S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Nazorat savollari: 
1. Chorva mollarini yaylovlarning o`simlik qoplamiga va 
ularning biomassalarining mahsuldorligiga ta’sirini ijobiy va 
salbiy tomonlarini tushuntiring. 
2. Arid landshaftlarning cho`llanish jarayoniga sotsial omillarni 
ta’sirini tushuntiring. 
3. Cho`l o`simliklarida chorva mollarini boqish bilan bevosita 
bog`liq bo`lgan qanday dinamik o`zgarishlar sodir bo`ladi? 
 
 


77 
TOG`-KON SANOATINING CHO`LLANISH JARAYONIGA 
TA’SIRI 
Reja: 
1.Cho`l sanoat tarmoqlarida samarali foydalanish masalalari. 
2. Texnogen omillarning cho`l landshaftlariga ta’siri. 
3.Qizilqum cho`l landshaftlariga tog`-kon sanoatining ta’siri. 
 
Tayanch iboralar: arid mintaqa, tog`-kon sanoati, texnogen 
omil, texnogen yuk, landshaftlar strukturasi, terrikonlar, karerlar, 
supasimon terrasalar, zovurlar, cho`kmalar.
Arid cho`l landshaft majmualarining cho`llanish jarayonini 
jadallashuvida boshqa antropogen omillar bilan bir qatorda tadqiqot 
obyektida keng tarqalgan va yildan yilga kengayib borayotgan kon 
sanoatining salbiy ta’siri ham nihoyatda katta. Bunga sabab 
mustaqil mamlakatimizning mineral xom ashyolarga bo`lgan 
talabini qondirish maqsadida tashkil etilayotgan tog`-kon sanoati 
qo`shma korxonalarining kengayib borishidir. Ma’lumki, yer 
bag`ridan mineral boyliklarni qazib olinishi va qayta ishlanishi 
insonning muayyan joylarning tabiiy balansiga va geoekologik 
muvozanatiga kuchli ta’sir etishi bilan amalga oshiriladi. 
Cho`l landshaftlari yaylov chorvachiligining asosiy maskani 
bo`lib qolmasdan, balki tog`-kon sanoatining barqaror rivojlanishi 
uchun xizmat qiladigan mineral resurslarga boy maskan hamdir. 
Bunga Uchquduqdagi uran koni, Muruntovdagi oltin koni, 
Gazlidagi gaz koni va boshqalar yaqqol misol bo`la oladi. Ana shu 
yirik konlar joylashgan hududlarda arid landshaft majmualariga va 
ularning ekologik sharoitiga texnogen omillarning ta’siri nihoyatda 
katta. Texnogen omil ta’sirida birinchi navbatda foydali qazilmalar 
qazib olinayotgan joylarning geologik strukturasida, landshaft 
majmualari va ularning barcha komponentlarida hamda geoekologik 
muhitda keskin o`zgarishlar sodir bo`lsa, ikkinchi navbatda ularga 
yondosh bo`lgan landshaft majmualari va ularning aksariyat 
komponentlarida ham nosog`lom o`zgarishlar yuz beradi. Umuman, 
Qizilqum hududidagi arid landshaftlar strukturasida, ularning 
deyarli barcha komponentlarida kuzatilayotgan salbiy o`zgarishlar 


78 
va buning oqibatida cho`llanish jarayonlarining faollashuvi bevosita 
texnogen omillar va tabiiy resurslardan foydalanishni tashkil 
etishda, uni boshqarishda yo`l qo`yilgan texnik xatolar bilan bog`liq. 
Tog`-kon sanoati joylashgan hududlarda va ularga tutash 
bo`lgan arid landshaftlarda texnogen yukning ta’siri bir xilda emas. 
Qumli cho`l landshaftlari bilan texnogen landshaftlar o`rtasida, 
ularning biokomponentlarida va balandlik belgilarida keskin farqlar 
borligi ko`zga yaqqol tashlanib turadi. Bu yerda yangidan yaratilgan 
antropogen relyef shakllari – chiqindi tosh tepaliklari, tog` jinslari 
qatorlari, terrikonlar, karerlar, supasimon terrasalar, zovurlar, 
cho`kmalar katta-katta maydonlarni egallab olgan. Bular antropogen 
akkumulyatsiya va antropogen denudatsiya tufayli vujudga kelgan 
relyef shakllari bo`lib, ular kelib chiqishiga ko`ra texnogen 
landshaft majmualarini tashkil etadi. Tuproq va o`simliklardan 
mahrum bo`lgan chiqindi tosh uyumlari, karerlar, terrikonlar, tog` 
jinslarining qazib olingan joydan boshqa yerga tashlanishi va 
boshqalar faqat tog`-kon sanoati faoliyat ko`rsatayotgan rayonlarda 
emas, balki ularga tutash bo`lgan qumli cho`l landshaft 
majmualarida ham cho`llanish jarayonini faollashuviga kuchli ta’sir 
ko`rsatadi. 
Foydali qazilmalarni ochiq usul bilan qazib olinadigan 
obyektlarni karerlarga tayyorlash ishlari boshlangan paytdanoq shu 
joyning arid landshaftlari hududida salbiy o`zgarish jarayonlari 
jadallashadi: tuproq-o`simlik qoplami yo`q qilinadi, yer osti 
suvlarining tabiiy rejimi, avvalgi relyef shakllari, dastlabki landshaft 
majmualarining morfologik strukturasi o`zgaradi, komponentlararo 
va geotizimlararo tabiiy shakllangan aloqadorlik buziladi. Qazilma 
boyliklarni ochiq usul yo`li bilan qazib olinishi oqibatida tog`-kon 
sanoatining 
ta’sir 
zonasi 
kengayib, 
tevarak-atrofdagi 
arid 
landshaftlarning geoekologik sharoitini nochor holatga keltiradi
biomassalarning hosildorligini keskin kamaytiradi.
Shuni ta’kidlash kerakki, tog`-kon sanoati rayonlarida 
olinadigan foydali qazilmaning hajmiga nisbatan qayta ishlanadigan 
tog` jinslarining hajmi bir necha marotaba ko`p. Shu boisdan 
Qizilqum regionidagi konlar atrofida, Navoiy-Uchquduq temir yo`li 
yoqalarida to`plangan chiqindi tog` jinslari baland-baland 


79 
antropogen do`ngliklarni, uzoq masofalarga cho`zilib yotgan tepalik 
tosh qatorlarini vujudga keltirgan. Ular yuz va ming millionlab 
tonna tuproq va tog` jinslarini o`zida mujassamlashtirgan. Bunday 
texnogen chiqindilardan hosil bo`lgan antropogen relyef shakllarida 
yaqin 25-30 yil ichida tuproq-o`simlik qoplami vujudga kelishi, 
shakllanishi va rivoj topishi nazariy va amaliy jihatdan ham mumkin 
emas. 
Qizilqum 
geotizimlari 
va 
ekotizimlarining 
cho`llanishi 
jarayonida texnik eroziyaning ham ta’siri katta. Texnik eroziya 
ko`pincha burg`ulash ishlari olib boriladigan joylarda sodir bo`ladi. 
Ma’lumki, burg`ilash ishlarini tashkil etishda va amalga oshirishda 
turli xil texnika vositalari – avtomashinalar, o`rmalovchi traktorlar, 
buldozerlar, yashash uchun vagonli uylar jalb etiladi. Burg`ilash 
ishlari ko`pincha 50-60 gektar atrofidagi maydonda olib boriladi. 
Buning natijasida muayyan joylardagi arid landshaftlarning o`simlik 
qoplami to`liq yo`q qilib tashlanadi, tuproq qatlamining ustki 
qatlami kuchli ifloslanadi, tevarak atrofdagi daraxt va butalar 
kesilib, yoqilg`i sifatida foydalaniladi, burg`ilangan quduqlar atrofi 
maishiy va texnik chiqindilar hamda turli xil kimyoviy eritmalar 
bilan to`liq ifloslanadi. Transport vositalarining izlari deflyatsiya 
jarayonini kuchayishiga qulaylik yaratadi. 
Qizilqum cho`lida burg`ilash ishlari olib boriladigan nuqtalar va 
ishga tushirilgan burg`i quduqlari juda ko`p va ular qalin 
joylashgan. Shuning uchun texnik eroziyaning o`choqlari ham keng 
tarqalgan. Oqibatda texnik eroziya natijasida har yili yuzlab va 
minglab gektar yaylovlar xo`jalikda foydalanish uchun yaroqsiz 
bo`lib, ular kuchli buzilgan yerlarga va cho`llangan landshaft 
majmualariga aylanmoqda. 
S.V.Viktorovning (1978) e’tirof etishicha, Qizilqum hududidagi 
artezian 
quduqlardan 
chiqib 
yotgan 
suvlarning 
tartibga 
solinmaganligi tufayli ularning atrofidagi pastqam va cho`kma 
relyef shakllari suv bilan to`lib, kichik-kichik ko`llarga, 
botqoqliklarga aylangan. Ayrim pastqamliklarda to`plangan suvlar 
yozning jazirama issiqliklarida qurib qolib, ularning o`rnida 
sho`rxoklar hosil bo`lgan. Bunday tipdagi sho`rxoklar Mingbuloq, 
Qoraxotin, Oyoqog`itma berk botiqlarida, Bo`kantov va Tomditov 


80 
tog` massivlarining tog`oldi prolyuvial tekisliklarida keng tarqalgan. 
Ana shu yo`l bilan hosil bo`lgan sho`rxoklarni S.V.Viktorov (1978) 
texnogen sho`rxoklar deb atagan. Texnogen sho`rxoklar ham 
cho`llanish jarayonining bir turi bo`lib, bular cho`l yaylovlarining 
maydoni asta-sekin qisqarib borishiga o`z ulushini qo`shib 
kelmoqda.  
Shuni ta’kidlash kerakki, cho`llanish jarayoni planetamizning 
katta qismida keng tarqalgandir. Arid landshaftlarning cho`llanishi 
faqat O`rta Osiyo davlatlarida emas, balki dunyoning ko`plab 
o`lkalaridagi mamlakatlarning va unda yashaydigan millionlab 
aholining umumiy ekologik muammosi hisoblanadi. Biz, yuqorida 
cho`llanish muammosini Qizilqum cho`li misolida o`rganib, 
cho`llanishni vujudga keltiruvchi asosiy omillarni ikkita guruhga 
ajratib ko`rsatishga erishdik. Bu omillar tabiiy va antropogen 
omillar guruhi bo`lib, ularning har biri cho`llanishni paydo 
bo`lishida alohida xususiyatga egadir. Qizilqum cho`lidagi arid 
landshaft majmualarining texnogen omillar ta’sirida yuz berayotgan 
cho`llanish jarayoni, birinchidan, regional va mahalliy (lokal) 
xarkterga ega bo`lsa, ikkinchidan, bu jarayon tadrijiy rivojlanib 
borish xususiyatiga ham egadir. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling