S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
Ma’sul muharrir:
A.Abdulqosimov, Samarqand davlat universiteti Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi professori. Taqrizchilar: A.Raxmatullaev, Samarqand davlat universiteti Gidrometeorologiya kafedrasi professori v.b., g.f.d. N.R.Alimqulov, Toshkent davlat pedagogika universiteti Geografiya o`qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, g.f.n. Samarqand davlat universiteti Ilmiy kengashining 2019 yil 4-son majlisi qaroriga muvofiq nashrga tavsiya etilgan. 3 SO`Z BOSHI Hozirgi islohatlarning tub mohiyati bozor munosabatlarini erkinlashtirish sharoitida hududiy jabhalarni o`rganishga e’tiborni kuchaytirish, jahonning ilg`or ustivor tajribasini o`rganish, hududlardagi geokomplekslarning murakkab jarayonlarini layoqatli tahlil etish, ularni samarali rivojlantirish strategiyasini ilmiy-uslubiy asoslarini shakllantirish va takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Cho`llanish dunyoning barcha regionlaridagi mamlakatlar uchun juda ham katta iqtisodiy, sotsial va ekologik muammo bo`lib hisoblanadi. Hozirgi davrning eng keskin global muammolaridan biri ekologik tizimga antropogen yukning oshib borishi natijasida deyarli barcha turdagi landshaft majmualarining degradatsiyalashib borishidir. Shuni ta’kidlash joizki, so`nggi yillarda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar geografiyaning ajralmas tarmog`i hisoblangan landshaftshunoslik va geoekologik yo`nalishlarda bo`lib, bu sohada bajarilgan ishlarda cho`l geotizimlarining morfologik tuzilishini tashkil etuvchi landshaft majmualarining gorizontal va vertikal aloqadorligi, ularning barqaror rivojlanishi, zonal va balandlik mintaqalik tabaqalanishi, tabiiy va antropogen omillar ta’sirida cho`llanish jarayonining sodir bo`lishi va uning geoekologik oqibatlari, cho`l sharoitida komponentlararo aloqadorlikning barqarorligi, geoekologik rayonlashtirishning tamoyillarini ishlab chiqish, cho`llangan geokomplekslarni ekologik optimallashtirishning geografik asoslari kabi dolzarb muammolar kam yoritilgan. Shu bois, cho`l mintaqasini ekologik holatini chuqur tahlil qilish, uni barqaror rivojlanishini umumiy tarzda hamda cho`llanishning o`ziga xos muammolarini uzviy bog`liqlikda o`rganish va shu yo`l bilan ularni hal qilish bo`yicha zaruriy ilmiy- amaliy takliflar ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Hozirgi sharoitda cho`llarni paydo bo`lishi va ularni tarqalish qonuniyatlarini qayd etish hamda arid landshaftlarni shakllantiruvchi asosiy indikatorlarni aniqlash, arid o`lkalarda 4 cho`llanish jarayonini sodir bo`lish sabablarini aniqlash va cho`llanish o`choqlarini geografik xususiyatlarini tahlil qilish, vujudga kelgan geoekologik vaziyatni baholash va va ekologik tang hududlarni optimallashtirish bo`yicha taklif-tavsiyalar ishlab chiqish muhim masala hisoblanadi. Mazkur o`quv qo`llanmada cho`llarning tarkib topishida va shakllanishida geografik komponentlarning indikatorlik roli, cho`llanish jarayonlariga tabiiy va antropogen omillarning ta’siri, ularning tadrijiy rivojlanib borishi, cho`llanish jarayoni tufayli vujudga kelgan geoekologik vaziyatlar darajasini aniqlash va ularni geoekologik nuqtayi nazardan baholash, cho`llashgan arid landshaftlarni va vujudga kelgan geoekologik vaziyatlarni optimallashtirishnig geografik asoslari so`nggi ma’lumotlar asosida bayon qilingan. O`quv qo`llanmani tayyorlashda Geografiya va tabiiy resurslar kafedrasi dotsenti (PhD) B.A.Meliyev va ushbu kafedraning katta o`qituvchisi B.B.Eshquvvatovlarga ko`rsatilgan beg`araz yordamlari uchun muallif o`z minnatdorchiligini bildiradi. Qo`llanma birinchi bor tayyorlanayotganligi tufayli kamchiliklardan xoli emas deb bilamiz va ularni hurmatli kitobxonlarimiz g`aliz jumlalarni to`g`rilagan holda o`qiydilar deb umid qilamiz. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling