S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
Iqlimiy omillar. Arid landshaftlarning cho`llanish jarayonida
iqlimiy omillar, ayniqsa makon va zamonda tez-tez takrorlanib turadigan qurg`oqchilik hodisasi yetakchi rol o`ynaydi. O`rta Osiyo 60 sharoitida, jumladan Qizilqum cho`lida eng so`nggi qurg`oqchiliklar 1999, 2000 va 2001-yillarda bo`lib o`tdi. Buning natijasida iqlimning aridlanishi kuchaydi, yillik yog`in miqdori keskin kamaydi, vegetatsiya davrida daryo va soylarning suv sarfi minimal holatga tushib, qishloq xo`jalik ekinlari suv tanqisligiga duch keldi. Oqibatda fermer xo`jaliklari katta miqdorda moddiy va iqtisodiy zarar ko`radi. Quyoshdan keladigan yalpi radiatsiya miqdorining ko`pligi (140-150 kkal/sm 2 ), yillik radiatsiya balansining (2200-2400 MJ/m 2 ), havo haroratining yuqoriligi (46-48°C), atmosfera yog`inlarining kamligi (80-100 mm), namlikning nihoyatda taqchilligi, mumkin bo`lgan bug`lanish miqdorining yuqoriligi (1200-1500 mm) va boshqa iqlim elementlari arid o`lkalarda o`ziga xos bo`lgan iqlim sharoitini vujudga keltiradi. Bularning tabiatdagi majmuali ifodasi vaqti-vaqti bilan yuz beradigan qurg`oqchilik hodisasida namoyon bo`ladi. Qizilqum cho`lida qurg`oqchilik natijasida vujudga kelgan cho`llanish jarayonlarini qumlarning deflyasiyasida, tuproqlarning shamol eroziyasida, deflyasion botiqlarning dinamik rivojlanishida, tuproq tarkibidagi chirindilarning kambag`allashishida, o`simlik qoplamining degradatsiyalanishida va yaylovlarning biologik mahsuldorligini kamayishida aniq kuzatish mumkin. Qurg`oqchilik tufayli sodir bo`lgan bunday jarayonlar Qizilqumning arid landshaft majmualarida cho`llanishni kuchaytiradi, geoekologik vaziyatni keskinlashtiradi va ijtimoiy-iqtisodiy tangliikni vujudga keltiradi. Qizilqum regionida cho`l landshaftlari iqlimining aridlanishiga yoz davrida tez-tez takrorlanib turadigan chang va qum bo`ronlari katta ta’sir ko`rsatadi. Qizilqumda yaylov o`simliklarining vegetatsiya davrida bunday qum-chang to`zonlari Tomdi meteorologik stansiyasining ma’lumoti bo`yicha aprelda 3,0 marta, mayda – 3,5, iyunda – 4,3, iyulda – 4,9, avgustda 3,8 va sentyabrda – 2,7 marta takrorlanadi. Tezligi 15 m/sek dan ko`proq bo`lgan kuchli shamollar esa aprelda 3,7 marta, mayda – 3,8, iyunda – 3,2, iyulda – 3,2, avgustda – 2,8 va sentyabrda – 1,7 marta takrorlanadi. Kuchli shamollar paytida qumlarni va qumoq tuproqlarni uchirib 61 ketib boshqa yerlarga yotqiziladi. Bunday paytlarda erozion jarayonlar yuqori nuqtaga yetadi. Qizilqum landshaft majmualarining cho`llanish jarayoniga o`tgan geologik davrlarda iqlim sharoitining o`zgarishi ham katta ta’sir ko`rsatgan. M.I. Budikoning (1974, 1977) paleoiqlim, K.K.Markov va boshqalarning (1965) paleogeografik tadqiqotlari natijasida shu narsalar aniqlanganki, eotsenda O`rta Osiyo va Qizilqum hududlarida o`rmon va o`rmon dasht landshaftlari hukmronlik qilgan. Bu landshaftlarning aridlanishi o`rta oligotsenda, iqlimning keskin sovushi va kontinentallashuvi natijasida sodir bo`ladi. Mazkur jarayon ayniqsa pliotsenga kelib kuchaydi. To`rtlamchi davrga kelib iqlimning aridlanishi yanada ham kuchayib cho`l landshaftlari vujudga kela boshladi. Shu tariqa O`rta Osiyoda, jumladan, Qizilqum regionida ham tarixiy cho`llanishlar jarayoni kuchayib, cho`l landshaft majmualari maydoni kengaya bordi. N.S.Orlovskiyning (1981) ta’kidlashicha materik muzligi davridan keyin bir marta iqlim o`zgarishi yuz bergan. Bu 7-5 ming yil avval qariyb 2 ming yil davom etgan iqlimning ilish davri bo`lgan. O`sha davrlarda Hindiston va Pokiston regionlarining shimoli-g`arbiy qismida va O`rta Osiyoning janubida iqlim sharoiti bir muncha aridroq bo`lgan. Bu jarayon oligotsenning oxirlariga to`g`ri keladi. Taxminan 10300 yil avval yog`in miqdorining ko`payish munosabati bilan namlik faza boshlangan. Biroq 3800 yil oldin qaytadan qurg`oqchil davr uncha katta bo`lmagan o`zgarishlar bilan hozirgi kunda ham davom etmoqda. O`tgan asrning 50-70-yillarida iqlimning keyingi sovushi yuz berdi. Buning natijasida qurg`oqchilik hodisasi tez-tez takrorlanib turdi, atmosfera yog`in miqdori kamaydi, yog`inlarning bir tekis yog`masligiga ta’sir etdi. Bunday tabiat hodisasi tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik holatlari bilan umumlashib O`rta Osiyo cho`llarida, jumladan Qizilqumning qumli, sho`rxok, gilli, taqir va past tog` landshaftlarida cho`llanish jarayonini rivojlanishiga qulay imkoniyat yaratdi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling