S avezbayev, S. N. Volkov


Yer tuzish samaradorligi va uni iqtisodiy asoslash


Download 6.41 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/85
Sana04.11.2023
Hajmi6.41 Mb.
#1747636
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   85
Bog'liq
26. yer tuzishning imiy asoslari. avazbayev s

4. Yer tuzish samaradorligi va uni iqtisodiy asoslash.
Y er tu zish nazariyasi nuqtayi n azarid an uning jam iyatdagi 
o'm in i va aham iyatini aniqlash uchun uning sarnaradorligini aniqlash, 
yerdan oqilona foydalanishni tashkil etish bo'yicha tadbirlami iqtisodiy 
asoslash katta ahamiyatga ega.
Yer tuzish yordam ida ishlab chiqarishning asosiy om illari - yer, 
m eh n at va kapital orasida son va sifat jih atd an m utanosiblik, 
balanslanganlik ta ’minlanadi, ularning o'zaro boglangan holda tashkil 
etilishi amalga oshiriladi. U yoki bu tadbirlarning foydaliligi jam oa 
ishlab chiqarishi rivojlanishi va tabiiy resurslardan foydalanish bilan 
bog‘liq baholanadi. Shu sababli, yer tuzishning ekologik, iqtisodiy 
va ijtimoiy samaradorliklari ajratib ko'rsatiladi.
E kologik sam aradorlik m elioratsiya, buzilgan yerlarni rekulti- 
vatsiyalash, tu p ro q larn i eroziyadan him oya qilish, h ar xil tabiatni 
m u h o fa z a qilish c h o ra la ri h iso b ig a erish ilad ig an a tro f-m u h it 
ahvolini yaxshilash va tabiiy resurslarni kengaytirilgan qayta tiklash 
bilan ifodalanadi.
Yer tuzishning iqtisodiy sam aradorligi m ahsulot chiqishining 
ko'payishi, ishlovchilar darom adlarining va ishlab chiqarish tarkibini 
va un in g h u d u d iy jo y lash ish in i o p tim allash , yer resurslaridan 
intensivroq foydalanish bilan bog'liq korxonalar foydalarining o'sishi 
bilan tavsiflanadi.
Yer tuzishning ijtimoiy sam aradorligi eng aw alo yer m unosa- 
batlarini m ustahkam lash va rivojlantirish, yer egaliklari va yerdan 
foydalanishlar huquqlarini butun jam iyat manfaatlari uchun himoya 
qilish bilan b o g iiq . Shu bilan yerdan rnilliy boyliklarning asosiy 
element! sifatida foydalanish, odam lar hayotining ijtimoiy sharoitlarini 
yaxshilash ta ’minlanadi.
Yer tuzish unday yoki bunday agrar o'zgarishlarni o'tkazishdagi 
yer siyosatini amalga oshirishda davlatning quroli bo'lib xizmat qiladi. 
Bunda huquqiy, iqtisodiy va siyosiy choralardan foydalaniladi. Huquqiy 
choralar mos qonunchilikni yaratish yo‘!i bilan yer m unosabatlarini 
mustahkarnlaShga qaratilgan. Iqtisodiy choralar-yilda investitsiya siyo- 
sati, imtiyozli kreditlash, subsidiyalash, soliqqa tortish kabi ele-
156


mentlarni oladi. Siyosiy choralar, asosan, tub agrar islohotlar davrida 
qo‘llaniladi (Rossiyada, aytaylik, 1861 -yildagi dehqonlar islohoti 
davrida, 1906-yilda Stolipin islohoti, 1917-yilda yerlarni natsio- 
nalizatsiyalash davrlarida). Yer tuzish bunday vaziyatda davlat 
siyosatining asosiy qurollaridan biriga aylanadi.
Qishloq xo‘jalik korxonalari boshqa tarmoqlar korxonalari bilan 
ko‘p turdagi iqtisodiy, texnoiogik va ijtimoiy o‘zaro munosabatlarda 
bo‘lganliklari, jamiyatda bozor munosabatlarining kuchayishi sababli, 
yer tuzish samaradorligini ikki tom ondan - butun xalq xo‘jaligi nuqtayi 
nazaridan va m a’lum xo‘jalik uchun qarashga to ‘g‘ri keladi. Shuning 
uchun baholashda xalq xo'jaligi va xo‘jalik (tijorat) samaradorliklari 
aniqlanadi. Birinchi vaziyatda yer tuzish maqsadga qaratilgan va davlat 
tom onidan tartibga solinadigan mamlakatimiz yer fondini toifalar, yer 
egalari va yerdan foydalanuvchilar, ayrim yer turlari bo‘yicha taqsimlash 
va qishloq xo'jaligi va boshqa korxonalar iqtisodini tartibga solish bo‘yicha 
asbob sifatida xizmat qiladi. Bu ishlab chiqarishni va hududni tashkil 
etishdagi katta o ‘zgarishlarda, shu jumladan, ommaviy tarzda yer egalari 
va yerd an fo ydalanishlarni, u larn in g tizim larin i tashkil etish, 
yirikiashtirish (maydalashtirish) va qayta tashkil etishlarda, mintaqalar 
ixtisoslashishini qayta ko‘rib chiqishda, xo‘jalik yuritishning yangi 
tizimlarini joriy etishda, kompleks meliorativ, eroziyaga qarshi va tabiatni 
muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishda sodir bo‘ladi. 
Bu yerda xalq xo'jaligi samaradorligi u yoki bu davlat va mintaqaviy 
dasturlami, yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish 
bosh chizm asini, viloyatlar va tum anlar yer tuzish chizm alarini, 
xo'jaliklararo yer tuzish loyihalarini amalga oshirish bilan bog‘liq.
X o‘jalik (tijorat) samaradorligi, asosan, xo‘jaliklarda ichki yer 
tuzish loyihalarini va ishchi loyihalarini tuzishda aniqlanadi. U 
ko‘zlanayotgan hududni qayta tuzishning m ehnat jam oalari (xo'jalik, 
ishlab chiqarish bo ‘limi, ijara jam oasi) ishlab chiqarish dasturlari- 
ni bajarishga, ishlovchilar darom adlari va korxona foydasiga ta ’sirini 
aks ettiradi.
Amaliyot ko‘rsatadiki, xo‘jalikda ichki yer tuzish loyihalari amalga 
oshirilgan qishloq xo‘jalik k o rx o n alari b itta yillik o ‘rta c h a ishchi 
hisobiga, yer tuzilm agan xo‘jaliklarga nisbatan 20 % ko‘p mahsulot 
oladi. Shu bilan birga bu loyihalaming joriy etilishi hozircha pastligicha 
qolrnoqda. Bu xo‘jaliklar ixtisosliklaridagi tez o ‘zgarishlar, ishlab
157


chiqarish b o ‘limlari chegaralarining turg'un emasligi, yerdan foy- 
dalanishdagi ortiqchalik, joriy etilgan almashlab ekishlarning ham da 
gohida, yer qonunchiligining buzilishi bilan izohlanadi.
Yer tuzish yechim lari xo'jalikka aniq iqtisodiy foyda berishi 
kerak; loyihalardagi b o r axborotlardan ijaraga o'tishda va fermer 
xo‘jaliklarini tuzishda, yer resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil 
etish va ularni m uhofaza qilish uchun maksimal foydalanish kerak.
Loyihaga kiritilgan barcha echim lar asoslangan b o ‘lishi kerak. 
Yer tuzish kompleks xarakterga ega b o ‘lganligi uchun xo‘ja!iklar 
faoliyatining texnik, texnologik, iqtisodiy va ijtimoiy tornonlanni 
qam rab oladi, iqtisodiy asoslash texnik-iqtisodiy, agroiqiisodiy va 
ijtim oiy-iqtisodiy bo'lim lardan iborat bo‘ladi.
X o‘jalikda ichki yer tuzishni texnik-iqtisodiy asoslash, asosan, 
loyihada tavsiya etilgan hududni tashkil etish bo'yicha kenglik yechimlarini 
baholash va yerning texnologik xususiyatlarini (relyef, tuproqlar mexanik 
tarkibi, konturlar yirikligi va boshqalar) tavsiflash uchun xizmat qiladi. 
Bunda ilmiy asoslangan m e’yorlardan (agregatlar harakati yo'nalishidagi 
mumkin bo'lgan nishablik, polosalar orasidagi uchastkaning eng katta 
kengligi, ishlab chiqarish bo'limlari yer massivlarining tavsiya etiladigan 
o'lcham lari, almashlab ekishlarning, dalalarning, ishchi (sug'orish) 
uchastkalarining optimal maydonlari, mollarni haydashning mumkin 
bo'lgan masofalari va boshqalar) foydalaniladi. Loyihaning texnik 
ko'rsatkichlari unda yer tuzishni loyihalash me’yorlariga qanday rioya 
qilinganligi, yer egaliklari va yerdan foydalanishlarning kenglik sha- 
roitlarining mavjud sharoitlarga nisbatan qanchaga yaxshilanganligi, 
xo'jalik rivojlanishining m um kin bo'lgan yechim larining qanday 
kamchiliklari va yutuqlari borligi to'g'risida fikr yuritish imkonini beradi. 
Shu bilan birga, ular ijtimoiy-iqtisodiy va agroiqtisodiy xarakterdagi 
hisob-kitoblar (hududning ayrim qismlari tabiiy xususiyatlarini hisobga 
olgan holda, xo'jalikda ichki ixtisoslashishni asoslash, yerning sifatini 
hisobga olib, qishloq xo'jalik ekinlarining hosildorlik darajasini aniqlash, 
y e rla rn i tra n sfo rm a tsiy alash va yaxshilash b o 'y ic h a ch o ra lar 
yo'nalishini, hajmini va navbatlarini baholash) ham da ishlov herish 
yo'nalishi uzunligi, nishabligi, tuproqlarning mexanik tarkibi va boshqa 
sharoitlarga bog'liq holda, dala mexanizatsiya ishlarini me’yoriash va 
yerdan oqilona foydalanish bo'yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun 
axborot bazasi hisoblanadi.
158


Agroiqtisodiy asoslash tavsiya etilayotgan hududni tashkil etishning 
ishiab chiqarishni rivojlantirish talablariga mosligini ko‘rsatadi. Bu 
bo‘lim, asosan, loyihaning tashkiliy-xo‘jalik tom onini qam rab oladi 
va oxir oqibatda har xi! turdagi balanslar tizimiga - ishchi kuchi, 
ozuqa, o ‘g‘itlar, yashil konveyer, qishloq xo ‘jalik m ahsulotlarini 
ishlab chiqish va taqsimlashga borib taqaladi. Bundan tashqari, bu 
yerda ishlab ch iq arish va uning ta rm o q la rin in g jo y lash ish in i, 
xo'jalikning tashkiliy-ishlab chiqarish tarkibini va almashlab ekish- 
iarni asoslash ham o ‘rin oladi.
Yer tuzish loyihalarining texnik, iqtisodiy va agroiqtisodiy k o 'r- 
satkichlari odatda o ‘lchashning natural birliklarida ifodalanadi.
Loyihani asoslashda hududni tashkil etishning eng yaxshi yechimi 
tanlanadi, ioyihada ko‘zda tutilgan yechim larning mavjud holatga 
nisbatan samaradorligi aniqlanadi va mos qiym at ko‘rsatkichlari 
hisoblanadi. Ular ishlab chiqarish hajmining, foyda va xo‘jalikning 
Ioyihada tavsiya etilayotgan tadbirlar amalga oshirilganidan keyingi, 
ular uchun qilingan xarajatlarga solishtirilgan boshqa iqtisodiy ko'rsat- 
kichlari o ‘sishini tavsiflaydi.
Ijtimoiy-iqtisodiy asoslash, ioyiha yechim larini yer m unosabat- 
larini rivojlantirish, ishlovchilar m oddiy talab larin i qondirish, 
m eh n at, turm ush, aholiga m ad an iy -m aish iy xizm at ko ‘rsatish 
sharoitlarini yaxshilash nuqtayi nazaridan baholash natijalarmi o'zida 
mujassamlashtiradi.
Y er tuzish lo y ih alarin i asoslashning usullari t o ‘laroq «Yer 
tuzishni loyihalash» va «Yer tuzish iqtisodi» fanlarida keltiriladi.
Loyihalarning asoslanganligini va butun yer tuzishning sarna- 
radorligini oshirish hozirgi yer islohoti sharoitida agrosanoat maj- 
m uasini muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun katta ahamiyatga ega.

Download 6.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling