S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Taqir va taqirsimon cho`llarni ekologik optimallashtirish


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Taqir va taqirsimon cho`llarni ekologik optimallashtirish. 
Taqir va taqirsimon cho`l landshaftlarini ekologik optimallashtirish, 
ulardan qishloq xo`jaligida samarali foydalanish uchun o`zlashtirish 
usullarini ishlab chiqish katta amaliy ahamiyatga ega. Qizilqum 
hududida siyrak yarim buta va bir yillik sho`ra o`simliklar bilan 
qoplangan taqirlar, yupqa qumoq qatlam bilan qoplangan va yarim 
buta sho`ra o`simliklar rivoj topgan taqirsimon tekisliklar keng 
tarqalgan. Qumoqlashgan uchastkalarda va butalar yonidagi 
do`ngliklarda turli xil o`tli va boshoqli o`simliklar yaxshi o`sadi. 
Ana shunday hududlarda taqirlarning va taqirsimon qumoq 
tekisliklarning ekologik sharoitini optimallashtirish bo`yicha chora-
tadbirlarni o`tkazish va yuqori hosildor sun’iy antropogen 
yaylovlarni barpo etish maqsadga muvofiqdir. 
Yuzasi gilli jinslar bilan zichlangan tipik taqirlarni yem-xashak 
nuqtayi nazardan ahamiyatli bo`lgan buta va yarim buta o`simliklar 
bilan boyitishda haydab ekish yoki jo`yaklar bo`ylab ekish yo`li 
bilan sun’iy formatsiyalar barpo etish, qumoq taqirlarda esa 
yaylovlarning hosildorligini ko`tarish uchun boronalash yo`li bilan 
buta va yarim buta o`simliklarni ekish yuqori samara berishi 
isbotlangan. Bunday holatlarda turli xil zonal va regional 
sharoitlarda shakllangan tipik taqirlarning va qumoq taqirsimon 
tekisliklarning o`ziga xos xususiyatlarini, ularning ekologiyasiga oid 
mahalliy farqlarni hisobga olish hamda buta va yarim buta 
o`simliklarning turlarini tanlab ekish maqsadga muvofiqdir. Mazkur 
fitomeliorativ usullar Turkmaniston Fanlar Akademiyasining 


120 
cho`llar instituti xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Bu usullarni 
Qizilqumning tipik taqir va qumoq taqirsimon tekisliklarini 
o`zlashtirishda, ularning yer usti biomassalarini ko`paytirishda 
qo`llash mumkin. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling