S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Tojikistondagi milliy tadbirlar


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Tojikistondagi milliy tadbirlar. Tojikiston BMTning tabiatni 
muhofaza qilish tashkilotiga 1997-yilda a’zo bo`lgan. 2001-yilda 
cho`llanishga qarshi kurashish bo`yicha milliy harakat dasturini 
qabul qildi. Dasturning asosiy maqsadi atrof-muhit muhofazasi va 
tabiiy 
resurslardan 
oqilona 
foydalanishdan 
iborat. 
BMT 
konvensiyasini amalga oshirish uchun hukumat agrosanoat 
majmuasini iqtisodiy islohatlar dasturi va 2010-yilgacha bo`lgan 
davrda ekologik ta’lim va xalq ta’limi dasturlarini qabul qildi. 
Tojikistonda xususiy sektorni rivojlantirish strategiyasi (2007-2010- 
yillar) ekologik barqaror o`sishni ta’minlash va yer resurslaridan 
barqaror foydalanishni rivojlantirishga qaratilgan. Tojikiston O`rta 
Osiyodagi cho`llanish ta’siridan eng ko`p iqtisodiy zaif davlatlardan 
biri sanaladi. Chunki, cho`llanishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari 


15 
ekologik qashshoqlikka olib kelishi mumkin. Shu munosabat bilan, 
mamlakat eroziya va cho`llanishga qarshi kurash bo`yicha aniq 
ustivor loyihalarni ishlab chiqish zarurligini tan oladi. 
Turkmanistondagi milliy tadbirlar. Turkmaniston 1996-yilda 
BMT taraqqiyot dasturini birinchi bo`lib radifikatsiya qilgan, oradan 
bir yil o`tgach, yaylovlardan oqilona foydalanish, o`rmon xo`jaligini 
rivojlantirish, 
ko`chib 
yuruvchi 
qumlarni 
tiklash 
va 
o`rmonzorlashtirish, sug`oriladigan yerlarning holatini yaxshilash
amaliy tadqiqotlar olib boradigan milliy harakat dasturi rejasini 
amalga oshirishni boshlagan. Turkmanistonning 80 foiz hududini 
cho`llar egallagan bo`lib, tabiiy holatdagi yerlar turli darajada 
sho`rlanishga uchragan. Hozirda cho`l va tog`oldi yaylovlari hamda 
sug`oriladigan yerlar degradatsiyasi muammosiga alohida e’tibor 
qaratilmoqda. Turkmanistonda atrof-muhitni muhofaza qilish va yer 
resurslari bo`yicha davlat qo`mitasining milliy cho`llar ekologiyasi, 
o`simlik va hayvonot dunyosi instituti faoliyat ko`rsatmoqda. Milliy 
o`rmonchilik dasturi va iqlim o`zgarishi bo`yicha milliy strategiya 
amalga oshirilmoqda. Cho`l yaylovlaridan ratsional foydalanish 
qonuni qabul qilindi. Suv resurslari kodeksi qayta ko`rib chiqildi va 
yer kodeksiga o`zgartirishlar kiritildi. cho`llanishga qarshi kurashish 
milliy harakat dasturi qaytadan ko`rib chiqilib, 2030-yilgacha 
bo`lgan davr uchun ustuvor vazifalar belgilab olingan. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling