S avezbayev, S. N. Volkov
Yerga egalik qilish va yerdan foydalanish
Download 6.41 Mb. Pdf ko'rish
|
26. yer tuzishning imiy asoslari. avazbayev s
2. Yerga egalik qilish va yerdan foydalanish.
Yerning ijtim oiy-iqtisodiy aham iyati undan belgili xo'jalik yoki jam oa maqsadlari uchun foydalanish yordamida ko'rinadi; yerga egalik qilish va foydalanish jam iyat faoliyatining obyektiv shartlariga kiradi. X o'jalik yuritish usullari, m ulkchilik shakllari, yerdan foydalanish va unga egalik qilish tartibi doim o o'zgarib turadi. Ishlab chiqarish usullarini va ijtim oiy m unosabatlam i tubdan isloh qilish jarayonida unda sezilarli O'zgarishlar nam oyon bo'ladi. O 'zbekiston «Yer kodeksi»ga asosan qishloq xo'jaligini yuritish uchun yer uchastkalari mulk tariqasida meros qilib qoldiriladigan um rb o d egalik qilish, doim iy yoki m uddatli foydalanish, ijara huquqlari bilan beriladi. Bunda mustaqil xo'jalik yuritish, ekinlarga va o'tqazilgan ko'chatlarga, yetishtirilgan qishloq xo'jalik m ahsulot- lariga va ularni sotishdan olingan daromadlarga mulkchilik va boshqa huquqlar kafolatlanadi. Sanoat va boshqa faoliyatlar uchun yer mulk qilib yoki muddatsiz foydalanishga beriladi. Yerdan foydalanish huquqi berilgan fuqarolar, korxonalar, m uassasalar va tashkilotlar yerni ajratish shartlariga qattiq rioya qilishlari kerak. Bu esa yerdan foydalanuvchilar huquq- larining yer mulkdorlari va egalari huquqlariga nisbatan biroz cheklan- ganligini ko'rsatadi. Yer tuzish ishlarini amalga oshirishda yer mulkchiligi birinchi navbatda ijtim oiy-iqtisodiy kategoriya sifatida ishtirok etadi; u yer m u lk d o rin in g va egasining foydalanuvchiga nisbatan hokim lik funksiyalarini tavsiflaydi. Yerga egalik qilish amaliy m a’noda yerdan foydalanishni ham nazarda tutadi, sababi, yerdan foydalanishning belgili tartibiga suyanadi. Q onun chiqaruvchi va ijrochi organlar yer 46 munosabatlarini tartibga solib, yerdan foydalanish va unga egalik qilish lurlarini va maqsadini, shartlarini, tartibini, shakllarini, m uddatlarini belgilaydilar. Qishloq xo'jaligida yerdan foydalanish jarayonini va h u quqiy ta ’minlash m ajm uasini t o i a ko'rsatish uchun yerga egalik qilish ham da yerdan foydalanish term inlari ishlatiladi. Yer tuzishda «yerdan foydalanish» so'zi yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish va u berilgan maqsadni amalga oshirish bo'yicha ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyatlar m azrnunini belgilash uchun ishlatiladi. Bu vaziyatda yerdan foydalanish belgilangan tartibda korxonaga, muassasaga, tashkilotga, fuqaroga aniq m aqsadlar uchun berilgan, joylarda chegaralangan yer uchastkasi m a’nosida ishlatiladi. M a’m uriy tum andagi bunday uchastkalar yig'indisi yerdan foydala nuvchilar tizim ini tashkil etadi. Yerga egalik qilish m ulkchilik, shaxsiy va ja m o a faoliyati, qaytariiish va muddatlilik belgilari bo'yicha ajratiladi. U lar xususiy, jam oa-paychilik yoki qo'shm a; fuqarolar uchun um rbod m eros qilib qoldiriluvchi, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun doimiy; vaqtincha (ijara), to'lovli yoki tekin; mo'ljallangan maqsadlari bo'yicha - qishloq xo'jaligi, o 'rm o n xo'jaligi, aralash bo'lishlari m um kin. Yerdan foydalanish yana bir necha klassifikatsiyalash belgilariga ega. Yerdan foydalanishni tashkil etish shakllari bo'yicha ular jam oa va shaxsiy turlarga bo'linadi. Jam oa turiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, shaxsiy turiga esa fuqarolar uchastkalari kiradi. M o'ljal langan maqsadlari bo'yicha yerdan foydalanish sanoat, transport, m udofaa, suv xo'jaligi, tabiatni m uhofaza qilish, shahar qurilishi yerdan foydalanishlariga, foydalanish m uddati bo'yicha - doim iy va vaqtincha, qisqa va uzoq muddatli turlarga ajratiladi. Huquqiy maqomi J jo 'y ich a birlamchi (yer m ahalliy m a ’muriyat tom onidan beriladi) va ikkilamchi yerdan foydalanishlarga (yer mulkdor, birlam chi yer egasi yoki foydalanuvchi tom onidan beriladi) ajratiladi. Yer fondi tarkibida yetakchi o 'rin n i qishloq xo'jalik korxonala ri, ferm er va dehqon xo'jaliklari yer egaliklari va yerdan foydala- nishlari egallaydi. Bu m am lakatim izni oziq-ovqat m ahsulotlari bilan ta'm inlashning asosi, yerning tabiiy va iqtisodiy salohiyatlaridan to'laroq foydalanish shaklidir. Ular jam oa xo'jaliklari, qishloq xo'jalik shirkatlari va xo'jaliklararo korxonalar ham da boshqa davlat qishloq xo'jalik korxonalari, ilmiy - tekshirish muassasalari va o'quv yurtlari, 47 ferm er xo'jaliklari yerlarini qam rab oladi. O 'zbekistonning qishloq xo'jalik korxonalari yer egaliklari va yerdan foydalanishlari lo 'g '- risidagi m a’lum ot 6-jadvalda keltirilgan. Download 6.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling