S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Cho`llanishning nisbiy tezligi


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Cho`llanishning nisbiy tezligi. Cho`llanishning tezligi deganda 
cho`llanadigan tabiiy komplekslar (tuproq, o`simlik, relyef) turli 


99 
landshaft komponentlarining muhitning yangi shartlari bilan 
muvozanatga erishish tezligini tushununiladi. Ta’kidlab o`tamizki, 
keltirilgan cho`llanish tezligi ta’rifi Rozanov va Zonn (1981) 
ishlarida bayon etilgan yondashuvga asoslangan, cho`llanishni 
baholash cho`llanishga uchragan hududning dastlabki holati 
to`g`risida mutlaq ma’lumotni talab qilmaydi chunki bunda vaqt ... 
yoki fazo ... bo`yicha har qanday ikki holat taqqoslanadi va nisbiy 
miqdorlarda ularning qiyosiy bahosi beriladi va etalon sifatida 
cho`lning yakuniy holati olinadi. 
Cho`llanishning nisbiy tezligini baholash asosida yotadigan va 
yuqorida ko`rsatilgan dastlabki shartlarga asoslangan umumiy 
tamoyil esa quyidagicha ifodalanishi mumkin. Biror hududni 
qamrab olgan u yoki bu tur cho`llanishning nisbiy tezligi shunchalik 
yuqori bo`ladiki, qanchalik cho`llanishning bu turi namoyon bo`lish 
darajasi bo`yicha bu hudud geterogenligi kuchliroq bo`lsa. Masalan, 
agar kosmosdan olingan tasvirlarni deshifrovka qilish asosida 
ajratilgan landshaft konturida bir vaqtning o`zida biogen taqirlanish 
yo`nalishida botqoq va o`tloq tuproqlardan taqirlargacha gidromorf 
tuproqlar cho`llanishining dinamik qatorining barcha elementlari 
mavjud bo`lsa, mazkur ajratilgan konturda cho`llanishning ushbu 
qism turining juda katta tezligi haqida gapirish mumkin.
Agar kontur cho`llanish darajasi bo`yicha juda katta bir 
jinslikka ega bo`lsa, unda faqat taqirsimon tuproqlar yoki taqirlar, 
yoki faqat o`tloq tuproqlar va qoldiqli taqirlanayotgan o`tloq 
tuproqlar 
mavjud 
bo`lsa, 
unda 
bu 
konturda 
tuproqlar 
cho`llanishining nisbiy tezligi sekin deb tavsiflanishi mumkin. 
Shunday qilib, aniq ajratilgan konturda aniqlangan cho`llanishning 
har bir turi va qism turi uchun bu konturda mavjud bo`lgan tabiiy 
tizimlar komponentlari holati va ularga mos cho`llanish darajalarini 
qiyoslab, cho`llanishning nisbiy tezligini quyidagi atamalar 
yordamida baholash mumkin: juda tez cho`llanish (cho`llanish 
darajalari orasidagi farq 5 ga teng); tez cho`llanish (cho`llanish 
darajalari orasidagi farq 4 ga teng); mo`tadil (farq 3 ga teng); sekin 
(farq 2 ga teng); juda sekin (farq 1 ga teng); cho`llanish mavjud 
emas yoki o`ta sekin (farqi 0 ga teng). cho`llanishning nisbiy 
tezligini aniqlash uchun taklif etilgan usulning ishonchliligi 


100 
Amudaryo deltasining turli yillardagi deshifrovkalangan kosmik 
rasmlarining qiyosiy tahlili bilan tasdiqlangan.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling