S anoq sistemalari ustida amallar bajarish. 1-Misol


Download 0.7 Mb.
bet6/11
Sana22.02.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1221912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
“INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI”

SMM ning afzalliklari:
- Ulkan axborot: matn, grafika, audio, video va boshqa turdagi reklama xabarlarini uzatish imkoniyati.
- Keng auditoriyaga samarali ta’sir ko‘rsatish.
- Maqsadli auditoriya bilan real vaqtda muloqotni tashkil etish.
- So‘rovnoma, statistika va formlar asosida maqsadli auditoriyaning fikr-mulohazalarini o‘rganish.
- Doimiy xaridor va hamkorlar bilan aloqada bo‘lish va ularning talablariga javob berish.
- Mablag‘ning kam sarflanishi.
SMM ning kamchiliklari:
- Ko‘p vaqt sarflanishi.
- Ko‘p mehnat talab etilishi.
- Foydalanuvchi bilan doimo aloqada bo‘lish va ularning qiziqishlarini ushlab turish.
- Mojaroli yoki salbiy vaziyat yuzaga kelsa, obro‘ga putur yetishi.
- Norasmiy va ochiq muloqot.

CMS - Content management system - kontentning boshqaruv tizimlari. Tayyor shablonli tuzilmalar, ma’lumotlarni kiritish va dizayn ishlariga mo‘ljallangan funksiyalar to‘plamidan iborat platforma. Shuningdek, CMS matnli va multimediyali sahifalardan iborat saytlarni qulay va oson yaratish hamda o‘zgartirish (qo‘shish, tahrirlash va o‘chirish) imkonini beradigan boshqaruv tizimidir.


CMS ning afzalliklari:
- Sayt bilan ishlash jarayonining soddaligi va qulayligi.
- Qisqa vaqt ichida, yuqori tezlikda sayt yaratish imkoniyati.
- Ortiqcha qiyinchiliklarsiz chiroyli dizayn yaratish imkoniyati.
- Ko‘pfunksionallik.
- Foydalanish huquqini boshqarish.
CMS ning kamchiliklari:
- Tizim himoya qatlamini mustahkamlash zaruriyatining mavjudligi.
- Shablon asosida ishlashi.
- Nostandart funksiyalarga ega bo‘lgan maxsus saytlar yaratishning mushkulligi.


LMS - learning management systems - ta’lim boshqaruv tizimlari. Bilim olish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun mo‘ljallangan hamda videodars, ma'ruza materiallari, taqdimot, kitob kabi o‘quv materiallari majmuasidan iborat muloqot rejimida ishlay oladigan inson-mashina majmuasi yoki masofaviy ta'lim shakli.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling