S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
Cho`llanishga qarshi kurashish bo`yicha o`zaro mintaqaviy
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
12 Cho`llanishga qarshi kurashish bo`yicha o`zaro mintaqaviy hamkorlik. Tabiatda cho`llanish va qurg`oqchilik hamkorlik harakatlarini talab qiladigan transchegaraviy muammolar ekanligini anglagan holda O`rta Osiyo hududidagi davlatlar 2003 yilda BMTda cho`llanishga qarshi kurash bo`yicha O`rta Osiyo mintaqaviy harakatlar dasturini qabul qildilar. Qabul qilingan ushbu dasturning asosiy vazifalari subregional manfaatlarni muvofiqlashtirish, ma’lumotlar va tajriba almashish, qo`shma dasturlarni ishlab chiqish va ularni hamkorlikda amalga oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy holatlarni yaxshilashga qaratildi. Keyinchalik ushbu dastur O`rta Osiyoda yer resurslaridan foydalanish bo`yicha tashabbusni ishga tushirish uchun plotforma bo`lib xizmat qiladi. Mavjud tanqidlarga qaramay, ushbu platformani tashkil qilinishi, cho`llanishga qarshi kurashish uchun mintaqaviy hamkorlik uchun namuna sifatida xizmat qildi. Ushbu hamkorlik davlatlar orasida, donorlar va shuningdek, davlatlar va donor tashkilotlar o`rtasida bo`lib o`tdi. Dasturning birinchi bosqichida (2006-2011-yillar) yaylovlar va qishloq xo`jaligini yaxshilash sohasida 4 ta mintaqaviy va 7 ta milliy loyha amalga oshirildi. Ikkinchi bosqichning (2018-2022-yillar) asosiy maqsadi O`rta Osiyo va Turkiyada qirg`oqchilikka va sho`rlangan, degradatsiyaga uchragan yerlarga qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan hududlarda tabiiy komplekslarni boshqarishni kuchaytirish sanaladi. Ushbu mintaqaviy hamkorlikning yana bir yaqqol misolini biz “O`rta Osiyoda yerlarning degradatsiyasi iqtisodiyotiga (2014-2016-yillar) bag`ishlangan loyihada ko`rishimiz mumkin. Loyiha BMTning tabiatni muhofaza qilish, ICARDA, mintaqa davlatlari va Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi ishtirokida amalga oshirildi. Tashkilot axborot ma’lumotlariga ko`ra, loyiha natijalari, agar turli choralar amalga oshirilmasdan harakatsizlik yuzaga kelsa, biz yerlarni degradatsiyaga qarshi kurashish uchun 53 milliard yoki 30 yillik harakatsizligimiz tufayli 288 milliard zarar ko`ramiz. Shunga qaramasdan, loyhada tiklashga sarflanadigan tarmoqlar iqtisodiy jihatdan samaralidir, chunki yerlarni qayta tiklash uchun sarflanadigan bir dollar 5 dollar foyda bilan qaytariladi. Bugungi kunda BMTning tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi tomonidan O`rta 13 Osiyoda qurg`oqchilikni oldini olish uchun mintaqaviy tashabbus ustida bosh qotirmoqda. Ushbu tashabbusning asosiy vazifalari sifatida qirg`oqchilikni boshqarish va unga chidamlilikni oshirish bo`yicha umumiy strategik dasturni ishlab chiqish, qurg`oqchilikka tayyorgarlik va unga bardoshlilik bo`yicha siyosiy tashabbusni kuchaytirish, zaruriy ehtiyojlarni aniqlash va mintaqada ishonarli tajriba almashish va hamkorlik qilishdir. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling