S anoq sistemalari ustida amallar bajarish. 1-Misol
Natija: T harfi kodi 1000 ga teng. Mustaqil yechish uchun misollar
Download 0.7 Mb.
|
“INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI”
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fano daraxti. 1-Misol.
Natija: T harfi kodi 1000 ga teng.
Mustaqil yechish uchun misollar: 1. Bir qabilaning tili 64 xil so‘zdan iborat. Qabila yetakchisi 2 daqiqada 100 ta so‘zdan iborat nutq so‘zladi. Ushbu axborotning uzatish tezligini toping? 2. Berilgan ikkita matndagi belgilar soni bir xil. Birinchi matn 16 ta belgidan iborat alifbodan foydalangan holda tuzilgan. Ikkinchi matn 250 ta belgidan iborat alifbodan foydalangan holda tuzilgan. Ikkinchi matnda birinchi matnga qaraganda necha marta ko‘p axborot mavjud. 3. “KIBERNETIKA” so‘zini kodlash uchun undagi harflarga alifbo bo‘yicha ikkilik sabos sistemasida sonlar tartib bilan mos qo‘yilgan. Ushbu kodlashdan foydalanib “INTERNET” so‘zini kodlanishini toping. 4. A, B, D, E, K, O, R, Y harflarini kodlash uchun eng kam bit talab etiladigan ikkilikda tekis kodlash usulidan foydalanilgan. “KEYBOARD” so‘zining 16 lik sanoq sistemasida kodlashda qanday ko‘rinishda bo‘ladi. 5. Ekranda bitta nuqta 16 xil rangdan birini qabul qilishi mumkin. Tasvir o‘lchami 10x15 sm bo‘lib, unda bir dyumda 32 ta nuqta to‘g‘ri keladi. (1 dyum = 2,5 sm) Tasvirning axborot hajmi necha Kb ga teng? 6. Bir kitobda 750 ta sahifa bo‘lib, har bir sahifa 32 ta satrdan va har bir satr 72 ta belgidan iborat bo‘lsa, kitobdagi axborot 25 Kb/sek tezlik bilan uzatilsa sarflangan vaqtni toping? 7. Avtomobillar davlat raqamlari uchta harf va uchta raqamlar kombinatsiyasi, ya’ni A 885 BA ko‘rinishda tuziladi. Agar bu harflar 26 ta lotin alifbosining harflari, raqamlari esa 0 dan 9 gacha bo‘lgan raqamlar bo‘lsa, bunday kombinatsiyalar soni nechta? m ta elementdan iborat to‘plamning n ta qilib takroriy o‘rin almashtirishlar soni m^n ga teng. 8. Mumba-Yumba qabilasining tili 64 xil so‘zdan iborat. Shu qabilaning yetakchisi 2 daqiqada 100 ta so‘zdan iborat nutq so‘zladi. Ushbu axborotning uzatish tezligini toping? 9. Berilgan ikkita matndagi belgilar soni bir xil. Birinchi matn 16 ta belgidan iborat alifbodan foydalangan holda tuzilgan. Ikkinchi matn 250 ta belgidan iborat alifbodan foydalangan holda tuzilgan. Ikkinchi matnda birinchi matnga qaraganda necha marta ko‘p axborot mavjud? Fano daraxti. 1-Misol. Xabar 50 ta A, 30 ta B, 20 ta C va 5 ta D harflarni o‘z ichiga oladi. Xabarni uzatishda har bir harf minimal uzunlikdagi (2 lik sanoq tizimida notekis kodlash) turli bitlar bilan kodlangan. Kodlangan xabarni minimal uzunligi necha bitdan iborat? Yechish. Masala shartiga ko‘ra 50 ta A, 30 ta B, 20 ta C va 5 ta D harflardan iborat va har bir harf uchun necha bit zarurligini Fano daraxti usulidan foydalanib tuzib chiqamiz. Shunda A=0 bo‘lganligi uchun 1 bit, B=10 bo‘lganligi uchun 2 bit, C=110 bo‘lganligi uchun 3 bit va D=111 bo‘lganligi uchun 3 bitdan iborat bo‘ladi. Harflar sonini bitlar soniga ko‘paytirib, yig‘indisini topib olamiz. 50*1+30*2+20*3+5*3=185 bit. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling