S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Fitogen omillar. Arid landshaftli o`lkalarda cho`llanish 
jarayonlarini keng miqyosda rivojlanib, ekotizimlarning buzilib 
borishi bevosita fitogen omillar bilan ham chambarchas bog`liq. 
Cho`llanish jarayonlari arid landshaftlarga xos bo`lgan o`simlik 
qoplamining siyrakligi tufayli yuz beradi va u orqali makonda 
namoyon bo`ladi. Qizilqum cho`lida landshaft majmualari rang-
barang bo`lganligi kabi landshaft hosil qiluvchi o`simliklarning 
qalinligi ham xilma-xildir. Masalan, mustahkamlangan qator tepali 
va do`ng qumli landshaft majmualarining o`simliklar bilan 
qoplanganlik darajasi 50-70% ni, o`rtacha mustahkamlangan qumli 
landshaftlarniki 30-50% ni, kam mustahkamlangan qumli 
landshaftlarniki 20-30% ni, barxanlar va ko`chma qumli 
landshaftlarniki 1-5% ni tashkil etadi. Qizilqum hududida keng 
tarqalgan toshloq cho`l, sho`rxok cho`l va taqir cho`l landshaft 
majmualarining o`simliklar bilan qoplanganlik darajasi 10-15% dan 
oshmaydi. 
Shuni ta’kidlash maqsadga muvofiqki, arid geotizimlarda 
landshaft hosil qiluvchi o`simliklar qancha qalin bo`lsa, yovvoyi va 
uy hayvonlarining o`simlik qoplamiga ko`rsatgan ta’siri shuncha 
kam bo`ladi va aksincha, landshaft hosil qiluvchi o`simliklar qancha 


64 
siyrak bo`lsa, hayvonlarning ko`rsatgan ta’siri shuncha kuchli 
bo`ladi. 
Demak, 
birinchi 
holatda 
arid 
landshaftlarning 
fitogen 
degradatsiyalanishi va cho`llanishi kuchliroq bo`ladi. Bunday holat 
o`simliklarini tuproq yuzasida to`planishiga va ularni chirindiga 
aylanib tuproqlarning unumdorligi oshirishga yo`l qo`ymaydi. Arid 
landshaftlarda o`simlik qoplamining siyrakligi, tuproqlarning ustki 
qatlamida chimli qatlamning nihoyatda kam rivojlanganligi barcha 
tuproq tiplarida yuz beradigan suv va shamol eroziyasiga deyarli 
qarshilik ko`rsata olmaydi. 
Binobarin, arid landshaftlarning tabiiy cho`llanishida va bu 
jarayonning dinamik rivojlanishida fitogen omillarning roli 
nihoyatda katta. Bunday tipdagi cho`llanish jarayonlarni oldini olish 
va ularga qarshi kurashish uchun Qizilqum cho`lida fitomeliorativ 
chora-tadbirlarni keng ko`lamda amalga oshirish zarur. Bu yerda 
cho`llanishga qarshi fitomeliorativ ishlarni amalga oshirishda 
regionning landshaft majmualarini xilma-xilligini, har qaysi 
geotizimning va ekotizimning xarakterli xususiyatlarini e’tiborga 
olishni va ularga tabaqalashgan tartibda yondashishni taqozo etadi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling