S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
69 Ko’lquduq atrofi Buzovboy atrofi 1-rasm. Chorva mollari boqilishi natijasida vujudga kelgan qumli zonalar halqasining tarqalish sxemasi 70 Yaylovlarda chorva mollarini haddan tashqari boqilishi fitotsenozlardagi o`simlik turlarining sonini 2-4 martagacha kamayishiga olib keldi. Bularning orasida yo`qolib borayotgan va nodir o`simliklarning turlari ham uchraydi (Национальная программа действий по борьбе с опустыниванием в республике Узбекистан, 1999). Yuz berayotgan cho`llanish jarayonlari Qizilqum cho`lida biologik xilma-xillikning muvozanatini buzilishiga va yaylovlarda biomassalarning keskin kamayib ketishiga sabab bo`lmoqda. Shunday qilib, hozirgi paytda aksariyat cho`lshunos tadqiqotchilar Qizilqumda va O`rta Osiyoning barcha qumli va qumoq cho`l landshaftlarida chorva mollarini haddan tashqari boqilishi oqibatida mustahkamlangan va yarim mustahkamlangan qator tepali hamda do`ng qumli geotizimlarning ko`proq maydoni kuchli degredatsiyalanib, ularning o`rnida ko`chma qumlar va barxanlar hosil bo`lgan degan fikrni qo`llab-quvvatlamoqdalar. A.E.Gael (1951) va O.I.Morozovalarning (1959) e’tirof etishicha qumli cho`llarda mollarni haddan tashqari boqilishi salbiy o`zgarishlarga – mustahkamlangan qumlarni harakatchan holatga kelishiga, relyef shakllarini o`zgarishiga, o`simlik qoplamining va uning turlarini kambag`allashishiga, grunt suvlari sathining pasayishiga va biomassalar miqdorining keskin kamayishiga olib kelgan bo`lsa, chorva molarini yaylovlarda mo`tadil, ya’ni odatdagiday boqilishi esa ijobiy o`zgarishlarga ham olib keladi. Ma’lumki, cho`l o`simliklari tarkibida arid iqlim sharoitiga moslashgan shuvoq, selin, sho`ra va efemerlar ko`pchilikni tashkil etadi. Agar cho`l yaylovlaridan maqsadga muvofiq foydalanilsa, ularda chorva mollari odatdagiday Mo`tadil boqilsa o`simliklar zichligi deyarli siyraklashmaydi, ko`chma qumlar va barxanlar hosil bo`lmaydi. Odatdagi cho`l o`simliklar guruhi dala shuvog`i, bo`tako`z, qumerkak, boyalish kabi turlar bilan boyiydi, qo`y va echki tuyoqlari mox bilan qoplangan do`ng va qator tepali qum massivlarining yuzasini yumshatib, cho`l o`simliklarining o`sishiga va ularning turlarini ko`payishiga qulay ekologik sharoit yaratadi, o`simlik urug`larini tarqalishiga yordam beradi. Shu tariqa yaylov 71 sifatida foydalanib kelinayotgan arid landshaft majmualarida o`simliklarning tadrijiy almashinib borishi sodir bo`ladi. Chorva mollarini cho`l yaylovlarida boqilish darajasiga qarab o`simlik turlarining asta-sekin o`zgarib va almashinib borishi lyossimon yotqiziqlarda rivojlangan shuvoq-efemer formatsiyali landshaft majmualari misolida 4-jadvalda berilgan. 4-jadval Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling