Natija: Ranglar maksimal miqdori 2 ga teng.
7-Masala. Diskning 0,25 Mbayt qismida 262144 ta belgidan iborat axborot yozilgan. Bu ma’lumotlar nechta belgili alifboda ifodalangan.
Yechish. Masalani yechishda I=K*i formuladan foydalanamiz. Bunda I-axborot hajmi, K-belgilar soni va i-belgini kodlash razriyadi.
I=0,25 Mb = 256 Kb = 262144 bayt = 2097152 bit
K=262144 ta
i=I/K=2097152 bit / 262144 = 8 bit
Belgili alifboda ifodalanganligini miqdori N=2i ya’ni N=28=256 teng.
Natija: Ma’lumotlar 256 ta belgili alifboda ifodalangan.
8-Masala. “INFORMATIKA” so‘zi harflarini kodlash uchun eng kam bit talab etiladigan ikkilikda tekis kodlash usulidan foydalanilgan. Shu bilan birga, ikkilikdagi kodlar o‘sib borish tartibi ingliz alifbosi harflarining o‘sib borish tartibiga moslashtirilgan. T harfi kodini toping.
Yechish. Masalani yechishda xarflarni alifbo tartibida yozamiz va 4 bit ko‘rinishida kodlab chiqamiz.
A
|
- 0000
|
N
|
- 0101
|
F
|
- 0001
|
O
|
- 0110
|
I
|
- 0010
|
R
|
- 0111
|
K
|
- 0011
|
T
|
- 1000
|
M
|
- 0100
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |