S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Milliy darajadagi cho`llanish muammolari. Qozog`istondagi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Milliy darajadagi cho`llanish muammolari. Qozog`istondagi 
milliy dastur tadbirlari. O`rta Osiyo davlatlari ichida birinchilardan 
bo`li Qozog`iston 1997-yilda BMTning tabiatni muhofaza qilish 
masalalarini 
radifikatsiya 
qildi. 
O`sha 
yilning 
o`zidayoq, 
Qozog`iston Respublikasi hukumat a’zolari cho`llanishga qarshi 
kurashish bo`yicha Milliy harakat rejasi dasturini qabul qildi. 2005-
yil yanvar oyida Qozog`iston Respublikasi hukumati 2005-2015- 
yillarga mo`ljallangan cho`llanishga qarshi kurashish dasturini qabul 
qildi. 2008-yilga kelib, hukumatning bir qator dasturlarini 
optimallashtirishi tufayli tabiatni muhofaza qilishga doir 2010-2014-
yillarga mo`ljallangan “Jasl domu” (Yashil uy) dasturini amalga 
oshirishga 
kirishildi. 
Qozog`iston 
Respublikasining 
“yashil 
iqtisodiyotga” o`tish konsepsiyaga cho`llanish muammosini 
jiddiyligini tasdiqladi va “yashil” qishloq xo`jaligini prinsiplariga 
rioya qilishni taklif qiladi. Masalan, a) yer tanazullini oldini olish va 
buzilgan yerlarni qayta tiklash; b) mol tuyog`i sonini ortishini oldini 
olish; v) suv resurslaridan oqilona foydalanish; g) tabiiy 
resurslardan samarali foydalanish; d) chiqindilarni minimallashtirish 
va ularni qayta ishlash; e) atmosferaga chiqarilayotgan korbanat 
angdrit gazini tutib qolish va hokazolar. Shuningdek, BMTning 
“Milliy harakat dasturi rejasini yangilashni qo`llab-quvvatlash va 
Qozog`istonda cho`llanishga qarshi kurashish bo`yicha BMT 
xalqaro konvensiyasi doirasida “2025-yilgacha Qozog`iston 
Respublikasida cho`llanishga qarshi kurashish strategik chora- 
tadbirlar” nomli loyiha amalga oshirilmoqda.
Cho`llanishga qarshi kurashish bo`yicha Qirg`iziston 
Respublikasidagi milliy tadbirlar. Qirg`iziston ham xuddi 
Qozog`iston singari 1997 yildan buyon BMTning tabiatini 
muhofaza qilish dasturi a’zosi. Hukumat 2000-yilda cho`llanishga 


14 
qarshi kurash bo`yicha milliy harakat dasturini va 2006-2016- 
yillarga mo`ljallangan yer resurslarini barqaror rivojlantirishning 
milliy asoslari dasturini qabul qildi. Ushbu dastur yer resurslaridan 
samarali foydalanish tizimini rivojlantirish, qishloq xo`jaligida 
foydalanadigan yerlarning unumdorligini oshirish va aholi 
punktlarida qashshoqlikni kamaytirishga qaratilgan. Yer resurslarni 
barqaror rivojlantirish va qishloq xo`jaligidagi eng yaxshi 
tajribalarni qo`llash bo`yicha 2000-2007-yillarda ko`plab tajriba 
loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga qaramay, yerlar 
degradatsiyasi, qishloq xo`jaligi hosildorligining pasayishini va 
qishloq joylardagi aholining yashash darajasi o`zgarmaganligini 
kuzatish mumkin bo`ladi. Shuning uchun Qirg`iziston yuqorida zikr 
etilgan muammolarni bartaraf etish uchun milliy dasturni amalga 
oshirishni kuchaytirishi lozim bo`ladi. 
Shu munosabat bilan 2017-yil iyul oyida BMTning “Milliy 
boshqaruv tizimini va ekologik axborot monitoringi tizimini 
takomillashtirishni ta’minlash uchun hududiy imkoniyatlarni 
kuchaytirish” 
loyihasi 
yordamida 
Qirg`izistonda 
BMTning 
cho`llanishga qarshi kurashish bo`yicha idoralararo ekspertlar 
guruhining navbatdagi beshinchi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Xalqaro 
ekspertlar guruhining ishtirokchilari yer resurslari degradatsiyasini 
muvozanatlashtirish maqsadlarini belgilashga doir masalalarni 
muhokama qildilar. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling