S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
Sho`rxok cho`llarni ekologik optimallashtirish
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
Sho`rxok cho`llarni ekologik optimallashtirish. Qizilqumning
katta maydonini egallab olgan oqmas berk botiqlarda, Quyi 121 Zarafshon deltalari atrofida va Orolbo`yi pasttekisligining sharqiy qismida sho`rxok cho`l landshaft majmualari keng tarqalgan. Bu tipdagi arid landshaftlarda sho`rlanish jarayoni faol yuz berayotganligi tufayli cho`llanish hodisasi ham, ekologik vaziyatning keskinligi ham ko`zga yaqqol tashlanib turadi. Shu boisdan sho`rxok cho`l landshaft majmualari, ular doirasida vujudga kelgan ekologik vaziyatlar turli xil meliorativ chora-tadbirlarni qo`llanishiga muhtoj. Berk botiqlarning quyi qatlamlarning kam minerallashgan yer osti suvlarining mavjudligi sho`rxok landshaftlarning aksariyat qismini o`zlashtirish, sug`orma dehqonchilikni rivojlantirish yo`li bilan optimallashtirish mumkin. Sho`rxok cho`l geokomplekslarni o`zlashtirib, ulardan sug`orma dehqonchilikda foydalanish uchun Mingbuloq, Oyoqog`itma va Qoraxotin botiqlarida tajriba uchastkalari tashkil etilgan. Mingbuloq botig`ida tashkil etilgan cho`l sug`orma dehqonchiligida beda, bug`doy arpa, poliz ekinlari, mevali va manzarali daraxtlar ekilgan. Bu daraxtlar oq akatsiya, o`rik, tut, jiyda, zarang shumtol kabilardan iborat. Sho`rxoq landshaft majmualarining tuproq va meliorativ sharoitining o`zlashtirish va cho`l agrolandshaftlarini yaratish uchun noqulay bo`lishiga qaramasdan sug`orma dehqonchilik asosida ekilgan bedadan o`rtacha 200 s/ga, poliz ekinlaridan 230 s/ga, bug`doy va arpadan 20 s/ga dan hosil olingan (Zvonkova, 1965). Shuningdek, Oyoqog`itma botig`i hududida tashkil qilingan tajriba uchastkalarida ham sug`oriladigan agrolandshaftlar yaratilib, u yerda izen, poliz ekinlari hamda manzarali daraxtlar – Turkiston zarangi, maklyor qayrag`ochi va boshqalar ekilgan. Shulardan 4-5 gektar maydonga ekilgan izen yaxshi rivojlanib, har gektaridan o`rtacha 100 sentnergacha hosil bergan. Bunday sug`oralidagan uchastkalar sekundiga 8 va 12 litrdan suv chiqarib beradigan ikkita artezian qudug`i atrofidagi sho`rxok cho`l landshaftlarni o`zlashtirish hisobiga vujudga kelgan. Mazkur meliorativ tadbirlar Qizilqum cho`lidagi barcha sho`rxok landshaftlarning hosildorligini oshirishda va ekologik holatini optimallashtirishda dastlabki shart- sharoit bo`lib xizmat qilishi mumkin. V.A. Burigin (1959) yaylovlarni o`zlashtirish va ularni suv bilan ta’minlash masalasiga to`xtalib, cho`ldagi har bir quduq sekundiga 122 5-10 litrdan suv bersa, bunday quduq yoniga mahalliy nasoslar o`rnatilib, quvurlar orqali quduqdan har tomonga 40-50 km gacha suv tarqatish mumkinligini, har bir suvi yetarli bo`lgan artezian quduq esa o`nlab oddiy shaxta quduqning o`rnini bosa olishi mumkinligini e’tirof etgan. Bunday meliorativ tadbirlarni amalga oshirish faqat sho`rxok cho`l landshaftlarining ekologik holatini yaxshilanishiga va ularning biomassalarini ko`payishiga ijobiy ta’sir ko`rsatib qolmasdan, balki barcha turdagi cho`l yaylovlarining ekologik optimallashtirishga katta yordam ko`rsatadi. Keyingi yillarda Qizilqum cho`lida ko`plab artezian quduqlar qazilgan bu suvlardan samarali foydalanish ham cho`l landshaft majmualarining qiyofasini o`zgartirishga imkoniyatlar yaratadi. Qizilqumning ichki rayonlarida qazilgan artezian quduqlar favvora singari otilib chiqib katta miqdorda ichimlik suvi beradi. Bu suvlar chorva mollarini va aholini suv bilan ta’minlab qolmasdan, balki sug`orma dehqonchilik areallarini kengaytirish imkonini beradi, vujudga kelgan geoekologik vaziyatlarni optimallashtiradi. Bugungi kunda Qizilqumda arid landshaft komplekslarida cho`llanishga qarshi kurashish va yaylovlar mahsuldorligini oshirish dolzarb muammolardan biri bo`lib hisoblanmoqda. Biz, shu munosabat bilan Qizilqumning qumli cho`l, paleozoy past tog`, tog`oldi prolyuvial tekislik, berk botiq tekislik, sho`rxok, taqir va deltalarda vujudga kelgan cho`llanish jarayonining geoekologik vaziyatlarning geografik xususiyatlarini o`rganib ularni optimallashtirish yo`llarini yaratish lozim. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling