S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


-rasm. Dunyoda arid mintaqalarning tarqalishi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

1-rasm. Dunyoda arid mintaqalarning tarqalishi
karta-sxemasi 
Arid o`lkalarda bugungi kundagi eng yirik ekologik muammo 
bu cho`l hududlarining kengayishi yoki umumiy holatdagi 
cho`llanish muammosidir. Cho`llanish – bugungi global sharoitda 
tinch-ohista, ko`zga ko`rinmas darajadagi inqiroz jarayoni bo`lib, u 
tabiiy muvozanatning salbiy tomonga o`zgarishidir. Dunyo 
ekspertlari va BMT maxsus bayonotiga ko`ra, bugungi kunda yer 
sharining o`rtacha 30% i quruq, arid iqlimli o`lkalarni tashkil qilib 
cho`llanishga duchor bo`lgan, u yerda hozirda 100 dan ortiq 
davlatlarning 2 milliarddan ko`p aholisi istiqomat qilmoqda. 
cho`llanishni bu qadar tez rivojlanishi oqibatda 2025 yilga borib, 
dunyo aholisining har beshinchi kishisi cho`llashgan hududda 
yashashiga to`g`ri kelishi haqida BMT bong urmoqda. Bundan 
tashqari yer sharining 2 milliard gektar hosildor yerlari 
degredatsiyaga uchragan bo`lsa, har yili yana 12 mln gektar yer 
qo`shimcha ravishda yaroqsiz holga kelmoqda. 
Cho`llar 
Chalacho`llar 
Tundra 
Muzliklar 



Cho`llanish iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolarni 
keltirib chiqarish bilan birgalikda u o`z navbatida, oziq-ovqat 
mahsulotlarining yetishmasligi, biologik xilma-xillikni yo`qotish, 
inson salomatligiga salbiy ta’sir, suv tanqisligi, hatto ocharchilik, 
qashshoqlik, iqlim o`zgarishi va hakazolar oqibatida aholini 
majburiy ko`chib ketish muammolarini yanada kuchaytiradi. Butun 
dunyo sog`liqni saqlash tashkilotlari ma’lumotlariga ko`ra, turli xil 
kasalliklarining kelib chiqish sabablari negizida asosan cho`llanish 
asosiy o`rin egallamoqda. Chunki, arid iqlimli o`lkalarda endi 
rivojlanayotgan davlatlarning 90% aholisi istiqomad qilib, ular 
aholisi asosan qashshoq holda yashaydilar. Buning asosiy manbasi, 
barqaror yer resurslarining yetishmasligi va iqlim o`zgarishi 
hisoblanadi. Cho`llanishning yuqori darajadagi ta’siri tufayli oziq-
ovqat va suv muammosi, ichimlik suv (toza suvning yetishmasligi), 
to`yib ovqatlanmaslik, shamol eroziyasi oqibatida, atmosfera changi 
tufayli kelib chiqadigan nafas yo`llari kasalliklarini kelib chiqish 
xavfi kuchayadi. 
Cho`llanish bioxilma-xillik, uning turlarini o`zgarishi va 
yo`qolishiga, ekotizimlar funksiyasini inqirozi, yangi turlarning 
kirib kelishi, shuningdek biomassa ishlab chiqarishdagi o`zgarishlar 
natijasida salbiy ta’sir ko`rsatmoqda. 
Cho`llanish tufayli suv resurslari uning miqdor va sifatiga 
salbiy ta’sir ko`rsatib, qurg`oqchil yillar sonini orttirmoqda. 
Hosildor yerlarni yo`qotish esa, kishilik jamiyatining hayotini 
xatarli qarorlar qabul qilishga undaydi. Bashoratlarga ko`ra, 2050 
yillarga kelib, cho`llanish natijasida majburiy migrantlar soni 135 
million kishiga yetadi. 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining cho`llanishga qarshi kurash 
to`g`risidagi konvensiyasi (UNCCD) o`zining global miqyosdagi 
platformasini ma’lum qilgan. 1994-yil 17-iyundagi qabul qilingan 
ushbu huquqiy majburiyat yer resurslari va atrof-muhit muhofazasi 
masalasini to`lig`icha qamrab olgan. Unda quruq, yarim quruq, o`ta 
quruq hududlar, arid mintaqalarning o`zaro bog`liqlikdagi 
ekotizimlar ekanligi qayd etilgan. Ushbu platforma dasturiga 
binoan, uning asosiy maqsadi “Global miqyosda cho`llanish va 
degredatsiyani oldini olish hamda qurg`oqchilikni ta’sirini 



kamaytirish, ekologik barqarorlikni qo`llab-quvvatlash uchun 
qashshoqlikni oldini olish va uni yumshatish” ekanligi belgilab 
qo`yilgan. Bundan tashqari ushbu tashkilot vazifalariga milliy va 
mintaqaviy masalalar strategiyalarini, ilmiy-texnik bilimlar, keng 
jamoatchilikni xabardor qilish, resurslarni jalb qilish kabi 
masalalarni qo`llab-quvvatlash yuklatilgan. BMTning ijro organi 
hisoblanmish 
turli 
institutlari 
o`zaro 
turli 
anjumanlar, 
konferensiyalarni amalga oshirish qo`mitasi, fan va texnologiyalar 
qo`mitasi, moliya masalalari qo`mitasi va ularning kotibiyatlari 
barcha ekologik muammolarni to`liq nazorat ostiga oladilar. 
Hosildor yerlar degredatsiyasi, shuningdek ijroiya qo`mitaning 
faoliyati masalalari Ordos konferensiyasining 13-sessiyasida 
to`lasincha muhokama qilindi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling