S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Chorva mollarini boqish natijasida arid landshaftlarning


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Chorva mollarini boqish natijasida arid landshaftlarning 
cho`llanishi. Cho`llarda chorva mollarining, ayniqsa ko`p sonli 
qorako`l qo`ylarining yil davomida uzluksiz boqilishi cho`l 
geositemalarining hozirgi holatiga, mahsuldorligiga, fitotsenozlar 
tarkibidagi o`simlik turlarini tadrijiy kamayib borishiga ta’sir 
etadi. Shuning uchun arid landshaftlar doirasida antropogen 
cho`llanish jarayonlarini jadallashtirishda yetakchi omillardan biri 


68 
bo`lib chorva molarini muayyan joylarda haddan tashqari boqilish 
xizmat qiladi (1-rasm).
Geobotanik yaylovshunoslarning fikricha (Gayel, 1951; 
Morozova, 1964 va boshqalar) chorva mollarini yaylovlarning 
o`simlik qoplamiga va ularning biomassalarining mahsuldorligiga 
ta’siri ham ijobiy, ham salbiy bo`lishi mumkin. Bu esa bir qator 
omillarga, ya’ni mol tuyog`ining soniga, mol boqishning miqdoriy 
ifodlanashiga, uning davomiyligiga bog`liq. Haddan tashqari 
kontinental iqlimli, shamol faoliyati kuchli va siyrak o`simlik 
qoplamining barqarorlik darajasi zaif bo`lgan cho`l sharoitida 
chorva mollarini haddan tashqari ko`p boqilishi cho`l yaylovlarining 
degressiyalanishiga va cho`llanayotgan landshaftlarning maydonini 
kengayib borishiga sabab bo`ladi. 
Arid landshaftlarda cho`llanish jarayonini tadrijiy rivojlanib 
borishiga otarlarda mol tuyog`i, qo`y va echkilarning sonini 
ko`payib borishi ham katta salbiy ta’sir ko`rsatadi. Mollarning soni 
qanchalik ko`paysa, arid landshaftlarga ta’sir etuvchi antropogen 
yuk koeffitsienti shuncha ortib boradi. Masalan, Qizilqum 
cho`lining katta maydonini egallab olgan Navoiy viloyatida 
qoramollar soni 1996-yilda 161907 boshdan 1999-yilga kelib 
172551 boshga ko`paydi, qo`y va echkilarning soni esa 1996-yilda 
953474 boshdan 1999-yilda 1044163 boshga ko`paydi. Chorva 
mollarining tuyoq sonini yildan yilga ortib borishi yaylovlardagi 
ozuqabop o`simliklarni, chala buta va butalarni siyraklashishiga, 
ayrim o`simlik turlarini kamayishiga olib keladi va tuproqlarda 
erozion jarayonni jadallashtiradi (Abbosov, 2002). 
Qizilqum yaylovlarining suv bilan kam ta’minlanganligi, 
quduqlar to`rining nihoyat darajada siyrakligi cho`llanish jarayonini 
yanada murakkablashtiradi. Quduqlardan 2-3 km radiusdagi 
maydonlarda cho`llarning tub o`simliklari mollarni me’yoridan 
ortiqcha boqilishi va ularni tevarak-atrofdan suvloq joylarga doimiy 
ravishda kelib ketishi natijasida kuchli o`zgaradi, quduqlar 
atrofidagi 0,5-0,7 km masofagacha bo`lgan joylarda tuproqlarning 
gumus qatlami to`liq yo`qoladi. Oqibatda quduqlar atrofida 
deflyatsiya jarayoni kuchayib, kuchli qumlar va barxanlar hosil 
bo`ladi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling