S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Iqtisodiy omillar. Arid o`lkalarning cho`llanishiga va cho`l 
landshaftlari maydonining tobora kengayib borishiga antropogen 
omillar ichida eng kuchli ta’sir ko`rsatadigan guruhi iqtisodiy 
omillardir. Arid landshaftlardan maqsadga muvofiq foydalanmaslik, 


67 
cho`llarni o`zlashtirishda agrotexnik qoidalarga amal qilmaslik, 
ekotizim va geotizimlarning bir butunlik hamda ularning 
komponentlararo aloqadorlik xususiyatlariga e’tibor bermaslik 
tarixiy shakllangan ekologik muvozanatning buzilishiga va turli xil 
geoekologik vaziyatlarning vujudga kelishiga shart-sharoit yaratadi. 
Ayniqsa, cho`l tabiatiga salbiy ta’sir ko`rsatishda va katta zarar 
yetkazishda ko`p yillar davomida olib borilayotgan geologik qidiruv 
ishlarini tashkil etishda va topilgan konlarda foydali qazilmalarni 
yer tagidan kavlab olishda qo`yilgan texnik xatolar yetakchi rol 
o`ynaydi.
Komponentlararo aloqadorligi zaif va tuproq-o`simlik qoplami 
o`ta mo`rt bo`lgan qumli va mayda toshli arid landshaft majmualari 
sharoitida 
geologik 
qidiruv 
texnikalari 
va 
avtotransport 
vositalarining hudud bo`ylab tartibsiz harakati, ularni joydan-joyga 
ko`chib yurishi natijasida tuproq gruntlarining yuqori qatlami kuchli 
maydalanib, o`simlik qoplami katta zararlanadi. Bunday jarayonlar 
arid landshaftlarning tuproq va o`simlik qoplamlarining barqaror 
rivojlanishiga 
salbiy 
ta’sir 
ko`rsatib, 
o`simliklarning 
degredatsiyalanishiga, tuproqlarda deflyatsiya va suv eroziyasi 
jarayonlarini 
jadallashuviga 
imkoniyat 
yaratib, 
katta-katta 
maydonlarda cho`llanish hodisasini kuchaytiradi va noxush 
geoekologik vaziyatlarni vujudga keltiradi. Demak, qumli va mayda 
toshli (toshloq) cho`l landshaft majmualari doirasida olib borilgan 
va borilayotgan geologik qidiruv ishlari, ularning texnika 
vositalarini tartibsiz harakati natijasida hosil bo`lgan buzilgan 
yerlar cho`llanishning haqiqiy o`chog`iga aylanib, bunday 
ko`ngilsiz jarayonni faol rivojlanishiga to`liq sharoit yaratib 
bermoqda. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling