S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
Orol dengizi havzasidagi cho`llangan yerlarning
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
Orol dengizi havzasidagi cho`llangan yerlarning
umumiy maydoni, % 2 км hisobida (Boboyev, 2000) t/r Cho`llanish tipi Cho`llanish darajasi Hammasi Kuchsiz Mo`tadil kuchli 1 Degredatsiyalashgan o`simliklar 5 , 53 750954 9 , 21 307957 6 , 1 23704 0 , 77 1082615 2 Qumlarning shamol eroziyasi 0 , 1 14677 2 , 0 2140 3 , 0 3970 5 , 1 20787 3 Tuproqlarning suv eroziyasi 8 , 3 53009 1 , 2 29569 9 , 5 82578 4 Sug`oriladigan yerlarning sho`rlanishi 9 , 0 12959 4 , 7 105095 8 , 0 11125 1 , 9 129179 5 Yaylovlarning botqoqlanishi 4 , 0 5360 1 , 0 1620 5 , 0 6980 6 Orolbo`yi zonasidagi tuproqlarning sho`rlanishi 4 , 0 6115 3 , 0 4027 9 , 2 39055 6 , 3 49197 7 Texnogen cho`llanish 4 , 1 20208 0 , 1 14296 4 , 2 34504 8 Jami: 6 , 59 837714 7 , 33 474356 7 , 6 93770 100 1405840 Cho`llanishning oraliq shakllari turli-tumanligiga, alohida fanlarning (geobotanika, tuproqshunoslik, geomorfologiya, landshaftshunoslik) tabiiy tizimlar va ularning alohida komponentlarining dinamikasi va yoki evolyutsiyasi tahliliga 83 turlicha, ularda yondashuvlar cho`llanishning har-xil sabablari ta’siriga o`simlik, tuproq va relyefning o`zgarish tezliklari, xarakteri va darajasidagi farqlarga qaramay, bu barcha turli-tuman tendensiyalar va transformatsiya yo`llarini bir nechta asosiy ketma- ketliklarga aylantirish va klassifikatsion struktura ko`rinishida ierarxiyalash tartiblash mumkin. Bunday generalizatsiyalashni o`tkazishga cho`llanishda tuproq, o`simlik va relyef o`zgarishlarini tavsiflaydigan dinamik va yoki evolyutsion qatorlarga ko`rinib turgan o`xshashlik asos bo`ldi. Mazkur o`xshashlik cho`llashadigan tabiiy tizimlar turli komponentlarining ular transformatsiyasining boshlang`ich va oxirgi bosqichlaridagi holatiga taalluqli bo`ladi. Masalan, o`simliklar turkumi to`plami sho`rxoklarning paydo bo`lish yo`nalishidagi tuproqlar evolyutsiyasiga mos keladi. O`simlik psammoseriyasiga bo`sh qumloq tuproqlar rivojlanishi va etilgan eol past-baland tizmali relyef tashkil topishi munosib, o`tloqlar (yaylovlar) degressiyasi yoki transport harakati buzilishi hodisalarida tuproqlarning to`liq degradatsiyasi, o`simliklar yo`qolishi va eol relyefning etilgan shakllarining keskin buzilishi va h.k. lar mos. Tuproqlar, o`simlik va relyefning dinamik va evolyusion qatorlaridagi aniqlangan analogiya (o`xshashlik), korrelyasiya va o`xshashlik alomatlarning ketma-ket generalizatsiyasi cho`llanishda Orol dengizi atrofi tabiiy komplekslari o`zgarishining bir nechta o`ziga xos yo`naltirilgan ketma-ketliklarni ajratish imkonini berdi, ular biz olimlar tomonidan cho`llanishning dinamik yoki ekologo-genetik qatorlari deb ataldi. Shunday qilib, taklif qilayotgan tushunchada cho`llanishning dinamik qatori bu alohida komponentlarining (tuproq, o`simlik, relyeflar) o`xshash muvofiq birgalikdagi o`zgarishlar bilan o`tadigan arid, quruq arid va qurg`oq subgumid hududlarning tabiiy tizimlari degradatsiyasining yo`naltirilgan ketma-ketligi keltirilgan. Orol dengizi atrofi cho`llanishi dinamik qatorlari ierarxiyasining tahlili ushbu hodisa klassifikatsiyasini ishlab chiqishga asos bo`lib xizmat qilgan ularni ko`rib chiqishning mumkin bo`lgan 3 ta darajasini aniqlash imkonini berdi. Klassifikatsiya sxemasida eng yuqori darajada ikkita dinamik qator ajratiladi: 1.Abiogen landshaftlar (bedlendlar) shakllanishi yo`nalishida tabiiy tizimlar 84 o`zgarishi. 2. Yer osti suvlarining chuqur joylashishi sharoitida etilgan cho`lga o`xshash ekotizimlar shakllanishi yo`nalishida o`zgarishlar. Bu yo`nalishlarga muvofiq eng yuqori taksonometrik darajada cho`llanishning ikki sinfini ajratdik: abiogen va biogen. Hududni u yoki bu sinf qatoriga kiritilishi hududning shu vaqtdagi holatini emas, balki aynan tendensiyasini, mavjud sharoitlarda hudud rivojlanishining mumkin bo`lgan yo`lini bildiradi. Cho`llanish sinflarining har biri cho`llanishning bir nechta turkumga ajratiladi. Cho`llanish turkumi biz tomondan yakuniy bosqichlarda amaldagi omillar yoki cho`llanish sabablari bilan barobar bo`lgan tabiiy tizimlar shakllanishi bilan yakunlanadigan tabiiy komplekslarning yo`naltirilgan o`zgarishlari ketma-ketligi (yoki dinamik qator) sifatida tavsiflanmoqda. Sinonomik teng huquqli atamalar sifatida quyidagi cho`llanishning “yo`nalishi” va “trendi” atamalari xizmat qilishi mumkin. Orol dengizi atrofida cho`llanishning quyidagi turkumlari ajratildi: Biogen taqirlanish – rivojlangan taqirsimon yer va taqirlarda kserofit o`simlikli cho`lsimon taqir tekisliklarning shakllanishi yo`lida tabiiy komplekslar rivojlanishining dinamik qatori. Biogen cho`llanish – rivojlangan cho`lsimon qumloq yerlarda to`silgan qumli, psammofit o`simlikli qumli cho`llar shakllanishi yo`lida tabiiy komplekslar rivojlanishining dinamik qatori. Abiogen sho`rlanish – yuqori o`simliklardan mahrum bo`lgan sho`rxoklar shakllanishi yo`lida tabiiy komplekslar rivojlanishining dinamik qatori. Abiogen cho`llanish– yoyiladigan qumli qumloq cho`llar shakllanishi yo`lida tabiiy komplekslar rivojlanishining dinamik qatori. Abiogen buzilishlar (bedlendlanish) – loy tuproqli va shag`alli cho`llar abiotik tabiiy komplekslari shakllanishining dinamik qatori, odatda, tuproqli yoki o`simlikli qoplamini mexanik vayron qilishga (yong`inlar, daraxtlarni beayov kesish, tuproqning yuqori biogen qatlamini surish, tik yonbag`rlarda suv eroziyasi va h.k.) qaratilgan lokal, ko`proq atropogen ta’sir natijasidir. Cho`llanish turkumlari cho`llanishning u yoki bu turkumlarining rivojlanish xususiyati bo`yicha aniqlanadi. 85 Boshqacha qilib aytganda, hududni cho`llanishning u yoki bu qism turkumiga kiritish maqsadi cho`llaniladigan tabiiy komplekslar evolyutsiyasini tavsiflash sanaladi. Ko`p hollarda cho`llanish qism turkumlariga tabiiy komplekslarning hozirgi paytda kuzatiladigan holati nisbatan oldingi cho`llanish bosqichlari asosida aniqlanadi. Orol dengizi atrofida cho`llanishning quyidagi qism turkumlari ajratildi: ➢ Postgalomorf biogen taqirlanish – cho`llanishning bu qism turkumidan oldin tabiiy komplekslar rivojlanishining sho`rxok bosqichi (gidromorf sho`rxoklar va o`zanlararo pastliklar, ko`l havzalari va ochilib qolgan dengiz sirtining kuchli sho`rlangan yerlarining qurib qolish va taqirlanish tabiiy jarayoniga mos). ➢ Postgidromorf biogen taqirlanish - cho`llanishning bu qism turkumidan oldin tabiiy komplekslar rivojlanishining sho`rxoklar yoki galofit o`simlikli kuchli sho`rlangan yerlar shakllanishi ro`y bermagan o`tloq va botqoq bosqichi (o`zanlararo pastliklar yoki sug`oriladigan massivlarning sho`rlanmagan yoki sust sho`rlangan yerlarning qurib qolish va taqirlanish tabiiy jarayoniga mos). ➢ Postgalomorf biogen cho`llanish – cho`llanishning bu qism turkumidan oldin tabiiy komplekslar rivojlanishining sho`rxoklar bosqichi (odatda o`zan ko`tarmalari yoki ochilib qolgan dengiz sirtida shakllangan sho`rxoklar va yengil dona-dona tarkibli sho`rlangan yerlarning qurib qolish va sho`rlanish tabiiy jarayoniga mos). ➢ Postgidromorf biogen cho`llanish – cho`llanishning bu qism turkumidan oldin tabiiy komplekslar rivojlanishining sho`rxoklar yoki galofit o`simlikli kuchli sho`rlangan yerlar shakllanishi ro`y bermagan o`tloq va botqoq bosqichi (odatda o`zan ko`tarmalarida shakllangan yengil dona-dona tarkibli sho`rlanmagan yoki sust sho`rlangan yerlarning qurib qolish tabiiy jarayoniga mos). ➢ Taqirlanishdan keyin biogen cho`llanish – cho`llanishning bu qism turkumidan oldin tabiiy komplekslarning taqirlanishi (taqirlar va taqirsimon sirtlar cho`llanish tabiiy jarayoniga mos). 86 ➢ Postgidromorf abiogen sho`rlanish - cho`llanishning bu qism turkumidan oldin tabiiy komplekslar rivojlanishining o`tloq va botqoq bosqichi (sug`oriladigan massivlar, o`zanlararo pastliklar, ko`l havzalari va suvdan bo`shagan dengiz sirtining asosan sust tabiiy qaytish oqimi sharoitida ularning qurib qolish va yer usti hamda yuzaroq joylashgan yer osti suvlarning minerallashuvining oshishi natijasida intensiv sho`rlanish tabiiy jarayoniga mos). ➢ Antropogen abiogen sho`rlanish – odatda sug`oriladigan vohalar hududida, ularning atrofida yoki suvlar tashlanadigan o`zanlar va kanallar bo`ylab uchraydigan cho`llanishning bu turkumi tabiiy komplekslarning oldingi holatlaridan ixtiyoriy muhitda rivojlanishi mumkin. Shu sababli antropogen sho`rlanish yerdan foydalanish sharoitlariga ko`ra ixtiyoriy paytda hududni egallashi mumkin. ➢ Postgidromorf abiogen cho`llanish - cho`llanishning bu qism turkumidan oldin tabiiy komplekslar rivojlanishining o`tloq bosqichi (qishloq xo`jalik mollarning qaytadan boqish yoki to`qay, buta va butasimon o`simliklarni chopib tashlash ta’siri bilan murakkablashgan o`zan ko`tarilmalarining qurib qolish tabiiy jarayoniga mos). ➢ Taqirlanishdan keyingi abiogen cho`llanish – cho`llanishning bu turkumida oldin tabiiy komplekslarning postgalomorf yoki postgidromorf taqirlanish jarayoni bo`lgan (chorva mollarini qayta boqish, daraxt va butazorlarni kesib tashlash ta’siri, suffoziya hodisalari yoki texnogen ta’sirlar bilan murakkablashgan taqirlarning cho`llanish tabiiy jarayoniga mos). ➢ Postgalomorf abiogen cho`llanish - cho`llanishning bu turkumidan oldin tabiiy komplekslarning sho`rxok jarayoni bo`lgan (chorva mollarini qayta boqish, daraxtlar va butazorlarni kesib tashlash yoki texnogen ta’sirlar bilan murakkablashgan sho`rxoklar sirtida eol qumli qoplama shakllanish va yoki quyida joylashgan tuproqlar sho`rlangan qatlamining sho`ri kamayish tabiiy jarayoniga mos). ➢ Postavtomorf abiogen cho`llanish - cho`llanishning bu turkumi chorva mollarini qayta boqish, daraxtlar va butazorlarni 87 chopib tashlash yoki texnogen ta’sirlar natijasida to`silgan qumlarning eol yoyilish jarayoniga mos. ➢ Loyli cho`llarning abiogen buzilishi – odatda tog`oldi prolyuvial tekisliklar hududlarida, taqir sirtlarida kamroq uchraydigan cho`llanishning ushbu qism turkumi avtomorf sharoitda sust shakllangan va mo`rt o`simlik qoplamali tabiiy komplekslar muhitida rivojlanadi; abiogen bedlendlanish yerdan foydalanish sharoitlariga ko`ra ixtiyoriy paytda hududni egallashi mumkin. ➢ Shag`alli cho`llarning abiogen buzilishi – cho`llanishning bu turkumi odatda qoldiqlar, shag`al yuzali tog` osti prolyuvial yonbag`irlar va siyrak sust shakllangan va mo`rt o`simlik qoplamli tub jinslar chiqish joylarida namoyon bo`ladi; abiogen bedlendlanish yerdan foydalanish sharoitlariga ko`ra ixtiyoriy paytda hududni egallashi mumkin. Shunday qilib, cho`llanishning dinamik qatorlari ierarxiyasi tahliliga asoslangan cho`llanish klassifikatsiyasi mohiyati bo`yicha cho`llanadigan ekotizimlar evolyutsiyasini tahlil qilish quroli bo`lib, cho`llanishning amaldagi faktorlari va sabablari saqlangan holda o`zgaradigan tabiiy komplekslarning kelajakdagi ahvolini birinchi urinishda oldindan aytish (bashoratlashtirish) imkonini beradi. Cho`llanish turkumiga mos dinamik qatorlarning tuproqlar va o`simlik o`zgarishiga muvofiqdir. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling