S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
Nazorat savollari: 1. Cho`llar tarqalishining asosiy qismi qanday geografik kengliklarda to`g`ri keladi? 2. Tropik va subtropik mintaqalarda cho`llanishni sabablarini tushuntiring. 3. Dengiz oqimlarining cho`llarning vujudga kelishida ta’sirini izohlang. 4. Materik ichkarisiga kirib borgan sari cho`llanishni ortib borishini sabablari nimada? 28 CHO`LLANISH JARAYONINING O`RGANILISH TARIXI Reja: 1.Cho`llanish muammosini sabablarini o`rganilish tarixi. 2.Cho`llanish muammosini xalqaro tashkilotlar tomonidan o`rganilishi. 3.Cho`llanish muammosini xalq xo`jaligi tarmoqlariga ta’sirini o`rganilish tarixi. Tayanch iboralar: YUNEP, cho`llanish muammosi, eroziya, deflyatsiya, yaylov, chorvachilik, aridizatsiya, antropogen, qum tepalari, texnogen, omillar va sabablar. Cho`llanish muammosiga bag`ishlangan deyarli barcha ishlar cho`llanish omillari va sabablarini o`rganish, ularni asoslash va aniqlash bilan bog`liq. Bir necha yillar oldin cho`llanish omillari, sabablari va jarayonlari amalda deyarli darajalarga ajratilmagan edi. Shuning uchun cho`llanishni namoyon bo`lishi haqida aniq ma’lumotlarni to`plash bosqichi davom etmoqda edi. 1973-yilda YUNEP boshqaruvchilari Kengashida qayd etilganidek, cho`llanishning paydo bo`lishining uchta asosiy sabablari: tuproq eroziyasi, sho`rlanish va ifloslanish natijasidir deb qayd qilindi Bularning barchasi to`g`ridan-to`g`ri antropogen ta’sirga, ya’ni yerdan foydalanishga bog`liq sanaladi. BMT qoshidagi FAO-YUNESKO-VMO (World Desertification map, 1977) tashkilotlari tomonidan tayyorlangan cho`llanish xaritasiga ilova xatida ko`rsatilishicha, cho`llanishning asosiy belgilari quyidagilarda namoyon bo`ladi: 1) tuproqda belgilangan me’yordan ortiq chorva mollarini tuyog`i soni ortishi, kuchli shamol eroziyasi va shamol jarayonlarning rivojlanishiga olib kelish; 2) deflyatsiya yoki tuproq yuzasining yuvilishi natijasida ochilib qolgan qoyatoshlar va qoyali yuzalar; 3) tuproqning ochilib qolishida va yuvilgan jarlik eroziyasida, qaysikim, tuproq yuzasining yuviladigan hosilaning qayta to`ldirilishi natijasida tuproq yuzasining to`planib qolishiga olib keladigan; 4) sho`rlanish va botqoqlanish jarayoni; 5) me’yordan ortiq chorva mollarini 29 boqish, tuproqqa noto`g`ri ishlov berish, texnik vositalardan foydalanish, buta va butasimon o`simliklardan yoqilg`i sifatida foydalanishda namoyon bo`ladigan kishilik jamiyati ta’sirida kuchaymoqda. Ekotizimlarga xos bo`lgan cho`llanishga doir sezuvchanlik uning mavjud bo`lgan iqlimiy, hududiy, tuproq va o`simlik sharoitlari bilan belgilanishi ta’kidlab o`tilgan edi. Bu biron bir hududga xos sezuvchanlik inson ta’siridan ajralmas hisoblanadi. Keltirilgan ro`yxatlardan ko`rinib turibdiki, ular sof tavsiflovchi xarakterga ega, tizimlashtirilmagan va to`liq emas. Biroq bu jahon hamjamiyati e’tiborini cho`llanish fenomenini o`rganishga jalb etishga qaratilgan birinchi urinishlar edi. BMTda mavjud ilmiy ma’lumotlarning to`planishi va ilmiy amaliy ishlarni qayta ko`rib chiqilishiga ko`ra B.G.Rozanov (1977) cho`llanish belgilarini biroz kengroq talqin qilish imkonini berdi. U, cho`llanish jarayonlarining xilma-xilligiga qaramasdan, turli hududlarning cho`llanishiga olib keladigan eng keng tarqalgan umumiy omillarni aniqlash mumkin deb yozgan edi. Ularga B.G.Rozanov quyidagilarni kiritdi: ➢ me’yordan ortiq chorva mollarini boqish natijasida yuzaga keladigan o`simlik qoplamining buzilishi va u bilan bog`liq bo`lgan tuproq eroziyasi; ➢ tuproq qoplamining tabiiy xususiyatlarini hisobga olmagan holda la’lmikor dehqonchilik uchun jadal su’ratlarda va noratsional ishlatish natijasida paydo bo`lgan qurg`oqchil yerlarning eroziyasi va deflyasiyasining kuchayishi; ➢ dehqonchilik va chorvachilik munosabatlari va ularning korrelyasiyasini yo`qligi; ➢ yoqilg`i tayyorlash uchun o`simlik qoplamining yo`q qilinishi; ➢ yo`l va sanoat qurilishi, geologik qidiruv ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish, aholi punktlari va irrigatsiya inshootlarini qurish natijasida o`simlik va tuproq qatlamining buzilishi; ➢ zaif cho`l tuproq qoplamining avtotransport vositalari harakati orqali buzilishi; 30 ➢ o`simlik qoplamining yo`q qilinishini, noto`g`ri joylashgan va noratsional tashkil qilingan sug`orish quduqlarining atrofida tuproqning chorva mollari tomonidan buzilishi; ➢ sug`oriladigan maydonlar va uning atrofidagi yerlarning ikkilamchi sho`rlanishi, ishqorlanishi, botqoqlanishi va suv bosishi; ➢ drenajsiz havzalarda sho`rlangan cho`llar ko`payishi. Yuqorida qayd etilganlarni cho`llanish omillari deb atab, B.G.Rozanov barcha bu omillar turli holatlarda yoki alohida-alohida shakllanishi mumkinligini ta’kidladi. Cho`llanish hodisalari tushunchalarini kengaytirib, B.G.Rozanov o`sha paytda cho`llanishning omillari, sabablari va jarayonlari o`rtasidagi farqqa ahamiyat bermadi. U aniqlagan omillar ichida zamonaviy tushunishdagi cho`llanishning sababigina emas, balki cho`llanishning sabab-ta’sir munosabatlarining alohida zanjirlari ham uchrab turishini inobatga olmadi. Ehtimol, bu masala bo`yicha fikrlar birinchi marta Dragne (1976) tomonidan aytilgan. Dragnening ta’kidlashicha, cho`llanish – bu inson va qurg`oqchilikning birgalikdagi ta’sirining natijasidir. U cho`llanishni o`simliklar unumdorligining pasayishi, biomassa, makro-mikro fauna va floraning kamayishi, tuproq qoplamining yo`q qilinishining jadallashuviga va o`sib borayotgan aholi bandligining pasayishiga olib keladigan jarayon sifatida qaraydi. Bu tavsifda cho`llanishning tabiiy va iqlimiy sabablarini farqlash zarurligiga ishorani sezish qiyin emas. Shu nuqtayi nazardan, 70-80- yillarning oxirlarida paydo bo`lgan va hozirgi kunga qadar davom etib kelayotgan qurg`oqchilik va uning cho`llanish hodisalaridagi roli bo`yicha munozaralar katta e’tiborga loyiq. Munozaralarga Katta Saxel qurg`oqchiligi yillarida turtki berildi. O`sha paytgacha qurg`oqchilik iqlimiy tabiatning keng tarqalgan tabiiy hodisasi deb hisoblangan. Biroq BMTning o`rganish davridan boshlab qurg`oqchiliklarni yer degradatsiyasi va cho`llanishdan kelib chiqqan uzoq davom etadigan zarar bilan bog`lay boshladilar. Qurg`oqchilik hodisalari va uning cho`llanish bilan bog`liq sohasidagi eng faol tadqiqotlar Glzi (1977, 1987, 1986, 1992), Drakup (1980), Kovda (1977, 1984), Charni (1977), Budiko (1974), Lamb (1983), Katterson (1987) tomonlaridan olib borilgan. Iqlimiy 31 cho`llanishga cho`llanish jarayonida qurg`oqchilikning roliga oid g`oyalarning rivojlanishi, shuningdek ayrim subyektiv omillar bir qator mualliflarga tabiiy iqlim sabablarini cho`llanish jarayonida yetakchi sifatida ko`rib chiqish uchun asos bo`ldi. Dragne (1987) masala tarixini shunday tasvirlaydi. 1975-yilda YUNEPning ijrochi direktori doktor Tolba cho`llanishni, uning sababi qurg`oqchilik deb hisoblagan holda, nazorat qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishda bizni ishtirok etishga taklif qildi. Har biri tor mutaxassisligi meteorolog bo`lgan Valter O. Roberts, Rid Brayson va German Flon – intensiv ravishda ob-havo va iqlimga bog`liqligini isbotladilar. Keyingi ikki yil ichida davom etgan munozaradan keyin qurg`oqchilikni cho`llanishning asosiy omili sifatida tushunish borasida sezilarli burilish paydo bo`ldi. Aksincha, antropogen ta’sirga ko`proq ahamiyat bera boshlashdi. BMTning o`rganish davriga kelib qurg`oqchilik va inson cho`llanish sababi sifatida bir- biriga teng edi. Bugungi kunda antropogen ta’sir keng muhokama qiliniyapti, qurg`oqchilik esa yaylovlarning degradatsiyasi va shamol eroziyasi ortishining yo`ldosh omili sifatida ko`rib chiqilmoqda. Shunga qaramay, ko`plab ekologlar qurg`oqchiliksiz cho`llanish mumkin emas degan fikr tarafdordir. Biz bu yerda bir iqtibosni keltirishga jur’at etdik, chunki uncha ko`p bo`lmagan xorijiy mualliflardan biri Dragne, Mabbuta (1981) bilan bir qatorda, o`tgan asrning 80-yillarning boshi va o`rtalarida cho`llanishning tabiiy sabablari masalalari bo`yicha fikr bildirgan. Bu davrda sobiq ittifoqda сho`llanish bo`yicha bir qator yetakchi mutaxassislar (Zonn, 1982; Orlovskiy,1981; Zonn, Orlovskiy, 1984; Xarin, 1983) cho`llanish sabablarini tabiiy va antropogen turlarga bo`lib ko`rib chiqqanlar. Xususan, I.S.Zonn (1982) Kovdadan (1977, 1981) keyin ta’kidlashicha, qurg`oqchilikning eng muhim omillari quyidagilardir: iqlimning quruqligi; deflyatsiya jarayonlarining ustunligi; kichik yuzadagi jo`yaklar; turli sharoitlarda tuproqning yuza va chuqur bo`lmagan sho`rlanishi, gidromorf tuproqning karbonatligi va gipslanganligi, tuzli qobiqning paydo bo`lishi; biologik mahsuldorligi past bo`lgan siyrak o`simliklar. Shu bilan 32 birga shu yerning o`zida u cho`llanishni chaqiradigan omillar ichida, so`zsiz, iqlimiy faktorlar deb ta’kidlab o`tadi. Arid (qurg`oqchil) hududlarining o`ziga xos iqlim sharoitlari, quyosh nurining ko`pligi, atmosfera yog`ingarchiligining kamligi, namlikning katta defitsiti, va nihoyat qurg`oqchilik cho`llanishiga qulay shart-sharoitlar yaratib beradi. Zonn va Orlovskiy iqlimiy omilning ahamiyatini batafsil ko`rib chiqqanlar, lekin tabiiy va antropogen sabablarini alohida tahlil qilish qiyin ekanligini va ular noto`g`ri xulosalarga olib kelishini ko`rsatgan holda cho`llanishning tabiiy sabablariga qarashlardan farqli ravishda, cho`llanishning antropogen omillari va sabablariga qarashlar bo`yicha jahon hamjamiyatida u yoki bu darajada yaqin fikrlar shakllandi. Cho`llanishning antropogen omillarini aniqlash bo`yicha bir xil tavsiyanomalar berilmagan bo`lsa ham, umuman olganda ko`pchilik olimlar cho`llanishning asosiy antropogen omillari qatoriga quyidagilar kiradi degan fikrda to`xtaganlar: - yaylovlardan o`ta ko`p yoki kam foydalanishga va uning degradatsiyasiga olib keladigan yaylov yerlaridan noratsional foydalanish; - cho`llarning buta-daraxt o`simliklarini yoqilg`i sifatida ishlatish; - texnogen ta’sir (yo`llar, kommunikatsiyalar, qurilish, burg`ulash ishlari va shu kabilar; - suvdan noratsional foydalanish va irrigatsiya qurilishlari; - tashkillashtirilmagan turizm va rekreatsion faoliyat. Cho`llanish bo`yicha bir qator u yoki bu darajadagi antropogen ta’sirlarning oqibatlari ko`rib chiqilgan. Bunda yaylovlardan foydalanishga, suvdan foydalanishga va irrigatsiyaga, ayniqsa, katta e’tibor berilgan. Sobiq ittifoq va chet el olimlari ishlari o`rtasidagi ba’zi terminologik farqlarni aytib o`tish kerak. Agar sobiq ittifoqda sabab va omillar tenglashtirilgan bo`lsa, xorijiy ishlarda cho`llanishning sabablari va omillari har xil tushunchalarni bildirgan. Sabablar termini birinchi navbatda yuqorida aytib o`tilgan tabiiy tizimlarga antropogen ta’sirlarni belgilash uchun ishlatilgan bo`lsa, omil termini esa cho`llanish jarayonining rivojlanishiga olib keladigan u yoki bu hududning tabiiy sharoitlariga nisbatan 33 qo`llanilgan. Rus tilida bu terminga ma’lum bir darajada cho`llanishning shart sharoitlari va tabiiy sharoitlari tushunchalari mos keladi. Bunda xorijiy adabiyotlarda cho`llanishning sistematik sabablariga cho`llanish jarayonlarining sistematik ro`yxatlarini ishlab chiqishga qaraganda sezilarli darajada kamroq e’tibor berilgan. Yuqorida aytib o`tilganidek, cho`llanishning sabab va jarayonlarini ajratib ko`rsatish mashhur cho`lshunos olim Dragne (1976) ishlarida uchraydi. Keyinchalik cho`llanish jarayonlarini insonning arid va qurg`oqchil hududlarida noqulay faoliyatining oqibatlari sifatida ko`rib chiqish Dj.Mabbuta (1985); Kassasa (1985); Xarin (1983), Darko (1989); Provisional Methodology (1984) va boshqalar ishlarida rivoj topdi. Dj.Mabbutaning (1984,1985) ilmiy ishlarida cho`llanish jarayonlarining zamonaviy xususiyatlari va rivojlanishini baholashda quyidagi jarayonlariga asosiy e’tibor berilgan: - qum tepalari va qumli uyumlarining hosil bo`lishi; - yaylov yerlari holatining yomonlashishi; - lalmikor, haydaladigan yerlar holatining yomonlashishi; - sug`oriladigan yerlarning botqoqlashishi va sho`rlanishi; - daraxt-o`simlik qoplamlarining kamayishi va buzilishi; - yer osti va yer usti suvlari zaxiralaridan foydalana olish imkoniyatlarining pasayishi va sifatining yomonlashuvi. Xarin (1983) cho`llanishni tavsiflaydigan jarayonlarga quyidagilarni kiritgan: tuproq qatlamining degradatsiyasi, shamol va suv degradatsiyasi, tuproqning sho`rlanishi va botqoqlashishi, atrofning ifloslanishi, zoogen va texnogen cho`llashishni. FAO (Xalqaro oziq-ovqat tashkiloti)ning vaqtinchalik qo`llanmasida cho`llanish tabiiy va angtropogen jarayonlari orasida quyidagilar keltirilgan: o`simlik qatlamining degradatsiyasi; suv eroziyasi; shamol eroziyasi; sho`rlanish; tuproqning qobiq hosil qilishi va qattiqlashishi; tuproqdagi organik moddalar mavjudligining kamayishi; o`simliklar va hayvonlar uchun zaharli bo`lgan moddalarning akkumulyatsiyasi. Dj.Mabbuta FAO ga yaqin bo`lgan qarashlarni Janubiy Afrikada Darko (1989) quyidagi cho`llanish jarayonlarini aytib o`tgan: yaylovlar degradatsiyasi; dehqonchilik 34 hududlarida tuproq hosildorligi degradatsiyasi; suv eroziyasi; shamol eroziyasi; qum massivlarining kengayishi; qum tepalarning hosil bo`lishi va bostirib kelishi; daryo va suv havzalarida yog`ingarchilikning to`planib qolishi; botqoqlanish yoki sho`rlanish; o`rmonlarning yo`q qilinishi. BMTning ijrochi direktori M.K.Tolba (1990) (B.G.Rozanov, 1990 ) cho`llanish quyidagi jarayonlar bilan xarakterlanadi deb ko`rsatib o`tgan: kuchayib boradigan suv va shamol eroziyasi uchun tuproq yuzasining biologik mahsuldorligini pasaytirishga va tuproq yuzasining ochilib qolishiga olib keladigan, tuproq strukturasining va gidrologik xususiyatlarining degradatsiyasiga olib keladigan yangi qobiq paydo bo`lishi, zichlashishi orqali hosildorlikning kamayishiga olib keladigan sho`rlanish, sho`rxoklanishning tez-tez rivojlanishiga imkon beradigan o`simlik va hayvonlar uchun zararli bo`lgan boshqa moddalarning akkumulyatsiyasiga olib keladigan o`simlik qoplamining kamayishi hamda siyraklashishi. Yuqoridagi jarayonlar umuman olganda inson hayotini ta’minlovchi tizimlarning degradatsiyasi bilan bog`liq, shu jumladan sug`oriladigan va la’lmikor dehqonchilikdagi muhim o`zgarishlarni va mol tuyog`i sonining kamayishini o`z ichiga oladi. Bu esa suv resurslari va o`rmon o`simliklarini o`z ichiga oladigan tabiiy resurslarni qayta ekpluatatsiya qilinishiga, inqiroziga sabab bo`ladi. Bundan tashqari aholi yashash joylarining qarovsiz qolishiga, inson salomatligi va ovqatlanish standartlarining pasayishiga, shuningdek ijtimoiy ta’minot standartlarining pasayishiga va ijtimoiy-iqtisodiy inqirozga, o`sib borayotgan migratsiyani hisobga olgan holda, ijtimoiy-siyosiy nizoga olib keladi. Cho`llanish jarayonlarining sistematikasi va sabablari sohasida turli mamlakatlarda turli olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlar kompleksiga M.K.Tolba (1992)ning YUNEP boshqaruv kengashining 3-sessiyasiga taqdim etgan ma’ruzasida ta’kidlashicha, har xil shakldagi ekologik degradatsiyasining va unga mos ijtimoiy-iqtisodiy inqirozning sabablari quyidagilardan iborat: a) yer resurslari tuzilmasining tabiiy hajmidan ortiqcha antropogen ekspluatatsiya qilish, shuningdek odamlar 35 migratsiyasining natijasida yerlarni qarovsiz qoldirish va tashlab qo`yish; b) tabiat resurslari tuzilmasining tabiiy zaifligi; v) noqulay iqlimiy sharoitlarning, ayniqsa takrorlanib turadigan kuchli qurg`oqchilik. Yer resurslarini ekspluatatsiya qilish, o`rmonlarni kesish, mineral resurslarni ishlab chiqarish, me’yordan ortiq turizm va yovvoyi hayvonlarni ovlash kabi qo`shimcha omillar bilan birgalikda sug`orma dehqonchilik, la’lmikor dehqonchilik va yaylov chorvachiligi sifatida foydalanish kabi holatlarning natijasidir. Tabiiy resurslardan foydalanishda me’yordan ortiq antropogen yuk ortishi a) aholi sonining ko`payishi; b) qishloq joylarning ishlab chiqarishini milliy va xalqaro bozorlarga yo`naltirilishida bosim o`tkazadigan ijtimoiy va siyosiy jarayonlar; v) qishloq xo`jalik mahsulotlarining bozor narxini pasaytiradigan va qishloq aholisining asosiy ehtiyojlarining narxini ko`taradigan ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlar; g) milliy rivojlanish jarayonlari, ayniqsa foydali mahsulotlar ishlab chiqarish uchun yer maydonlarini kengaytirish, yer va suvdan foydalanish bilan bog`liq ziddiyatlarga va dehqonchilik xo`jalik maydonlarining kamayishiga olib keladigan turli holatlar. Cho`llanish jarayonlari yoki ularning oxirgi natijalari ma’lum bo`lsa ham, ularning muayyan belgilari quyidagilardan iborat: ➢ sug`orma va lalmikor dehqonchilikda hosildorlikning pasayishi yoki tushib ketishi; ➢ yaylovlarda tabiiy o`simliklar va ular biomassalarning kamayib ketishi, shuningdek qoramol uchun zarur bo`lgan oziq- ovqatning yo`qolib ketishi; ➢ mavjud bo`lgan o`rmon biomassasining kamayishi va keyin yog`och yoqilg`isi yoki qurilish materialgacha bo`lgan oraliqning ortishi; ➢ daryolar yoki yer osti suvlari oqimlarining o`zgarishi natijasida mavjud suvning kamayishi; ➢ serunum yerlarni, turar joylarni yoki transport va aloqa tizimlarini yopishi mumkin bo`lgan qumlarning bostirib kuchib kelishi; 36 ➢ ko`payib borayotgan suv toshqinlari natijasida suv havzalarida cho`kindilarning hosil bo`lishi, suv va havoning ifloslanishi; ➢ tashqi yordamni talab qiladigan yoki odamlarni boshqa joylarda ish izlashga majbur qiladigan hayotni ta’minlash tizimlarning degradatsiyasiga uchrashi natijasida ijtimoiy aloqalarning buzilishi (ekologik qochqinlar fenomeni). Boshqacha qilib aytganda, cho`llanishning sabablari va jarayonlarini o`rganish tarixi hozirgi zamon cho`llanishning sabablari va oqibatlarini tushunishda muhim bosqich sifatida tavsiflashga imkon beradi degan xulosaga kelish mumkin. Biz bu bosqichni bilimlarni to`plash va cho`llanish omillari, sabablari va oqibatlari kompleksiga tizimli qarashlar ishlab chiqish bosqichi o`rtasidagi chegara sifatida tavsiflagan bo`lar edik. Ehtimol, ushbu bosqichning boshlanishini ko`rsatadigan birinchi jiddiy ish I.S.Zonning(1990) ilmiy qarashlari edi. Bizning fikrimizcha I.S.Zonn fikrining ahamiyati shundaki, u cho`llanish bo`yicha ko`pgina ishlarda cho`llanishning genetik tabiati va ushbu hodisaning tipologiyasini tushunish uchun prinsipial ahamiyatga ega bo`lgan bir qator qoidalar erkin izohlanganligiga e’tibor qaratdi. I.S.Zonn ko`pgina tadqiqotchilar omillar va sabablarni tenglashtirishga yo`l qo`yganliklarni haqli ravishda ta’kidlay turib, cho`llanishning ko`p omilligiga va cho`llanishning omillari va sabablarni ajratish zarurligiga e’tibor qaratdi. Ko`pgina tadqiqotchilar ishlarining aniq nazariy va metodik ahamiyatiga, imperik ahamiyatiga qaramay, ularda cho`llanish jarayoni mexanizmini tushunishda mantiqiy aniqlikning yo`qligi ularning umumiy xususiyati hisoblanadi. I.S.Zonn omil-jarayon va jarayon-natija tushunchalarini kiritib, cho`llanish jarayonining prinsipial sxemasini keltiradi. Tabiiy muhitga ta’sir eta turib, antropogen omil - jarayon undan chiqayotganda tabiiy antropogen jarayon natijaga aylanadi, tabiiy materialning modifikatsiyalanishida ifodalanadigan faoliyat natijasini o`z ichiga oladi. Bu kabi yondashuv I.S.Zonnga, xususan, sug`oriladigan dehqonchilik kabi omil - jarayon misolida sug`oriladigan dehqonchilikning barcha 37 turlari cho`llanish jarayoniga olib kelmasligini ko`rsatishga imkon berdi. Shunday qilib, I.S.Zonn fikriga ko`ra, sug`oriladigan dehqonchilik omil jarayoniga faqat jarayon-oqibatlari faoliyat obyekti, ya’ni qurg`oqchil va yarim qurg`oqchil hududlarining kritik holatlari orqali o`tishga yordam beradigan jarayon omillariga mos keladi. Masalan, toshirib sug`orish bu qiymatlarni jo`yaklarni sug`orishdan ko`ra ko`proq oladi va tomchilatib sug`orish cho`llanishni keltirib chiqarmaydi. Bir-biriga yaqin tipdagi tipologik tarmoqlarni ko`rishga asoslanib, I.S.Zonn cho`llanish tipologiyasi uning shakllanishida ishtirok etuvchi yetakchi omil-jarayonlar to`plamini hisobga olish va birlashtirish asosida tuzilgan hamda inson faoliyati turiga (yerdan foydalanish xarakteri) shuningdek, jarayon-natijalarni hisobga olishga (resurslardan foydalanish oqibatlari) bog`liq degan xulosaga keladi. Boshqacha qilib aytganda, I.S.Zonn fikriga ko`ra, cho`llanish turi antropogen omillar-jarayonlar va antropogen jarayonlar- oqibatlarning o`zaro bog`liq tizimidir deb hisoblaydi. Qisqacha xulosa qilib aytganda, XX asr 80-yillar oxiri va 90- yillar boshiga kelib, cho`llanishni o`rganish sohasida uning sabablari va cho`llanish jarayonlarini tabaqalashtirilgan ko`rib chiqish bo`yicha aniq fikrlar shakllanganligini ta’kidlaymiz. Tabiiy holatlar orasida iqlim sharoitlari yetakchi omillardan biriga ega. O`tgan asrning 90-yillar boshlarida dunyo fanining yo`nalishi ushbu hodisaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatlarini tahlil qila boshladi. Biroq shunga qaramay, muammoning tabiatshunoslik tomonlarini o`rganish sohasida, cho`llanish hodisasining sabab oqibatlari va mexanizmlarini, shuningdek tabiiy va tabiiy- antropogen tizimlarning cho`llanishga qarshilik ko`rsatish mexanizmlarini o`rganishga e’tiborni kuchaytirish tendensiyasi kuzatildi. Bu borada har qanday mahalliy yoki individual sabablar ta’sirida yuzaga kelgan sabab-oqibat munosabatlarining alohida tizimlari bo`yicha katta tajriba to`plangan. Ayniqsa, yaylov chorvachiligi va sug`oriladigan dehqonchilik bilan bog`liq bo`lgan tizimlar yaxshi o`rganilgan. Shunga qaramay, YUNEP va BMT ishlanmalaridan kelib chiqqan holda (Status …, 1922; Report…, 1990; Agenda – 21, 1993) cho`llanishning antropogen va tabiiy 38 sabablarini, ular keltirib chiqaradigan jarayonlarni va ularni o`zaro bog`liqligini o`rganish, cho`llanishni kuzatish va unga qarshi kurashishning dolzarb vazifalari hali o`z yechimini kutib turibdi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling