S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Buzilmagan 
yaylov 
(shartli) 
cho`llanish bosqichlari 
Sust 
O`rta 
Kuch- 
li 
O`ta 
kuch-
li 
1 Turlar soni (1 ga da) 
40 
28-25 
20-25 
10-17 
3-6 
2 Iloq 
chim 
qatlamining maydoni, 
(%) 
70-80 
60-50 
40-30 
10-5 

3 O`simliklarning 
proektiv qoplami, (%) 
45-40 
35-30 
25-20 
10-5 
2-2 
4 Iloqning 1 m
2
dagi 
miqdori, (dona) 
300-350 
200-
250 
120-
150 
50-30 
9-10 
O`zbekiston Qorako`lchilik va cho`llar ekologiyasi instituti ma’lumotlari 
asosida tuzilgan
Jumladan, Markaziy Qizilqumning janubiy chekka qismidagi 
hozirgi qandim va cherkez formatsiyali o`simliklar dunyosi 
antropogen omillar ta’sirida o`zgargan ikkilamchi o`simliklar 
formatsiyasi bo`lib, ular oldingi saksovulzorlar o`rnida vujudga 
kelgan. Bu cho`llanish jarayonining qumli cho`l landshaft 
majmualari doirasida, xususan ularning komponentlari tarkibida yuz 
bergan bir ko`rinishi hisoblanadi. Natijada dinamik o`zgarishlar 
faqat o`simliklar formatsiyasida ro`y berib qolmasdan, balki butun 
qumli cho`l geokomplekslarida ham dinamik o`zgarishlar sodir 
bo`ladi.
A.M.Boboyev (1989) vohalar bilan ularni o`rab turgan cho`l 
hududlarining o`zaro ta’sirini va aloqadorligini tahlil qilib, har qaysi 
vohaning tevarak-atrofida konsentrik aylana shakldagi bir necha 
ta’sir zonalarni shakllanishi mumkin ekanligini e’tirof etgan. 
Konsentrik aylana zonalarining kengligi vohalarning katta-


73 
kichikligiga, ularda istiqomat qiladigan aholining soniga, ishlab 
chiqarish texnologiyasi bilan ta’minlanganlik darajasiga va boshqa 
omillarga bog`liq. Qumli cho`l landshaft majmualari orasida 
joylashgan vohalarning ta’sir zonasi geotizimlarning keskin 
o`zgarish darajasi bilan belgilanadi. Bunday o`zgarishlarga turli 
taksonomik 
rangdagi 
geotizimlarning 
va 
biosenozlarning 
degradatsiyalanishi, barxanlarning paydo bo`lishi, ayrim joylarda 
grunt suvlari sathining ko`tarilishi, tuproqlarning sho`rlanishi 
kabilar misol bo`la oladi. 
Arid o`lkalarda antropogen omil ta’sirida vujudga kelgan 
konsentrik aylana shakldagi zonalarning shakllanishi bu yerda 
uchraydigan kichik-kichik vohalardan tashqari chorva mollarini 
sug`orishda asosiy manba bo`lgan quduqlarning geografik tarqalishi 
bilan ham chambarchas bog`liq. Vohalarga va quduqlarga yaqin 
joylashgan arid landshaft majmualariga antropogen yukning ta’siri 
nihoyatda kuchli, ulardan uzoqlashgan sari esa antropogen yukning 
ta’siri bir muncha normallashib boradi. Demak, barcha turdagi 
yaylovlarda o`simliklarning degredatsiyalanish jarayoni markazga 
qarab, ya’ni voha, aholi punkti va quduqlar tomon kuchayib borsa, 
markazdan uzoqlashgan sari esa kuchsizlanib boradi. 
V.A.Nikolayev (1972) ko`plab manbalarni tahlil qilish asosida 
chorva mollarini yaylovga haydash radiusini quyidagi normada 
amalga oshirishni taklif etadi. Bunday ko`rsatkichlar tog` 
yaylovlarida 2,5 km, tog`oldi zonalarida 5 km, janubi-sharqiy 
Qoraqumda 6 km, Qizilqumda va janubi-g`arbiy Turkmanistonda 7 
km, Unguzorti Qoraqumda va janubi-sharqiy Turkmanistonda 8 km 
dan oshmasligi kerak. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling