S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Harbiy omillar. Bepoyon arid cho`l landshaftlarining 
antropogen cho`llanishiga o`z hisasini qo`shib kelayotgan 
omillardan yana bir guruhi harbiy omillardir. O`zbekiston 
Respublikasida tashkil etilgan harakatdagi qo`shinlar ichida asosiy 
o`rinni quruqlik qo`shinlari egallaydi. Ular zamonaviy harbiy 
texnikalar bilan qurollangan bo`lib, o`zlarining harbiy mashqlarini 
va jang mashg`ulotlarini cho`l zonasida olib boradi. Harbiy 
mashg`ulotlar 
paytida 
ko`plab 
tasma 
zanjirli 
tanklar, 
bronetrasportyorlar, og`ir yuk mashinalari va minglab askarlar 
qumli cho`l bo`ylab yuzlab kilometr masofani bosib o`tadilar. 
Quruqlik qo`shinlarining urush mashqlari va mashg`ulotlarini 
o`tkazish paytidagi jangovar harakatlari, uzoq masofalarga 
cho`zilgan handaklarning qazilishi, ahyon-ahyonda strategik 
qurollarni sinab ko`rilishi mo`rt qumli va sho`rxok tuproqli 
landshaft majmualarini, ularni zaif, barqaror bo`lmagan tuproq va 
o`simlik qoplamini paymol qilib texnogen, shamol va suv 
eroziyalarini rivojlanishiga yordam beradi. Buning oqibatida 
psammofit 
va 
galofit 
o`simliklar 
qoplami 
siyraklashadi, 
tuproqlarning gumus qatlami to`liq yo`q qilib tashlanadi, texnogen 
landshaftlarning maydoni kengayadi, cho`llarning biologik xilma-
xilligi pasayadi, geoekologik vaziyatlar keskinlashadi. Chunki o`ta 
kontinental iqlim sharoitida shakllangan arid landshaftlar doirasida 
vujudga kelgan og`ir texnogen jarohatlar 15-20 yil ichida ham qayta 
tiklanish yoki o`zining dastlabki tabiiy holatiga qaytish imkoniga 
ega emas. 
Huquqiy omillar. Antropogen cho`llanish jarayonlarini 
butunlay qamrab oladigan va uning mohiyatini to`liq anglab 
yetishiga da’vat etadigan omillardan biri yuridik yoki huquqiy 
omillar hisoblanadi. Cho`l sharoitida tabiatdan foydalanishning 
huquqiy jihatlari qanchalik darajada himoya qilingan, puxta 


76 
ishlangan va hayotda unga qa’tiyan amal qilinadigan bo`lsa, 
cho`llanish jarayonini shunchalik darajada oldini olish va 
sekinlashtirish imkoniga ega bo`lishi mumkin. 
Binobarin, bunga erishish uchun yer, suv, yer osti boyliklaridan 
oqilona foydaolanish, o`simlik va hayvonot olamini, atrof-muhit 
tabiatini muhofaza qilish va boshqa geoekologik yo`nalishlar 
to`g`risida tuzilgan hujjatlar, qabul qilingan qarorlar va ishlab 
chiqilgan qonunlar sermazmun va har qanday muammolar talabiga 
javob bera oladigan darajada bo`lishi kerak. Shu bilan birga barcha 
qabul qilingan hujjatlar, qarorlar va yuridik qonunlarni amalda 
benuqson tadbiq qilinishi so`zsiz antropogen cho`llanish jarayonini 
sekinlashishiga va antropogen cho`llar maydonini asta-sekin 
kamayishiga olib kelishi mumkin. Aks holda qabul qilingan qarorlar 
va ishlab chiqilgan qonunlar kuchsiz bo`lsa va ularning hayotga 
tadbiq etilishi nazorat qilinmasa, antropogen cho`llanish jarayonini 
nafaqat Qizilqum cho`lida, balki boshqa regionlarda ham yanada 
keng rivojlanib, keskin geoekologik vaziyatlar vujudga kelaveradi. 
Bundan, birinchi navbatda insoniyatning yashash joyi va uyi 
bo`lgan ona tabiat aziyat cheksa, ikkinchi navbatda tabiat 
quchog`ida istiqomat qilayotgan barcha aholi ham qattiq aziyat 
chekadi. Agar cho`llanish jarayonining oldi olinmas ekan, undan 
kelajak avlodlar ham ulushini oladi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling