S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


-jadval  Yer sharining eng yirik cho`llari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

1-jadval 
Yer sharining eng yirik cho`llari
(materiklar bo`yicha) 
№ Nomi 
Maydo-
ni (km²) 
Davlat/region 
Eslatma 
Yevrosiyo materigi 
1. 
 
Arabiston 
yarimoroli 
cho`llari 
2300 000 Arabiston 
yarimoroli: 
Iordaniya, Iroq, 
Quvayt, Oman, 
Qatar, Saudiya 
Arabistoni, BAA, 
Yaman 
Qumli-toshloq cho`l bo`lib, 
uning tarkibida Rub-el-Xali, 
Katta Nefud, Dexnu, Nefud-
Daxi, El-Xasa kabi cho`llar 
mavjud. 
2. 
Gobi 
1 300 
000 
Mongoliya, Xitoy 
Qumli-toshloq cho`l bo`lib, 
tarkibida Olotoyorti Gobisi, 
Mongol Gobisi, Alashan 
Gobisi, Gashun Gobisi, 
Jung`oriya Gobisi
3. 
Qoraqum 
350 000 
Turkmaniston 
Qumli cho`l 
4. 
Qizilqum 
298 000 
Qozog`iston, 
O`zbekiston, 
Turkmaniston 
Qumli cho`l
5. 
 
Takla-
Makan 
270 000 
Xitoy 
Qumli cho`l
6. 
Tar 
238 700 
Hindiston, Pokiston 
Qumli cho`l
7. 
 
Saydam 
Xitoy 
Qumli-sho`rxok cho`llar 
8. 
 
Suriya 
cho`llari 
1 000 
000 
Suriya, Iordaniya, 
Iroq 
Qumli-toshloq cho`l
9. 
 
Dashti-
Margo 
150 000 
Afg`oniston 
Toshloq-gilli cho`l 
10. 
Ordos 
90 600 
Xitoy 
Qumli-gilli cho`l 


19 
11. 
 
Betpak-Dala 75 000 
Qozog`iston 
Qumli-sho`rxok 
12. 
 
Registon 
40 000 
Afg`oniston 
Qumli cho`l 
13. 
Negev 
13 000 
Isroil 
Toshloq-gilli cho`l 
14. 
Katta Sho`r 
cho`l 
55 000 
Eron 
Sho`rxok cho`l 
15. 
 
Dashte-Lut 
82500 
Eron 
Sho`rxok cho`l 
16. 
 
Dashti-
Naumid 
150000 
Eron 
Qumli cho`l 
17. 
Txal 
24400 
Hindiston 
Qumli cho`l 
18. 
Katta va 
Kichik 
Bo`rsiq 
cho`llari 
Qozog`iston 
Qumli cho`l 
19. 
 
Iud cho`li 
22 000 
Isroil 
Qumli cho`l 
20. 
 
Rub-el-Xali 
650 000 
Saudiya Arabistoni 
Qumli cho`l 
21. 
 
Katta Nefud 
70 000 
Saudiya Arabistoni 
Qumli cho`l 
22. 
Dexna 
60000 
Saudiya Arabistoni 
Qumli cho`l 
23. 
 
Nefud-Daxi 
70000 
Saudiya Arabistoni 
Qumli cho`l 
24. 
 
El-Xasa 
Saudiya Arabistoni 
Qumli cho`l 
Afrika materigi 
25. 
Sahroyi 
Kabir 
9 000 
000 
Misr, Liviya, Tunis, 
Jazoir, Marokash, 
G`arbiy Afrika, 
Mavritaniya, Mali, 
Niger, Chad, Sudan 
Qumli-toshloq cho`l bo`lib, 
uning tarkibida Tenere, Katta 
Sharqiy Erg, Katta G`arbiy 
Erg, Tanezruft, Xamada-el-
Xamra, Erg-Igidi, Erg-Shesh, 
Jazoir, Liviya, Nubiya 
cho`llari mavjud. 
26. 
 
Kalaxari 
900 000 
JAR, Botsvana 
Toshloq-gilli cho`l 
27. 
Namib 
100 000 
Namibiya, JAR 
Qumli cho`l 
28. 
Karru 
120 000 
JAR 
Toshloq-gilli cho`l bo`lib, 
uning tarkibida Kichik Karru, 
Katta Karru va Yuqori Karru 
cho`llari mavjud. 
29. 
 
Danakil 
100 000 
Efiopiya 
Sho`rxok cho`l 


20 
Shimoliy Amerika 
30. 
Sonora 
311 000 
AQSH, Meksika 
Qumli-toshloq cho`l bo`lib, 
uning tarkibida Altar, 
Lechugilya, Yuma, Yuxa, 
Kolorado cho`llari mavjud. 
31. 
Quyi 
Kaliforniya 
cho`li 
77 000 
Kaliforniya 
yarimoroli  
Qumli cho`l 
32. 
Ovayxi 
36 000 
AQSHning Aydaxo, 
Nevada va Origona 
shtatlarida 
Toshloq cho`l 
33. 
 
Moxave 
35 000 
AQSHning 
Kaliforniya, 
Nevada, Yuta va 
Arizona shtatlarida 
Toshloq cho`l bo`lib, unda 
Ajal vodiysi joylashgan 
34. 
 
Chiuaua 
362 000 
Meksika, 
AQSHning Nyu-
Meksika va Texas 
shtatlarida 
Qumli-sho`rxok cho`l 
35. 
 
Katta 
Sho`rko`l 
cho`li 
10 360 
AQSHning Yuta 
shtati 
Sho`rxok cho`l 
Janubiy Amerika 
36. 
 
Atakama 
90 000 
Chili 
Toshloq-sho`rxok cho`l 
37. 
 
Sechura 
188 735 
Peru 
Qumli-toshloq cho`l
38. 
Monte 
460 000 
Argentina 
Qumli-toshloq cho`l
39. 
Patogoniya 
400 000 
Argentina 
Qumli-toshloq cho`l
Avstraliya 
40. 
 
Katta 
Viktoriya 
cho`li 
424 400 
Janubiy Avstraliya 
Qumli-toshloq cho`l
41. 
 
Katta Qumli 
cho`l 
360 000 
Shimoli-G`arbiy 
Avstraliya 
Qumli cho`l 
42. 
 
Simpson 
cho`li 
170 000 
Markaziy Avstraliya Qumli cho`l 
43. 
 
 Gibson 
cho`li
155 000 
G`arbiy Avstraliya 
Qumli cho`l 
44. 
 
Kichik 
Qumli cho`l 
101 000 
G`arbiy Avstraliya 
Qumli cho`l 
45. 
 
Tanami 
292 194 
ShimoliyAvstraliya 
Toshloq cho`l 
46. 
 
 Stshelets 
cho`li 
80 250 
Janubiy Avstraliya 
Toshloq cho`l 


21 
1
-ra
sm.
 Ye
r sharid
a
 cho`l
lar
ni
ng ge
o
g
ra
fik
 tar
qali
shi


22 
Mo`tadil mintaqada ham cho`llarning hosil bo`lishi uchun 
materik ichkarisida qulay sharoit vujudga keladi. Ana shunday ichki 
kontinental rayonlarga Yevrosiyoning O`rta Osiyo va Markaziy 
Osiyo 
o`lkalari 
kiradi. 
Bu 
o`lkalar 
okeanlardan 
uzoqda 
joylashganligi, mussonlardan tog` tizmalari bilan to`silganligi, yoz 
oylarida termik depressiyaning vujudga kelishi, atmosfera 
yog`inlarini kam bo`lishiga va arid iqlim sharoitini shakllanishiga 
sabab bo`ladi. Oqibatda yog`in miqdori 100-200 mm dan oshmaydi. 
Maksimal havo harorati 42-45
0
C gacha ko`tariladi. 
Mumkin bo`lgan parlanish miqdori yog`in miqdoriga nisbatan 
15-20 marta ko`pdir. Ana shunday kontinental iqlim sharoitida O`rta 
Osiyoda Qizilqum, Qoraqum, Mo`yinqum, Katta va Kichik Bo`rsiq 
qumlari, Orolbo`yi Qoraqumi, Ustyurt va Betpaqdala cho`llari 
tashkil topgan. Markaziy Osiyoda esa eng katta maydonlarni Takla-
Makon, Gobi, Alashan, Beyshan, Ordos, Saydam, Jung`oriya, Tibet 
tog` cho`li va boshqalar egallab olgan. 
Eron tog`ligida sho`rxok, qumloq-toshloq, gilli-toshloq va 
qumoq cho`llar keng tarqalgan. Bulardan eng yiriklari Dashti-Kevir, 
Kevir-Namak, Dashti-Lut, Dashti-Margo, Xaran va Registon 
cho`llaridir. 
Yevrosiyo materigining ichki qismida vujudga kelgan 
cho`llarning 
aksariyati 
geografik 
zonallik 
qonuniyatining 
mahsulidir. Tog`lar va tog` oralig`i botiqlaridagi cho`llar (Saydam 
botig`i cho`llari, Tibet tog`ligi cho`llari, Pomir tog`idagi cho`llar) 
orografik to`siqlar tufayli vujudga kelgan cho`llardir. 
Materiklarda sovuq dengiz oqimlari ta’sirida hosil bo`lgan 
cho`llar ham mavjud. Bular Atakama va Namib cho`llaridir. 
Atakama cho`li Janubiy Amerikaning g`arbiy Tinch okean sohili 
bo`ylab 22º-27º j.k. oralig`ida qariyb 1000 km masofaga cho`zilgan. 
Atakama qirg`oq cho`llari tipiga kirib, subtropik antitsiklon ta’sirida 
vujudga kelgan. Iqlimi tropik passatli, sovuq Peru oqimi tufayli 
nisbatan salqinroq. Cho`lning sohil qismida yanvarning o`rtacha 
harorati +19º, +20ºC, iyulniki +13º, +14ºC. O`rtacha yillik yog`in 
miqdori 80 mm dan 50 mm gacha, biroq yog`in har yili ham 
kuzatilavermaydi. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda o`rtacha yillik 
yog`in miqdori Tokopilaoda 3 mm, Antofagastada 2,5 mm, Piskoda 


23 
6 mm va Chiklanadada 5 mm ni tashkil etadi. Lekin havoning nisbiy 
namligi qish va bahor oylarida 78-82% gacha, bulutlilik esa 85% 
gacha etadi. Cho`l hududi uchun tumanlar (kamanchakos) va mayda 
nam tomchilari (garua) xarakterlidir. Atakamaning katta qismi 
harakatdagi qum massivlari va sho`rxoklar bilan band bo`lib, 
o`simliklarga nihoyatda kambag`al. Shuning uchun Atakama cho`li 
dunyodagi eng quruq cho`llardan biri bo`lib hisoblanadi. 
Namib cho`li Afrikaning janubi-g`arbiy sohili bo`ylab shimolda 
Mesamedish shahridan janubda Olifants daryosining quyilish 
joyigacha 2100 km masofaga cho`zilgan bo`lib, uning kengligi 50 
km dan 150 km gacha materik ichkarisiga kirib boradi. A.G. 
Boboyev, I.S. Zonn, N.N. Drozdov va Z.G.Freykinlarning (1986) 
ta’kidlashicha, Namib cho`lining vujudga kelishiga ikkita sabab 
imkoniyat yaratgan. Birinchisi, sharqdan keladigan nam havo 
massasi o`zining namligini Janubi-G`arbiy Afrikaning baland 
platolariga berib, oqibatda Namib cho`liga namlik yetib kelmaydi. 
Ikkinchisi, sovuq Antarktika Bengal oqimi Afrikaning g`arbiy 
qirg`oqlaridagi okean suvini sovutib, bu yerda yomg`ir o`rniga 
tumanlar hosil bo`ladi, natijada Namibni tumanlar cho`li deb ataydi.
Namibning iqlimi okean cho`l, o`ta qurg`oqchil (ekstraarid) 
iqlim hisoblanadi, lekin Bengal sovuq oqimining yaqinligi cho`l 
iqlimini bir muncha mo`tadillashtirib turadi. Natijada eng issiq 
oyning o`rtacha harorati +17ºC, +19ºC dan va eng sovuq oyniki esa 
+12ºC, +13ºC dan yuqoriga ko`tarilmaydi. Yillik yog`in miqdori 
Namib cho`lining o`rta qismida 10-25 mm ni, shimolda va janubda 
50-100 mm ni tashkil etadi. Biroq, Namib cho`lida havoning nisbiy 
namligi 80% gacha boradi. Hatto yoz oylarida bu ko`rsatkich 100% 
gacha ko`tariladi. Cho`l yuzasi ko`plab quruq o`zanlar va tranzit 
daryolar (Kunene, Oranjevaya) bilan kesilgan. Qumloq massivlarda 
balandligi 30-40 m gacha ko`tarilgan qum tepaliklari ko`pchilikni 
tashkil etadi. Qirg`oq marzalari zonasida sho`rxok eol botiqlar 
ko`plab uchraydi. Zinapoyasimon ko`tarilgan yuzalarda toshloq 
plato cho`llari tarkib topgan bo`lib, ularda o`simlik qoplami juda 
siyrak tarqalgan. Yer osti suvlari yer yuzasiga yaqin yotgan joylarda 
kserofit o`simliklar, akatsiya, aloe, sutlama va velvichiyalar o`sadi. 


24 
Bu o`simlik mitti daraxt ham deb ataladi (Олейников, 1962, 
Краткая географическая энциклопедия. T. III. M., 1962). 
Shimoliy Amerikaning cho`llari asosan materikning g`arbiy 
qismida, mo`tadil va subtropik mintaqalar doirasidagi 22
0
va 44
0
sh.k. oralig`ida joylashgan va u shimoldan janubga qarab 2500 km 
dan ziyod masofaga cho`zilgan bo`lib, umumiy maydoni 3,97 mln. 
km
2
ni tashkil etadi. Shimoliy Amerikadagi barcha cho`llarni to`rtta 
guruhga ajratish mumkin: Katta Havza cho`li, Moxave cho`li, 
Sonara cho`li va Chiuaua cho`li. Ushbu cho`llardan Katta Havza 
cho`li geomorfologik xususiyatlari jihatidan o`xshash bo`lgan Blek-
Rok, Katta Sho`rko`l va boshqa cho`llarni o`ziga birlashtiradi. 
Katta Havza yoki Buyuk cho`l g`arbda Kaskad va Serra Nevada 
tizmalari bilan, sharqda va janubda Uosatch tizmasi va Kolorado 
platosi bilan o`ralgan berk havza bo`lib, uning umumiy maydoni 
1036 ming km
2
ga teng. Katta Havza cho`lining balandligi 1200 m 
atrofida bo`lgan platodan iborat. Yillik yog`in miqdori 100 mm dan 
200 mm gacha yetadi. Baland hududlarida va shimol tomonda 280-
330 mm gacha yog`in miqdori ortib boradi. Unda kam gumusli 
cho`l, qo`ng`ir chalacho`l tuproqlar va sho`rxok tuproqlar keng 
tarqalgan. Eng katta sho`rxok cho`l Katta Sho`rko`lning g`arbiy 
qismida joylashgan. Uning maydoni 315 ming km
2
. Ushbu ko`l 
havzasida 7 mlrd. tonnadan ziyod tuz qatlami to`plangan (Boboyev 
va boshq., 1986). Shuning oqibatida Katta Havza cho`li 
o`simliklarga kambag`al. 
Moxave cho`li Shimoliy Amerikaning eng jazirama issiq 
cho`llaridan biri hisoblanadi. Uning maydoni 30 ming km
2
ga yaqin. 
Mutlaq balandligi 600-1000 m atrofida bo`lgan tekis cho`l bo`lib 
sanaladi. Cho`lning botiq qismi kontinental yotqiziqlar bilan to`lgan. 
Uning yuza yotqiziqlari ko`pincha kollyuvial, prolyuvial, delyuvial, 
allyuvial kabi g`ovak qumoq cho`kindi jinslardan tarkib topgan va eol 
relyef shakliga ega. Yillik yog`in miqdori 100 mm ga yaqin. Moxave 
cho`lida Ajal Vodiysi joylashgan. Bu vodiy cho`lning shimoliy tor 
qismi bo`lib, u g`arbda Panamint va sharqda Amargosa tizmalari bilan 
o`ralgan. Ajal Vodiysi haqiqatan ham yerning do`zaxi bo`lib, uni 
indeetslar «tomesha», ya’ni «yonayotgan yer» deb atashadi. Bu yerda 
yoz oylarida harorat +52
0
C atrofida bo`ladi. Maksimal harorat 


25 
+56,7
0
C gacha kuzatilgan, shu vaqtda tuproq yuzasining harorati 
+94
0
C ekanligi qayd qilingan. Moxave cho`lidan janubda Sonara 
subtropik cho`li joylashgan. U o`zining nihoyatda go`zal butalari, turli 
shakldagi daraxtlari, xilma-xil kaktuslari, ko`p yillik va bir yillik o`t 
o`simliklari bilan boshqa cho`llardan ajralib turadi. 
Umuman olganda, Shimoliy Amerikaning barcha cho`llari 
tog`oralig`i platolarida va botiqlarida orografik to`siq ta’siri tufayli 
vujudga kelgan. Shuning uchun shimoldan janub tomon cho`zilib 
yotgan barcha cho`llarning 55% i chala qurg`oqchil (arid) zonasiga, 
40% i qurg`oqchil (arid) zonasiga va 5% i o`ta qurg`oqchil 
(ekstraarid) zonasiga to`g`ri keladi. 
Tabiatda mavjud bo`lgan qurg`oqchil hududlarni aniqlash va 
chegaralash ko`pincha tabiiy muhitning birorta omiliga tayangan 
holda amalga oshiriladi. Bunday omillar vazifasini iqlim 
ma’lumotlari, tuproqlarning tarqalish xillari, o`simlik qoplami va 
boshqalar bajaradi. P.Meygs (1955) iqlim ko`rsatkichlariga 
asoslanib, o`zining dunyoning qurg`oqchil hududlar kartasini 
tuzgan. Uning hisobi bo`yicha yer yuzida arid hududlarning 
umumiy maydoni 48810 ming km
2
ni, yoki quruqlikning 33,6% ini 
tashkil etadi. Shundan O`ta qurg`oqchil (ekstraarid) zonasiga 4% i, 
arid zonasiga 15% i va chalaarid zonasiga 14,6% i to`g`ri kelishini 
ta’kidlagan. Qurg`oqchil (arid) hududlarning materiklar bo`yicha 
taqsimlanishi 2-jadvalda berilgan.
2-jadval 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling