S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Nazorat savollari: 
1. 
Orol dengizi atrofida cho`llanishni vujudga keltiruvchi asosiy 
omillarni sanab o`ting. 
2. 
Bugungi kunda Orol dengizi atrofida cho`llanish dinamikasi 
xususiyatini tushuntiring. 
3. 
Orol dengizi atrofida cho`llanishning qanday klassifikafiyasini 
bilasiz? 
4. 
Orol dengizi atrofida cho`llanishning qanday turkumlarini 
bilasiz? 
 
 
 


88 
OROL DENGIZI ATROFIDA CHO`LLANISH 
DARAJASI VA TEZLIGI
Reja: 
1. Orol dengizi atrofida cho`llanish darajasi.
2. Orol dengizi atrofida cho`llanish tezligi. 
3. Orol dengizi atrofida cho`llanish darajasini baholash. 
Tayanch iboralar: sistematika, daraja, tezlik, darajasi
baholash, eroziya, ozuqa, ifloslanish, oksidlanish, sho`rlanish, yer 
usti yorilishi, zichlanish, degradatsiyasi, botqoqlanish, aridlanish. 
Cho`llanish 
sabablari 
sistematikasi 
va 
cho`llanish 
klassifikatsiyasini ishlab chiqishdan tashqari bu hodisaning darajasi 
va tezligi kabi o`lchamlarini aniqlashning oqilona usullarini ishlab 
chiqish masalasi turibdi. Cho`llanish darajasi va tezligini baholashga 
yondashuvlarning qisqacha tahlili shuni ko`rsatadiki, hozirgi 
paytgacha ishlab chiqilgan cho`llanish darajasini baholash 
usullarining aksariyati bu hodisaning global yoki yirik regional 
baholash maqsadida yaratilgan. Shu sababli ular juda umumiy 
xarakterga ega bo`lib, umumlashtiruvchi sifat va miqdor 
mezonlarini ishlatishadi. Masalan, Dragne (1986) cho`llanishning 4 
ta darajasini ko`rib chiqqan bo`lib, ya’ni bular sust, mo`tadil, kuchli 
va o`ta kuchli. Bundan tashqari u cho`llanish darajasi diagnostikasi 
uchun mezonlar jadvalini ishlatadi. Ular quyidagilarni o`z ichiga 
oladi: 1) o`simlik holatining sifat bahosi (yaxshi, qoniqarli, yomon, 
o`simlik mavjud emas); 2) eroziya sifat bahosi (mavjud emas, 
mo`tadil, kuchli yuvilish yoki tuproqning ayrim joylarini shamol 
uchirgan joylar); 3) sug`oriladigan yerlar sho`rlanishining sifat 
bahosi (mavjud emas, mo`tadil, kuchli, tuzli qatlam); 4) yillik 
hosildorlik kamayishining miqdor bahosi (10% dan kam, 10-15%, 
50-90%, 90% dan ziyod).
Janubiy Afrika mamlakatlarini tadqiq qilgan Darko (1989) 
cho`llanish darajasini baholash uchun quyidagi mezonlarni ishlab 
chiqdi: samaradorligi to`liq yo`qolguncha yerlarning kuchli 
yomonlashishi, ko`chadigan qumli barxanlar, keng tarqalgan jarlik 
tizimlari, ilgari sug`oriladigan hududlarda tuzli qatlam, o`simlik 


89 
qoplami yomonlashishining turli kuchli va mo`tadil darajasi, tuproq 
eroziyasi va denudatsiyasining kuchayishi, sug`oriladigan yerlar 
sho`rlanishi natijasida hosildorlikning yo`qotilishi, o`simlik qoplami 
yoki tuproqlarning sust kichik degradatsiyasi.
Cho`llanish darajasini baholash mezonlarini nafaqat global va 
yirik regional baholash, balki yirik masshtabli kartalashtirish 
maqsadida ishlatish imkonini beruvchi boshqa yondashuv zarurdir. 
Cho`llanish hodisasining to`laligicha namoyon bo`lish darajasini 
baholash emas, balki cho`llanish yoki yerlar degradatsiyasi bilan 
bog`liq 
alohida 
jarayonlarning 
(cho`llanishning 
xususiy 
jarayonlarini) namoyon bo`lish darajasini baholashdan iborat. 
Masalan, UNEP tashkiloti 1989-yilda tuproqlar degradatsiyasini 
global baholash loyihasi ustida ish olib borib, suv va shamol 
eroziyasi, ozuqa elementlarining yo`qolishi, ifloslanish va 
oksidlanish, sho`rlanish, suv bosishi natijasida hosildorlik 
o`sishining to`xtashi, yer ustining yorilishi, zichlanish, yer 
strukturasining degradatsiyasi, botqoqlanish, aridlanish, organik 
moddalar zaxirasining kamayishi kabi jarayonlar namoyon 
bo`lishining besh bosqichi uchun sifat mezonlarini ishlab chiqishdi. 
Global cho`llanish uchun emas, balki u bilan birga bo`ladigan 
har bir alohida jarayon uchun mezonlarni ishlab chiqishga o`xshash 
yondashuvlar Saudiya Arabistonida (A.Brief..., 1989), Malida 
(Xarin, 1990), Mo`g`ilistonda (Xarin va b., 1990, 1992), Keniyada 
(Report..., 1990) va boshqa joylarda cho`llanishni baholash bo`yicha 
ishlarda mavjud. Xususan, Xarin hammualliflari bilan birga 
dunyoning turli arid regionlari (Mo`g`iliston, Mali, O`rta Osiyo, 
Saxel zonasi davlatlari) uchun miqdor ko`rsatkichlarini qo`llab suv 
va shamol eroziyasi, sho`rlanish, yer usti relyefi shakllanishi, 
o`simlik qoplamining degradatsiyasi, texnogen cho`llanish va 
boshqa 
kabi 
jarayonlarning 
namoyon 
bo`lish 
darajasini 
baholashning batafsil shkalasini ishlab chiqishgan. Bu shkalalarda 
quyidagi 
indikatorlar 
ishlatilgan: 
yil 
davomida 
biomassa 
unumdorligini pasayishi (%); yiliga tiklanmaydigan yer maydonlari 
ulushi; qumloq bo`lmagan yerlarni shamol olib ketish chuqurligi 
ildiz mavjud qatlami quvvatiga nisbatan % da; butalar va o`tli 
o`simliklar bilan loyihaviy qoplanish birikmasi; yuvib ketilgan 


90 
tuproq qatlami chuqurligi profil quvvatiga nisbatan % da, 
sho`rlanish darajasi va h.k.
Bizning nazarimizda, shu bilan birga yaqqol regional tadqiqotlar 
maqsadida mazkur shkalalarni ishlatishda qator kamchiliklar 
mavjud. Birinchidan, taklif etilayotgan indikatorlar soni me’yordan 
ortiq va kartalashtiriladigan hudud xilma-xilligini o`ta batafsil 
tekshirishni talab qiladi. Ikkinchidan, har bir aniq holatda 
indikatorlar to`plami har bir tekshiriladigan muayyan hudud uchun 
o`ziga xos bo`lib chiqayapti, shu sababli taklif etilgan shkalalardan 
ommaviy yondashuv sifatida foydalanib bo`lmaydi. Har safar o`sha 
uslubda bo`lsa ham yangi shkalalar ishlab chiqishga to`g`ri keladi.
Xarin (1990) va Guyot (1990) ning Malidagi cho`llanishni 
baholashda qo`llagan metodologik yondashuvlarini taqqoslash shuni 
ko`rsatadiki (taqqoslash (Rozanov, 1990) tomonidan o`tkazilgan), 
ularning cho`llanish darajasini baholashga yondashuvlaridagi farqlar 
bu davlatda cho`llanish holati haqida aniq va to`g`ri tasavvur tuzish 
imkonini bermaydi. Xususan, Xarinning Malida cho`llanish darajasi 
baholari Guyot baholariga nisbatan sezilarli darajada oshirilgan 
bo`lyapti. Ko`rsatilgan kamchiliklardan tashqari, hozirgi paytda shu 
narsa aniq bo`layaptiki, taklif etilgan shkalalarda ishlatilgan ko`plab 
indikatorlarni 
masofaviy 
tadqiqotlarda, 
ayniqsa 
kosmik 
tadqiqotlarda 
amalda 
aniqlab 
bo`lmaydi. 
Bu 
indikatorlar 
cho`llanishning masofaviy monitoringi uchun yaroqsizdir. Orol 
dengizi atrofi cho`llanish darajasini baholash uchun biz tomondan 
taklif etilgan landshaftning turli komponentlari o`zgarishining 
evolyutsion yoki dinamik qatorlarga asoslangan yondashuv ancha 
foydaliroq bo`lyapti.
Qurg`oqchil hududlarda tabiiy va antropogen jarayonlarni 
ko`rsatish uchun landshaft-genetik qatorlardan foydalanishni 
Viktorov va Chikishev (1976, 1990), Chalidze (1976), Nikolayev 
(1979), Vostokova (1980,1982) va boshqalar ko`rsatishgan. Bundan 
tashqari, tabiiy va antropogen jarayonlarni ko`rsatish va bashorat 
qilishda dinamik qatorlarni tuzish uslubi tuproqshunoslik va 
geobotanika sohalarida keng qo`llaniladi.
Cho`llanishni baholash va kartalashtirish uchun asos sifatida 
landshaft-genetik 
qatorlar 
prinsipini 
qo`llash 
imkoniyatini 


91 
birinchilar bo`lib mustaqil ravishda Alekseyeva (1990) tomonidan, 
keyinchalik bu Orol atrofi antropogen cho`llanishi xaritasida 
qo`llanilgan. Amudaryo deltasi landshafti dinamikasining kompleks 
tahlilini geotizimlar ekologik guruhlari almashishi tahlili bilan birga 
V.A.Popov (1990) tomonidan o`tkazilgan.
V.A.Popov Janubiy Orol atrofi geotizimini bir nechta turkum va 
guruhlarga ajratdi. Bularga: gidromorf fatsiyalar; mezomorf 
fatsiyalar; galomorf fatsiyalar, kseromorf fatsiyalar; antropogen 
fatsiyalar; Orol dengizi akvatoriyasi. Bu turkumlanishni yaratishda 
har bir fatsiya uchun geomorfologik sharoit, gidrologik sharoit, 
tuproq holati, mos o`simlik turkumlari xarakteristikalari berilgan. 
Ammo, istiqbolli landshaft-genetik yondashuvni ishlatib va 
landshaft turli komponentlarining tabiiy sharoitlar o`zgarishiga turli 
darajada 
ta’sirini 
ko`rsatib, 
V.A.Popov 
bu 
qarashlarni 
rivojlantirmadi 
va 
landshaftlar 
rivojlanishi 
qonuniyatlari 
dinamikasini umumlashtirilgan sxemani, ya’ni Gidromorf --> 
Mezomorf --> Galomorf --> Kseromorf geotizimlar (zonal 
geotizimlar) bo`yicha ko`rish bilan cheklandi.
Ptichnikov (1991) qarashlari bo`yicha landshaft-genetik 
qatorning har bir hadi cho`llanish jarayonining aniq bosqichini 
ko`rsatadi. Bunda landshaft-genetik qator darajasi turli bo`lishi 
mumkin: fatsial darajadan (sust o`zgarishlar) landshaft morfologik 
strukturasi turi darajasigacha (yirik hududlarda intensiv ta’sir etish). 
Cho`llanishning hozirgi zamon ahvolini Ptichnikov landshaft-
genetik qator darajasining u yoki bu hadlari ustunligi bo`yicha, 
cho`llanish darajasini esa regional tekshirishni to`rt pog`onadan 
iborat quyidagi shkala bo`yicha baholashni tavsiya etadi: 1) tub 
o`zgarishlar (juda kuchli va kuchli cho`llanish) mazkur region 
uchun o`rganilayotgan eng yuqori darajaning genetik qator 
darajasida o`zgarishiga mos, masalan landshaft darajasi; 2) 
ahamiyatli o`zgarishlar (mo`tadil cho`llanish) landshaft-genetik 
qator darajasi eng yuqori darajasidan keyin keluvchi, masalan, joy 
yoki murakkab tabiiy belgili joy; 3) kichik o`zgarishlar (sust 
cho`llanish) tabiiy belgili joy darajasi; 4) sezilarli o`zgarishlar 
mavjud emas. Lekin, Orol atrofi tuproq va o`simlik qoplamasida, bu 
hudud relyefida bo`layotgan o`zgarishlarning tahlili ko`rsatdiki 


92 
Ptichnikov qo`llagan landshaft-genetik qatorlar prinsipini hududdagi 
cho`llanishning faqat eng umumiy qonuniyatlari ochishda ishlatish 
mumkin.
Ma’lum darajada landshaft-genetik qatorlar cho`llanishning 
turkumlari va qism turkumlariga mos, ya’ni cho`llanish hodisasi 
xususiyatlarini cho`llanish tendensiyasi darajasida aks etadi. Shu 
bilan birga, Orol atrofidagi marshrut va dala tadqiqotlarimiz shuni 
ko`rsatadiki, cho`llanishning umumlandshaft tendensiyalari ularning 
o`tish tabiatida sezilarli farq qiladi. Gap shundaki, Popov (1990) 
ko`rsatganidek, 
Orol 
atrofi 
o`zgaradigan 
landshaft 
turli 
komponentlari tashqi sharoitlar o`zgarishiga turlicha javob beradi. 
O`simliklar vorisligi odatda tuproq o`zgarishidan tezroq kechadi
hudud relyefi esa eng sust o`zgarishlar bilan xarakterlanadi. Shu 
sababli Orol atrofida tashqi shart-sharoitlar o`zgarish tezligi yuqori 
bo`lishi holatida sust o`zgarishlar muhitida rivojlanuvchi klassik 
landshaft-genetik qatorlarining oraliq ko`rinishi kam uchraydi. 
Qachonki, dinamik qatorlarning barcha oraliq bosqichlariga 
o`zgaruvchi landshaftlarning biror komponenti almashishi boshqa 
komponentlarning aniq bosqichlari mos keladi. Aksincha, Orol 
atrofi landshaftlari hozirgi kundagi xilma-xilligi sababi, aslida, 
cho`llanishning turli xillari yo`nalishida rivojlanuvchi landshaftlar 
turli 
komponentlarining 
barcha 
oraliq 
shakllari 
birgalikda 
bo`lishidir.
Tuproq va o`simlik kabi landshaftlarning nisbatan tez 
o`zgaradigan komponentlari dinamik qatorlari bosqichlarining 
keskin almashinishi, muvofiqlashtirilgan dinamik qatorlardan to`liq 
bo`g`inlar tushib qolishi tashqi shart-sharoitlar, masalan, yer osti 
suvlari sathining past-balandlik darajasining pasayish tezligining 
o`zgarish vaqti, tuproq va o`simliklar ekologik almashishlari mos 
bosqichlari rivojlanishining o`ziga xos xarakterli vaqtlardan ancha 
ortiqdir. 
Ptichnikov 
landshaft 
strukturasi 
darajasi 
bilan 
aniqlanadigan 
landshaftlarning 
o`zgaruvchanlik 
darajasi 
ko`rsatkichlaridan foydalanib, cho`llanish tezligi (Ptichnikovda 
ekzogen jarayonlar intensivligi yoki cho`llanish intensivligi) va 
cho`llanish darajasi (Ptichnikovda cho`llanish sinflari) kabi 
mohiyatiga ko`ra turli tushunchalarni bitta atama - cho`llanish 


93 
sur’ati ostida birlashtirishga to`g`ri keldi. Shu bilan birga, 
cho`llanish intensivligi xarakteristikasi uchun Ptichnikov birinchi 
bo`lib, ko`plab oldingi izlanishlardan farqli ravishda, landshaft-
genetik qatorlar tahliliga asoslangan indikatorlarni ishlatdi.
Oldingi izlanishlarda cho`llanish tezligi yoki darajasini aniqlash 
uchun uzoq yillik kuzatishlarni talab qiladigan o`ziga xos xususiy 
indikatorlardan, masalan biomassani yillik o`sishining kamayishi 
(%da); bir yilda eroziyaga uchragan maydon oshishi (%da); 0-50 sm 
qatlamda kimyoviy tuzlarning mavsumiy yig`ilishi (t/ga %da); 
texnogen buzilishga ega maydonlar oshishi; yaylovlarda ozuqa 
zahiralarining qisqarishi (bir yilda %da); va boshqalardan 
foydalanish 
taklif 
etilgan 
(Xarin, 
1983, 
1990, 
1992; 
Опустынивание в Узбекистане...,1988).
Kuzatilayotgan jarayonlar bosqichlari o`zgarish tezligini 
baholash 
uchun 
Ptichnikov 
faol 
va 
barqaror 
jarayonlar 
tushunchasini kiritdi. Bir xil hududlarning turli yillardagi masofadan 
tasvirga tushirish materiallarini taqqoslash unga quyidagilarni aytish 
imkonini berdi. Qaysidir landshaft-genetik qator darajasining 
boshlang`ichdan oraliq yoki yakuniy bosqichiga o`tgan jarayonlar 
faol deb hisoblanadi. Agarda jarayon yangi bosqichga o`tmasa, uni 
barqaror deb hisoblash kerak. Shu yondashuvlarga asoslanib 
Ptichnikov cho`llanish intensivligining 5 ta pog`onasini quyidagicha 
ajratadi. Juda yuqori intensivlik quyidagi hollarda kuzatiladi, 
qachonki yetakchi jarayonlar faol, tadqiqot davrida landshaft 
strukturasining qayta qurilishi natijasida esa yangi yyetakchi 
jarayonlar qo`shiladi. Cho`llanishning yuqori intensivligi barcha 
yetakchi ekzogen jarayonlar faol bo`lganda kuzatiladi. Mo`tadil 
intensivlik o`rinli bo`ladi agar landshaftda ham faol ham barqaror 
jarayonlar davom etsa va nihoyat, yetakchi ekzogen jarayonlarning 
barqarorligi davomida sust intensivlik shakllanadi.
Agar tabiat komplekslarida yetakchi jarayonlar asta-sekinlik 
bilan to`xtab qolsa yoki umuman kuzatilmasa, cho`llanish mavjud 
bo`lmaydi. Lekin terminologiyadagi chalkashlik, shuningdek 
landshaft-genetik yondashuvni Xarin va boshqalarning cho`llanishni 
baholash prinsipial boshqa metodologiyasiga joriy qilishga 


94 
urinishiga landshaft-genetik yondashuvning ustunligini to`liq ochib 
berish imkonini bermadi.
Birinchi navbatda bu yerda cho`llanish hodisasini alohida 
tashkil etuvchilarga ajratish metodologik tamoyil katta rol o`ynaydi. 
Bu tamoyil asosida erishilgan muhimroq natija bu dolzarb, 
tadqiqotning hozirgi davrida kuzatiladigan belgilar asosida 
cho`llanishning darajasi, tezligi va omillari haqida xulosa 
chiqarishdir, u yoki bu hududni turli yillarda to`g`ridan-to`g`ri 
qiyoslash usuli esa faqatgina qilingan xulosalarni tasdiqlash va 
munozarali vaziyatlarni aniqlash uchun qo`llashdir. Cho`llanishga 
oid adabiyotlarning tahlili shuni ko`rsatadiki, cho`llanish hodisasini 
tashkil etuvchilarga ajratishdan iborat metodologik yondashuv yo`q 
joyda paydo bo`lgan emas. Landshaftlar turli komponentlarining 
cho`llanish darajasini baholashda mezonlarni alohida-alohida 
qo`llash maqsadga muvofiqligini hali 1981-yilda o`simlik qoplamasi 
alohida, tuproqlar alohida cho`llanish darajasini baholashga 
yondashuvlarni ishlab chiqish payti Rozanov va Zonn ko`rsatishgan. 
Bunga oxirgi paytda cho`llanish to`g`risida fanda o`rnashgan 
cho`llanish darajasini to`liq aniqlash emas, balki cho`llanishga 
hamroh bo`lgan ekzogen jarayonlardan har birining alohida 
rivojlanish darajasini aniqlash tendensiyasi ko`rsatmoqda. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling