S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
17 CHO`LLARNI PAYDO BO`LISHI VA TARQALISH QONUNIYATLARI Reja: 1.Cho`llar va ularning paydo bo`lishi. 2.Yer sharida cho`llarning taqsimlanilishi. 3.Cho`llarning yer sharida geografik tarqalish qonuniyatlari. Tayanch iboralar: cho`llanishning vujudga kelishi, shakllanishi, rivojlanishi, geografik tarqalishi, harorat, iqlim, qurg`oqchillik, yog`in miqdori, arid. Dunyoning tabiat zonalari va landshaftlari kartasiga nazar tashlasangiz cho`llar sayyoramizning shimoliy va janubiy yarim sharlarida, materiklarning ichki qismlarida, dengiz va okeanlar bilan tutashgan joylarida, yirik tog` oralig`i botiqlarida, baland tog`larda va platolarda keng tarqalganini guvohi bo`lasiz. Cho`llar tarqalishining asosiy qismi subtropik va tropik kengliklarda hamda mo`tadil mintaqalarga to`g`ri keladi. cho`llarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishida ularning makon va zamonda geografik tarqalishida bir necha omillar yetakchi rol o`ynaydi. Bular landshaft sferasining zonalligi, issiqlik va namlikning notekis taqsimlanishi, orografik to`siqlar, subtropik kengliklarda yil davomida yuqori atmosfera bosimining hukmronligi, sovuq dengiz oqimlarining materik sohillarigi ta’siri va boshqalardir. Subtropik kengliklarda yil davomida baland atmosfera bosimi hukmronlik qilgani sababli past bosimli ekvator tomon harakat qilib, yil bo`yi esib turadigan passat shamollarini vujudga keltiradi. Passatlar Yer sharining aylanishi ta’sirida shimoliy yarim sharda shimoli-sharqdan janubi-g`arbga, janubiy yarim sharda esa janubi- sharqdan shimoli-g`arbga tomon buriladi. Passat shamollari faqat troposferaning quyi 1,5-2,5 km qalinlikdagi qatlamini egallab olib atmosferaning vertikal harakatiga, bulutlarning rivojlanishiga va yog`inlarning hosil bo`lishiga to`sqinlik qiladi. Shuning uchun ham tropik va subtropik kengliklarda bulutli kunlarda ham quyosh radiatsiyasining kelishi juda katta. Natijada yoz oylarida havoning nisbiy namligi o`rtacha 30% gacha pasayib ketadi. Havoning 18 o`rtacha harorati esa 32-35ºC gacha, maksimal harorati esa 50ºC gacha yetadi. Ana shunday tabiiy geografik sharoitda vujudga kelgan cho`llarga Afrikaning Sahroyi Kabir, Katta G`arbiy Erg, Katta Sharqiy Erg, Liviya cho`llarini aytish mumkin. Subtropik kengliklarda tog` oralig`i botiqlari ham qurg`oqchil xarakterga ega bo`lib, yillik atmosfera yog`inlari 150-200 mm dan oshmaydi. Bunday joylarga Kalaxari cho`llari, Arabiston yarim orolidagi Suriya, Katta Nefrud va Rub-el-Xali cho`llari, Avstraliyaning Katta Viktoriya, Katta Qum, Simpson, Gipson, Styort cho`llari misol bo`ladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling