‘lik bo‘lganligidan, «obturatsion sariqlik» va «xolestatik sariqlik» atamalari bir hilda ishlatiladi. Obturatsion yoki xolestatik sariqlik bilan kechuvchi gepatotsellyulyar o‘zgarishlar quyidagicha bo‘lishi mumkin: 1.virusli geratitning kamdan kam uchrashi; 2.Dori vositalariniga reaksiya, asosan xlorpromazin (aminazin) va metiltestosteron; 3.alkogolli gepatit yoki alkogol fonida kelib chiqqan yog‘li gepatit 4.Homiladorlikning oxirgi trimestrdagi sariqlik 5.Ko‘p holatlarda Dabin – Djonson yoki Rotor sindromlarida 6.YAxshi sifatli, retsedivirlangan jigar ichi xolestazi; Xulosa qilib aytish mumkinki, erkin billirubin bilan bog‘liq barcha giperbillirubinemiya shakllari billirubinni o‘t suyuqligiga tushmasligini asoslaydi. Ko‘p hollarda jigar parenximatoz kasalliklarida jigar funksiyasini belgilovchi biokimyoviy o‘zgarishlarni ko‘rish mumkin. SHu asnoda jigarni funksiyasini belgilovchi holat bo‘lib, erkin billirubin bilan bog‘lik giperbillirubinemiya va ishqoriy fosfatazani qon zardobida o‘rtacha yoki yaqqol oshishi ahamiyatlidir. Bunda «obturatsion» yoki «xolestatik sariqlik» atamasini qo‘llash to‘g‘ri bo‘ladi. Xolestaz sababini bilish uchun ko‘p xollarda qo‘shimcha metodlardan, operativ yondashuvdan foydalanish mumkin bo‘ladi.
Kelib chiqish va rivojlanish sabablariga ko‘ra sariqlik jigar usti – gemolitik, jigar ichi, jigar osti – xolestatik sariqliklar kabi turlarga bo‘linadi. Ularni bir-biridan farqlash belgilari 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval.
Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling