S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
Tojikistondagi milliy tadbirlar
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turkmanistondagi milliy tadbirlar.
Tojikistondagi milliy tadbirlar. Tojikiston BMTning tabiatni
muhofaza qilish tashkilotiga 1997-yilda a’zo bo`lgan. 2001-yilda cho`llanishga qarshi kurashish bo`yicha milliy harakat dasturini qabul qildi. Dasturning asosiy maqsadi atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishdan iborat. BMT konvensiyasini amalga oshirish uchun hukumat agrosanoat majmuasini iqtisodiy islohatlar dasturi va 2010-yilgacha bo`lgan davrda ekologik ta’lim va xalq ta’limi dasturlarini qabul qildi. Tojikistonda xususiy sektorni rivojlantirish strategiyasi (2007-2010- yillar) ekologik barqaror o`sishni ta’minlash va yer resurslaridan barqaror foydalanishni rivojlantirishga qaratilgan. Tojikiston O`rta Osiyodagi cho`llanish ta’siridan eng ko`p iqtisodiy zaif davlatlardan biri sanaladi. Chunki, cho`llanishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari 15 ekologik qashshoqlikka olib kelishi mumkin. Shu munosabat bilan, mamlakat eroziya va cho`llanishga qarshi kurash bo`yicha aniq ustivor loyihalarni ishlab chiqish zarurligini tan oladi. Turkmanistondagi milliy tadbirlar. Turkmaniston 1996-yilda BMT taraqqiyot dasturini birinchi bo`lib radifikatsiya qilgan, oradan bir yil o`tgach, yaylovlardan oqilona foydalanish, o`rmon xo`jaligini rivojlantirish, ko`chib yuruvchi qumlarni tiklash va o`rmonzorlashtirish, sug`oriladigan yerlarning holatini yaxshilash, amaliy tadqiqotlar olib boradigan milliy harakat dasturi rejasini amalga oshirishni boshlagan. Turkmanistonning 80 foiz hududini cho`llar egallagan bo`lib, tabiiy holatdagi yerlar turli darajada sho`rlanishga uchragan. Hozirda cho`l va tog`oldi yaylovlari hamda sug`oriladigan yerlar degradatsiyasi muammosiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Turkmanistonda atrof-muhitni muhofaza qilish va yer resurslari bo`yicha davlat qo`mitasining milliy cho`llar ekologiyasi, o`simlik va hayvonot dunyosi instituti faoliyat ko`rsatmoqda. Milliy o`rmonchilik dasturi va iqlim o`zgarishi bo`yicha milliy strategiya amalga oshirilmoqda. Cho`l yaylovlaridan ratsional foydalanish qonuni qabul qilindi. Suv resurslari kodeksi qayta ko`rib chiqildi va yer kodeksiga o`zgartirishlar kiritildi. cho`llanishga qarshi kurashish milliy harakat dasturi qaytadan ko`rib chiqilib, 2030-yilgacha bo`lgan davr uchun ustuvor vazifalar belgilab olingan. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling