S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
Nazorat savollari: 1. Cho`llanishni vujudga keltiruvchi qanday tabiiy omillarni bilasiz? 2. Arid landshaftlarning cho`llanish jarayoni geotektonik strukturalar bilan ham chambarchas bog`liqligini tushuntiring. 3. Cho`llarda sho`rlanish va botqoqlanish jarayoni sabablarini tushuntiring. 66 CHO`LLANISHNI VUJUDGA KELTIRUVCHI ANTROPOGEN OMILLAR Reja: 1. Cho`llanishni vujudga keltiruvchi iqtisodiy omillar. 2. Chorva mollarini boqish natijasida arid landshaftlarning cho`llanishi. 3. Cho`llanishni vujudga keltiruvchi sotsial omillar. 4. Cho`llanishni vujudga keltiruvchi harbiy omillar. 5. Cho`llanishni vujudga keltiruvchi huquqiy omillar. Tayanch iboralar: cho`llanish, chorva molllari, degradatsiya, mahsuldorlik, konsentrik aylana, iqtisodiy omil, sotsial omil, harbiy omil, huquqiy omil. Hozirgi fan-texnika taraqqiyot etayotgan va mamlakatlar aholisi to`xtovsiz o`sib borayotgan davrda arid o`lkalarda cho`llanish jarayonlarining rivojlanishiga faqat tabiiy omillar emas, balki antropogen omillar ham katta ta’sir ko`rsatmoqda. Biz landshaft- tipologik, landshaft-ekologik va landshaft-dinamik tadqiqotlar olib borgan cho`l hududidagi arid landshaftlarning cho`llanish jarayonida tabiiy omillarga nisbatan antropogen omillarning ta’sir doirasi kuchliroq ekanligi aniq seziladi va buning oqibatlari turli shakllarda namoyon bo`ladi. Bunga sabab, birinchidan, cho`l turli- tuman qimmatbaho qazilma boyliklarga, bepoyon yaylovlarga, agrolandshaftlarni rivojlantirish uchun xizmat qiladigan termik resurslarga boy region ekanligi bo`lsa, ikkinchidan, bunday tabiiy resurslardan maqsadga muvofiq foydalanish bevosita insonning xo`jalik faoliyat doirasi bilan chambarchas bog`liq ekanligidir. Binobarin, insonning cho`llanish jarayonlariga ta’sir etuvchi barcha turdagi faoliyat doirasini bir necha guruhlarga birlashtirish yoki ajratish mumkin. Bular iqtisodiy, sotsial, harbiy va huquqiy omillardir. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling