S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Nazorat savollari: 
1. 
Parij Konvensiyasining maqsad va vazifalarini tushuntiring. 
2. 
O`zbekiston Respublikasida cho`llanishga qarshi kurashish 
harakatining Milliy dasturida arid hududlarda cho`llanishga 
qarshi kurashishning qanday chora-tadbirlari belgilangan. 
3. 
Cho`llanish jarayonini o`z navbatida qanday tarixiy 
davrlarga ajratish mumkin? 
 


113 
CHO`LLANISHNI OPTIMALLASHTIRISH YO`LLARI 
Reja: 
1. 
Cho`l 
yaylovlarining 
mahsuldorligini 
oshirish 
muammolari. 
2. 
Cho`l yaylovlarida fitomeliorativ tadbirlarni amalga 
oshirish masalalari. 
3. 
Cho`llarni ekologik holatini optimallashtirish masalalari. 
Tayanch 
iboralar: 
yaylov, 
fitomelioratsiya, 
ihotazor, 
agrolandshaft, seliteb landshaft, irrigatsiya, taqirsimon, sho`rxok, 
optimallashtirish. 
O`rta Osiyo va O`zbekiston arid landshaftlarining cho`llanishiga 
qarshi kurashish, bu jarayon tufayli vujudga kelgan ekologik 
vaziyatlarni optimallashtirish va tog`-kon sanoati rivoj topgan 
rayonlarda 
yangidan 
paydo 
bo`lgan 
texnogen 
landshaft 
majmualarini kuchli buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, ulardan 
maqsadga 
muvofiq 
foydalanish 
yo`llarini 
topish, 
cho`l 
yaylovlarining mahsuldorligini oshirish kabi muammolar hozirgi 
bozor iqtisodiyotida muhim iqtisodiy, sotsial va ekologik 
muammolardan hisoblanadi. 
Arid mintaqalar landshaftlari doirasida yuz berayotgan 
cho`llanish jarayonlari natijasida vujudga kelgan va tadrijiy 
rivojlanib 
borayotgan 
geoekologik 
vaziyatlar 
va 
ularni 
optimallashtirish masalasi maqsadga muvofiq yo`naltirilgan 
tadqiqot ishlarini amalga oshirishni talab qiladi. 
Arid landshaftlarda cho`llanish oqibatida vujudga kelgan 
ekologik vaziyatlarni optimallashtirish va texnogen landshaftlarni 
rekultivatsiya 
qilish 
masalalariga 
bag`ishlangan 
geografik 
tadqiqotlar A.A. Abdulqosimov (1990, 1991, 1997), A.A. 
Abdulqosimov, S.B. Abbosov (1998, 1999, 2001), A.A. Rafiqov 
(1990), X.V. Vohobov (1995, 1998, 2001) A.N. Nig`matov, V.N. 
Li, N. Ogaxonov (1989), A.N. Nig`matov (2005) va boshqalar 
tomonida bajarilgan bo`lib, ular respublikamizni turli regionlari 
uchun taalluqlidir. 


114 
Geobotanik va yaylovshunos olimlar G. Muhammedov (1979), 
V.A. Nikolayev (1972), N.T. Nechayeva (1979), I.O. Ibragimov 
(1981), 
N.T. 
Nechayeva, 
I.F. 
Momotov 
(1984), 
Z.Sh. 
Shamsuddinov (1975), Z.Sh. Shamsuddinov, I.O. Ibragimov (1983), 
M.M. Maxmudov (2000), K. Sindorov (2000), R Hayitboyev (2000) 
va boshqalar cho`l sharoitida tashkil qilingan tayanch punktlarda 
ko`plab tajribalar o`tkazib, ekosistemalarning mahsuldorligini 
oshirish va arid ekotizimlarni ekologik optimallashtirish borasida 
turli xil usullarni ishlab chiqdilar (7-jadval). 
7-jadval 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling