S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Gidrogen omillar. Arid landshaftlarning tabiiy cho`llanish 
mexanizmini harakatga keltiruvchi omillardan yana bir guruhi 


62 
gidrogen omillardir. Gidrogen omillar qatoriga yuza oqimning yoki 
oqar suvlarning xarakteri, grunt suvlari sathining yer yuzasiga yaqin 
yoki chuqur joylashishi, ularning minerallashish jarayoni kabilar 
kiradi. Arid hududlarda yog`adigan atmosfera yog`inlarining 
nihoyatda kam bo`lishi sabablari yuza oqimlarining miqdoriy 
ko`rsatkichlari ham juda past. Shu boisdan masalan, Qizilqum 
cho`lida o`rtacha yillik oqim moduli har bir kvadrat kilometr 
maydonda 0,2 l/sek. ni suv qatlamini millimetr bilan ifodalaganda 
yillik oqim qariyb 3 mm ni tashkil etadi. Agar bu miqdoriy 
ko`rsatkichlarni Kavkaz tog`li o`lkasidagi oqar suvlar bilan 
taqqoslasak, u yerda o`rtacha yillik oqim moduli har bir kvadrat 
kilometr maydonga 75 l/sek., suv qatlamini millimetr bilan 
ifodalasak yillik oqim 250-300 mm ga to`g`ri keladi, Katta Kavkaz 
tog`larida esa 1000-2500 mm gacha etadi (Водные ресурсы и 
водные баланс территории Советского союза
,
1967). Qizilqum 
cho`lida tabiiy namlanishning va yillik oqim modulining kam 
bo`lishi tuproqning yuqori qatlamining quruq bo`lishiga, deflyatsion 
jarayonning rivojlanishiga sharoit yaratadi, tuproqlarda chirindi 
miqdorini hosil bo`lishiga salbiy ta’sir ko`rsatadi. 
Qizilqumning ayrim hududlarida, ayniqsa oqmas berk 
botiqlarda minerallashgan grunt suvlarning yer yuzasiga yaqin 
yotishi 
yozning 
jazirama 
issiqlarida 
kuchli 
bug`lanishiga 
tuproqlarda katta miqdorda tuzlarning to`planishiga va sho`rxok 
tuproqlarning rivojlanishiga olib keladi. Bunday gidrogen omillar 
cho`llanish jarayonlarini faollashtirib, sho`rxok cho`l landshaft 
majmualarining areallarini ko`payishga va maydonini kengayishga 
olib keladi. 
Qizilqumning allyuvial-delta tekisliklarida tuproqlarning o`ziga 
xos xususiyatlarini belgilovchi omillardan biri ularning ustki 
qatlamini yumshoqligi, g`ovakligi va mo`rtligi ham cho`llanish 
jarayonlarini rivojlanishiga katta ta’sir ko`rsatadi. Bu tipdagi 
cho`llanish jarayonlari Qizilqumning shimoli-g`arbiy va janubi-
g`arbiy qismlarida, ya’ni Quvondaryo va Janadaryo o`zanlari 
atrofida hamda Zarafshon daryosining delta qismida yaqqol ko`zga 
tashlanadi. Bu ham sho`rxok cho`l landshaftlarining maydonini 
yildan yilga ortib borishiga imkoniyat yaratadi. 


63 
Yer yuzasining qiyaligi ham tabiiy cho`llanishning muhim 
omillaridan biri hisoblanadi. Qizilqum hududida keng tarqalgan past 
tog`lar, ularni o`rab olgan tog`oldi prolyuvial tekisliklar hamda berk 
botiqlarning tik yonbag`irlari gorizontal va vertikal kuchli 
parchalangan. Ularning yonbag`irlarini qiyaligi 5-10° dan 25-35° 
gacha boradi va undan ham oshadi. Bunday relyef shakllari va 
yonbag`irlarining katta qiyaligi yalpi suv eroziyasini rivojlanishiga 
asos bo`lib xizmat qiladi. Bu regionda bahor oylarida tushadigan 
atmosfera yog`inlari aksariyat paytlarda jala shaklida yog`ib, relyef 
hosil qiluvchi ishlarni amalga oshiradi. Quruq soy o`zanlaridan oqib 
o`tgan yomg`ir suvlari, sellar yon va chuqur eroziyalarni vujudga 
keltiradi, yuvilgan uvoq jinslarni loyqa suvlar oqizib, yondosh qiya 
tekisliklarga olib ketadi. Buning natijasida arid tog` va tog`oldi 
prolyuvial tekislik landshaft majmualarining mahsuldorligi, tuproq 
qoplamining 
unumdorligi 
pasayib, 
cho`llanish 
jarayonlari 
faollashadi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling