S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
Cho`llanish
darajasi. Cho`llanish darajasi atamasi cho`llanishning u yoki bu turi rivojlanishi yo`nalishida tabiat tizimining biror komponenti evolyutsiyasi bosqichini belgilash uchun foydalanildi. Yuqorida qayd etganimizdek, cho`llanish darajasini aniqlashtirishda cho`llanish hodisasini qismlarga ajratish tamoyili ayniqsa o`zini yorqin namoyon etadi. Bu keyinchalik cho`llanish tezligi va darajasini aniqlashda bu tamoyil asosiy hisoblanadi. Cho`llanish darajasini aniqlashda ushbu tamoyilni amalga oshirish uchun tuproqlarning cho`llanishi, tuproq qoplamining cho`llanishi, o`simliklar cho`llanishi, relyef cho`llanishi tushunchalarini aniqlash zarur bo`ladi. Bu tushunchalar ilgari fanda ishlatilgan bo`lsada, aniq bir talqinga ega emas edi. Tuproqlar cho`llanishi ta’rifi o`simlik qoplami va relyef ta’riflarining ishchi variantlari taklif etildi. Bu masala bo`yicha adabiyotlar tahlili shuni ko`rsatadiki, aksariyat holatlarda tuproqlar 95 cho`llanishi deganda tuproqning shunday o`zgarishlari tushuniladiki, bunda o`rganilayotgan hududlar muvozanatli avtomorf cho`l tuproqlariga (taqirlar, qumli cho`l, kulrang-jigarrang, sho`rxok va h.k.) xos sifatida oldindan ma’lum bo`lgan belgilar (asosan morfologik) tuproqlarda paydo bo`ladi, ularning o`zgarishlar boshida bo`lmaganligi yoki sust rivojlanligi shartida. Shunga o`xshash, cho`llanilayotgan tuproq qoplami tavsiflanayotganda, eng avvalo, ruxsat etilgan me’yor (REM)da tuproq shakllanishining cho`l sharoitlariga xos tuproqlarning paydo bo`lishi yoki ustunligi ko`rsatiladi. Tuproqlar cho`llanishi va REM tavsiflanayotganda teskari natija ham ishlatiladi. Masalan, tuproq qoplami tarkibida avtomorf muvozanatli cho`l hududlarga xos bo`lmagan tuproqlar kamayishi (turli gidromorf va yarimgidromorf tuproqlar), shuningdek, tuproqlarda gidromorfizm alomatlari namoyon bo`lish darajasi yo`qolishi, saqlanishi yoki kamayishi. Bundan tashqari, tuproqlar cho`llanish darajasini aniqlash uchun mezon sifatida oshkormas ko`rinishda tuproqlarning tuproqmas ko`rinishga yaqinlashish darajasi ishlatiladi, bunda cho`llanish payti tuproqlarning buzilishi (degradatsiyasi) litogenezning pedogenez ustidan asta-sekin ustun bo`lishi bilan oldindan belgilanadi, oxir-oqibatda tuproqlarning tabiiy jism sifatida yo`qolishiga olib keladi (masalan, intensiv eroziya, sho`rlanish va h.k. natijasida). Yuqorida aytilganlar va bayon etilgan tadqiqot natijalarini hisobga olib quyidagi ta’rifni berish mumkin. Tuproqlar cho`llanishi – bu arid iqlim sharoitida muvozanatli avtomorf tuproqlar shakllanishiga yoki litogenezning pedogenez ustidan mutloq ustunligi natijasida tuproqlarning tabiiy jism sifatida yo`qolishiga olib keluvchi jarayonlarning murakkab kompleksidir. Ushbu ta’rifga o`xshatib, o`simlik qoplami cho`llanishi deganda o`simliklar turkumining arid iqlimning avtomorf sharoitlarida muvozanatli klimaksli fitosenozlar shakllanishiga yoki abiogen ekzogen jarayonlar natijasida o`simliklar turkumining serunumligi kamayishiga (oxir-oqibat o`simliklar yo`qolishiga) olib keluvchi davomiy yoki o`zgaruvchan qatorlarning murakkab yig`indisi tushuniladi. 96 Relyef cho`llanishi deganda arid iqlimning avtomorf sharoitlarida relyefning muvozanatli shakllari shakllanishiga yoki texnogen ta’sir sharoitlarida relyefning ixtiyoriy antropogen shakllari paydo bo`lishiga olib keluvchi ekzogen evolyutsion geomorfologik jarayonlarni tushuniladi. Tuproq qoplami, o`simlik va relyef cho`llanishi darajasini aniqlash uchun cho`llanishning turli turkumlari va qism turkumlariga mos dinamik qatorlar cho`llanish darajasining quyidagi indekslanishiga mos ajratilgan shkalalar ko`rinishida taqdim etildi: 0-cho`llanish yo`q; 1- juda sust; 2-sust; 3-o`rta; 4- kuchli; 5-juda kuchli cho`llanish. Tuproqlar va o`simliklar cho`llanishining diagnostik shkalalari mos dinamik qatorlar bo`yicha o`zaro muvofiqlashishiga qaramay, cho`llanish darajasi cho`llanishning u yoki bu qism turkumi yo`lida cho`llanayotgan landshaft komponentlarining faqat birontasiga tegishli ravishda baholanadi. Masalan, o`simliklarning kuchli biogen postgidromorf taqirlanishi yoki tuproqlarning kuchsiz abiogen antropogen sho`rlanishi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling