S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Ma’sul muharrir: 
A.Abdulqosimov, 
Samarqand 
davlat 
universiteti 
Iqtisodiy 
va 
ijtimoiy 
geografiya kafedrasi professori. 
Taqrizchilar:
A.Raxmatullaev, 
Samarqand 
davlat 
universiteti Gidrometeorologiya kafedrasi 
professori v.b., g.f.d. 
N.R.Alimqulov, 
Toshkent 
davlat 
pedagogika 
universiteti 
Geografiya 
o`qitish metodikasi kafedrasi dotsenti, 
g.f.n. 
Samarqand davlat universiteti Ilmiy kengashining 2019 yil 
4-son majlisi qaroriga muvofiq nashrga tavsiya etilgan



SO`Z BOSHI 
 
Hozirgi islohatlarning tub mohiyati bozor munosabatlarini 
erkinlashtirish sharoitida hududiy jabhalarni o`rganishga e’tiborni 
kuchaytirish, jahonning ilg`or ustivor tajribasini o`rganish, 
hududlardagi geokomplekslarning murakkab jarayonlarini layoqatli 
tahlil etish, ularni samarali rivojlantirish strategiyasini ilmiy-uslubiy 
asoslarini shakllantirish va takomillashtirish muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
Cho`llanish dunyoning barcha regionlaridagi mamlakatlar 
uchun juda ham katta iqtisodiy, sotsial va ekologik muammo bo`lib 
hisoblanadi. Hozirgi davrning eng keskin global muammolaridan 
biri ekologik tizimga antropogen yukning oshib borishi natijasida 
deyarli barcha turdagi landshaft majmualarining degradatsiyalashib 
borishidir. 
Shuni ta’kidlash joizki, so`nggi yillarda olib borilayotgan ilmiy 
izlanishlar 
geografiyaning 
ajralmas 
tarmog`i 
hisoblangan 
landshaftshunoslik va geoekologik yo`nalishlarda bo`lib, bu sohada 
bajarilgan ishlarda cho`l geotizimlarining morfologik tuzilishini 
tashkil etuvchi landshaft majmualarining gorizontal va vertikal 
aloqadorligi, ularning barqaror rivojlanishi, zonal va balandlik 
mintaqalik tabaqalanishi, tabiiy va antropogen omillar ta’sirida 
cho`llanish jarayonining sodir bo`lishi va uning geoekologik 
oqibatlari, cho`l sharoitida komponentlararo aloqadorlikning 
barqarorligi, geoekologik rayonlashtirishning tamoyillarini ishlab 
chiqish, 
cho`llangan 
geokomplekslarni 
ekologik 
optimallashtirishning geografik asoslari kabi dolzarb muammolar 
kam yoritilgan.
Shu bois, cho`l mintaqasini ekologik holatini chuqur tahlil 
qilish, uni barqaror rivojlanishini umumiy tarzda hamda 
cho`llanishning o`ziga xos muammolarini uzviy bog`liqlikda 
o`rganish va shu yo`l bilan ularni hal qilish bo`yicha zaruriy ilmiy-
amaliy takliflar ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi sharoitda cho`llarni paydo bo`lishi va ularni tarqalish 
qonuniyatlarini 
qayd 
etish 
hamda 
arid 
landshaftlarni 
shakllantiruvchi asosiy indikatorlarni aniqlash, arid o`lkalarda 



cho`llanish jarayonini sodir bo`lish sabablarini aniqlash va 
cho`llanish o`choqlarini geografik xususiyatlarini tahlil qilish, 
vujudga kelgan geoekologik vaziyatni baholash va va ekologik tang 
hududlarni optimallashtirish bo`yicha taklif-tavsiyalar ishlab chiqish 
muhim masala hisoblanadi.
Mazkur o`quv qo`llanmada cho`llarning tarkib topishida va 
shakllanishida geografik komponentlarning indikatorlik roli
cho`llanish jarayonlariga tabiiy va antropogen omillarning ta’siri, 
ularning tadrijiy rivojlanib borishi, cho`llanish jarayoni tufayli 
vujudga kelgan geoekologik vaziyatlar darajasini aniqlash va ularni 
geoekologik nuqtayi nazardan baholash, cho`llashgan arid 
landshaftlarni va vujudga kelgan geoekologik vaziyatlarni 
optimallashtirishnig geografik asoslari so`nggi ma’lumotlar asosida 
bayon qilingan. 
O`quv qo`llanmani tayyorlashda Geografiya va tabiiy resurslar 
kafedrasi dotsenti (PhD) B.A.Meliyev va ushbu kafedraning katta 
o`qituvchisi B.B.Eshquvvatovlarga ko`rsatilgan beg`araz yordamlari 
uchun muallif o`z minnatdorchiligini bildiradi. Qo`llanma birinchi 
bor tayyorlanayotganligi tufayli kamchiliklardan xoli emas deb 
bilamiz va ularni hurmatli kitobxonlarimiz g`aliz jumlalarni 
to`g`rilagan holda o`qiydilar deb umid qilamiz. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling