S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Zoogen omillar. Qizilqum cho`li fauna majmuining asosiy 
qismini in qazib yashaydigan hayvon turlari tashkil etadi. Bularning 
orasida faol hayot kechiradigan kemiruvchi hayvonlar alohida o`rin 
egallaydi. In qazib yashaydigan kemiruvchi hayvonlar, ayniqsa 
yumronqoziqlar tuproq gruntlarini yumshatadi, inlarining atrofiga 
kavlangan mayin tuproqlarni chiqarib tashlaydi, tuproqlarni 
strukturasini buzadi va shu bilan bir qatorda erozion jarayonlarni 
ham jadallashtiradi. Kemiruvchi hayvonlarning tog` yonbag`irlarida 
va prolyuvial qiya tekisliklarda qazgan inlari suv eroziyasi 
o`chog`iga aylanadi (Abbosov, 2002). 
Qizilqumning 
arid 
landshaft 
majmualarini 
cho`llanish 
jarayoniga ahyon-ahyonda kuzatiladigan chigirtkalar migratsiyasi 
ham o`zining ma’lum darajada hissasini qo`shib turadi. Chigirtkalar 
kolonnasi o`zlarining migratsiyasi davomida duch kelgan tabiiy va 
antropogen landshaft majmualarining biomassalarini sidirg`asiga 
tozalab, ularni yalang`och yerlarga aylantiradi. Son-sanoqsiz 
chigirtkalarning 
hujumidan 
keyin 
katta-katta 
maydonlarda 


65 
o`simliklarning deyarli to`liq degradatsiyalanishi sodir bo`ladi. 
O`simliklarning kuchli degradatsiyalanishi shamol va suv 
eroziyasini kuchaytirib, arid landshaftlarning cho`llanish jarayonini 
faollashtiradi. 
Shunday qilib, ko`pchilik tadqiqotchilarning e’tirof etishicha, 
materiklardagi barcha cho`l landshaftlari, shu bilan birga O`rta 
Osiyo va Qizilqum landshaft majmualari ham umumiy aridlanish 
holatini boshdan kechirmoqda. Hozirgi cho`l landshaftlarining 
tabiiy omillar ta’sirida aridlanib va kserofitlanib borishi M.P. Petrov 
(1966), V.A. Kovda (1977) va boshqalarning e’tirof etishicha, 
quyidagi holatlarda namoyon bo`lmoqda: 1) hamma joyda muzliklar 
maydonining qisqarishi; 2) yuza yuvilishining hukmronlik qilishi va 
deflyatsion jarayonlarning faolligini oshishi; 3) berk ko`llar 
maydonining qisqarishi va ularning sho`rlanishini tobora oshib 
borishi; 4) tog` sharoitida o`simliklarning yo`q bo`lib ketish 
darajasigacha degradatsiyalashib borishi; 5) flora va fauna 
majmualarida tur hosil bo`lish jarayonlarining bosiqligi; 6) tekislik 
sharoitlarda tupoqlarning sho`rlanish jarayonini kuchayib borishi, 
gidromorf tuproqlar tarkibida karbonat va gipslar miqdorini ortib 
borishi, tuzli qatqaloqlarni to`planishi; 7) grunt suvlar sathining 
tobora pasayishi; 8) tog`larda doimiy qor chegaralarini chekinishi, 
daryo suvlarining va tekisliklarda grunt suvlarining kamayishi va 
boshqalar.  

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling