S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Cho`llanishning 
nisbiy 
tezligi 
va 
nisbiy 
darajasini 
baholashning umumiy prinsiplari. Cho`llanishning tezligi va 
darajasini 
baholash 
uchun 
hozirgi 
paytda 
juda 
dolzarb, 
kuzatilayotgan tabiiy muhit o`lchamlari asosida cho`llanishning 
ushbu parametrlari haqida xulosa qilish imkonini beruvchi bilvosita 
sabablar ishlatilishining printsipial imkoniyalari ko`rsatildi va 
amalga oshirildi. Ushbu usul asosida ekodinamikaning ikkita asosiy
qoidasi 
yotadi: 
1) 
Goldsmitning 
(Goldsmith, 
1981) 
ekodinamikaning ikkinchi qonuni, unga ko`ra biosfera yoki uning 
qaysidir qism tizimi tuzilishini saqlashi uchun tiriklik yetuklik holati 
yoki ekologik muvozanatga yetishishga intiladi; 2) ancha yirik 
tizimlarda qism tizimlarning notekis va turli vaqtlarda sodir bo`lish 
tamoyili. cho`llanishning nisbiy tezligi va darajasini baholash 
masalasini yechishda ushbu qoidalarni qo`llash ancha sermahsuldir.
Tabiat tizimlarining cho`llanish yo`lida evolyutsiyasiga olib 
keluvchi ekologik sharoitlarning o`zgarishida bu tizimlar o`zgargan 
sharoitlar bilan muvozanatning yangi holatiga erishishga intiladi. 
Tabiiy tizimlar ko`p komponentli bo`lgani uchun ularning o`zgargan 


97 
yoki 
o`zgarayotgan 
sharoitlar 
bilan 
muvozanatga 
erishish 
yo`nalishiga tekis o`zgartirish uchun bu sharoitlar o`zgarishi tezligi 
o`zgarayotgan tabiiy tizim barcha komponentlar o`zgarishining 
xarakterli vaqtlarga mos bo`lishi zarur. Chunki bu yetarli darajada 
sekin darajada sodir bo`ladi, chunki, yuqorida ko`rsatilganidek, 
deltalar tabiiy tizimlarining cho`l tizimlariga o`zgarishining 
xarakterli vaqtlari yuzlab va minglab yillar bilan o`lchanadi. 
Ekologik sharoitlarning o`zgarish tezligining u yoki bu hudud 
chegarasida deltalarning tabiiy tizimlarining o`zgarishi uchun xos 
bo`lgan vaqt sharoitlariga mos kelish shartlari amal bo`lganda, 
ushbu hudud mazkur hududda rivojlangan tabiiy tizimning barcha 
komponentlari bo`yicha bir xil bo`ladi. Bunda evolyutsiyasining har 
bir bosqichida mazkur hudud muvozanatda deb ataluvchi holatda 
bo`ladi, bu yerda sodir bo`layotgan o`zgarishlar tezligini esa juda 
sekin deb tavsiflash mumkin. Ekologik sharoitlar tez o`zgarishi 
holatida esa, buni biz hozirgi vaqtda Orol atrofida kuzatayapmiz, 
deltalar tizimlari turli komponentlari o`zgarishining mos vaqtlari 
turliligi ekologik sharoitlar o`zgarishi mumkin bo`lgan hududlar 
chegarasida tizimlar xilma-xilligining keskin oshishiga olib keladi.
Hududlarning litologik, geomorfologik va boshqa parametralari 
bo`yicha 
boshlang`ich 
turli 
xilligi 
sababli, 
boshlang`ich 
o`zgaruvchan hududlarning ayrim qismlari boshqalariga nisbatan 
muhitning yangi sharoitli dinamik muvozanat holatiga tezroq 
erishishadi. Bundan tashqari, rivojlanuvchi tabiiy tizimlarning turli 
komponentlari ham dinamik muvozanat holatiga erishish darajasiga 
bo`yicha farqlanadi. Orol atrofi hududida bu nazariy mulohazalar 
yaxshi empirik dalillarga ega. Shunday qilib, Geldeva va Budnikova 
(1991) Orol dengizining quriyotgan tubi REMni o`rganish natijasi 
shuni ko`rsatadiki, rivojlanishning kontinental sharoitida yosh 
geotizimlar 
mavjudlik 
davomiyligi 
oshishi 
sari 
fazoviy 
tashkillanishning 
murakkablashishini 
va 
keyinchalik 
tabiiy 
komplekslar strukturasi hamda faoliyat ko`rsatishi mosligi 
darajasining o`sishini kutish mumkin bo`ladi. 
Cho`llanishning yuqori tezliklari yangi ekzogen jarayonlarning 
paydo bo`lishi bilan xarakterlanadi. Cho`llanishning birinchi 
bosqichlarida tabiiy tizimlar xilma-xilligi oshishi haqida xulosani 


98 
Janubiy Orol oldida O`zbekiston FA geografiya bo`limi 
tadqiqotchilari tomonidan o`tkazilgan qator izlanishlar asosida qilish 
mumkin 
(Rafiqov, 
Tetyuxin, 
1982; 
Опустынивание 
в 
Узбекистане...,1988; Popov, 1990).
Zaletayev (1991)ning qayd etishicha, antropogen cho`llanish 
quyidagilar bilan xarakterlanadi – tez o`tuvchi va uzilishli ketma-
ketlikning alohida sinfini tashkil etuvchi qisqa yashovchi 
jarayonlarning 
keng 
tarqalishi; 
tabiiy 
muhitning 
ekologik 
differensiatsiyalanuvchanligi, jozibadorligi va qarama-qarshiligining 
oshishi; biosenotik va landshaft qoplamining ekotonizatsiyalanishi 
sanaladi.
Xususan, Zaletayev bo`yicha (1989, 1991), cho`llaniladigan 
hududlar ekologik muvozanatlashgan tabiiy muhitning odatiy 
misolidir, bu muhit uchun qo`zg`alish holatidagi tizimlarga xos 
bo`lgan reaksiyalarning mexanizmi uchun xarakterli. Ishlash 
ritmlari buzilgan turli yo`nalishli jarayonlarning bir vaqtning o`zida 
rivojlanishi, ekotizimlar rivojlanishi fazalarining birikishi va 
yo`qolishi 
(klimaks 
holatiga 
erishmaydigan 
biotsenozlar 
rivojlanishining qisqa sikllari xos). Ekologik beqaror muhit uchun 
ekotizimlar yo`q qilinishining tez rivojlanishi o`ziga xos, shu bilan 
bir vaqtda yangisi hosil bo`lishi ham, sinergetiv applikativ 
jarayonlarning rivojlanishi asosida yangi ekologik fenomenlar 
namoyon bo`lishi, shuningdek ekotizimlar o`z-o`zini tashkil 
etishning yangi mexanizmlari shakllanishidir.
Ekologik beqaror muhitning muhim xususiyatlari bu biogenetik 
qoplamaning (uning uzluksizligi buzilishining keskin oshishi) va 
landshaft 
sohasining 
fraksion 
ekologik 
tabaqalanishi 
va 
yaqqolligining paydo bo`lishidir. Cho`llanadigan ekologik beqaror 
tabiiy tizimlarda xilma-xillik oshishiga yangi nufuzdagi chegaralar 
va mayda konturli jozibador o`simlik qoplamasi paydo bo`lishi bilan 
namoyon bo`ladigan ekotonizatsiya hodisasi ham yordam beradi. 
Ko`rsatilgan dastlabki izlanish va kuzatuvlar cho`llanishning nisbiy 
tezligi va nisbiy darajasini aniqlash uchun quyidagi prinsiplarni 
shakllantirishga imkon berdi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling