S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Sotsial 
omillar. 
Arid 
landshaft 
majmualari 
doirasida 
cho`llanish jarayonining faollashib borishida sotsial omillar ham 
muhim rol o`ynaydi. Ayniqsa cho`l sharoitida mahalliy aholining 
markazlashtirilgan yoqilg`i bilan ta’minlanmaganligi ularni tevarak-
atrofdagi cho`l hududlardan o`tin tayyorlashga va kundalik 
turmushda foydalanishga majbur etadi. Cho`l sharoitida o`tin 
asosan daraxtlardan, butalardan va yarim butalardan tayyorlanadi. 
Shuning uchun ham aholi yashaydigan punktlarning va vohalarning 
atroflaridagi katta-katta maydonlarda oq va qora saksovullar


74 
qandim, cherkez, qum akatsiyalari kabi daraxtsimon va buta 
o`simliklar kesilib ketgan, shuvoqlar o`rilib juda siyraklashib 
qolgan. 
Cho`l sharoitida mo`rt tuproq qoplamini va mustahkamlangan 
qum massivlarining barqaror rivojlanishini himoya qiluvchi, 
vegetatsiya davrida tabiiy namlikni uzoqroq muddatga saqlab 
turuvchi funksiyalarni bajaradigan kserofit daraxtlar, butalar va 
yarim butalarning shafqatsiz kesilib ketishi deflyatsiyaning dinamik 
rivojlanishiga va hududlarning iqlimini yanada aridlashib borishiga 
qulay imkoniyat yaratib beradi. natijada flora tarkibidagi ko`plab 
qimmatbaho va dorivor o`simliklar turi kamayib, biologik xilma-
xillik asta-sekin kambag`allashib boradi. Oqibatda faollashib 
borayotgan cho`llanish jarayonlari cho`l o`simliklarining rang-
barangligiga va landshaft majmualarining barqaror rivojlanishiga 
katta zarar yetkazib, murakkab va keskin regional geoekologik 
vaziyatlarni vujudga keltiradi. 
Arid landshaftlarning cho`llanish jarayoniga jamiyatning tashkil 
etilmagan va tartibsiz rekreatsion faoliyati ham katta ta’sir 
ko`rsatadi. Bahor oylarida shahar va tumanlar aholisining cho`llarga 
uyushtirgan dam olish kunlarida cho`l manzarasiga chiroy berib 
turgan yovvoyi gullarning uzib olinishi va ularni paymol qilinishi 
ham biologik rang-baranglikka salbiy ta’sir ko`rsatib, cho`llanish 
jarayonini jadallashuviga imkoniyat yaratadi. Shuningdek cho`l 
hayvonlarini ko`p yillardan beri tartibsiz va vahshiyona ov qilinib 
kelinishi ham cho`l biotsenozlarida muhim rol o`ynaydigan 
qimmatbaho hayvon turlarining sonini kamayib ketishiga sabab 
bo`lmoqda. Jumladan, Qizilqum cho`lida yaqinga qadar pod-poda 
bo`lib yashaydigan jayronlarning ayovsiz ov qilinishi natijasida 
ularning soni juda ham kamayib ketdi. Hozirgi kunda jayronlarni 
yo`q bo`lib ketishidan saqlab qolish, ularning sonini ko`paytirish va 
muhofaza 
qilish 
maqsadida 
bu 
noyob 
hayvon 
turini 
«O`zbekistonning Qizil kitobi»ga kiritilgan. 
Qizilqum cho`lining fauna va flora majmualari tarkibidagi 
turlarning keskin kamayishi ayrim noyob va qimmatbaho o`simlik 
va hayvon turlarining hatto yo`qolib ketishiga ham sabab 
bo`lmoqda. Rekreatsion obyekt sifatida kishilarning, xususan 


75 
sayyohlarning e’tiborini o`ziga jalb etadigan landshaft majmualariga 
haddan tashqari turistik yukning ortib borishi ham salbiy ekologik 
oqibatlarga olib keladi. Yillar davomida rekreatsion nuqtayi-
nazardan qiziqarli bo`lgan landshaft obyektlariga turistlarning 
me’yordan ortiq tashrif buyurishlari cho`l sharoitida birinchi 
navbatda deflyasion jarayonni rivojlanishiga sharoit yaratadi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling