S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
49 Nazorat savollari: 1. Cho`llarni tasniflashning taksonomik birliklarini tushuntiring. 2. Cho`llanrni tasniflashda asosiy e’tibor qanday omillarga qaratiladi? 3. O`rta Osiyo cho`llarini tipologik tasniflashda qanday pritsiplardan foydalanilgan? 4. L.S.Bergning O`rta Osiyo cho`llarini tipologik tasniflash ishlarini tushuntirib bering. 50 ARID MINTAQALARDA CHO`LLANISH Reja: 1.Cho`llanishni arid mintaqalarga xosligi. 2.Arid mintaqalarda tabiat komponentlari va komplekslarini degradatsiyalanishi. 3.Arid mintaqalarda cho`llanishni vujudga keltiruvchi tabiiy va antropogen omillari. Tayanch iboralar: arid mintaqa, geotizim, ekotizim, degradatsiya, eroziya, geoekologik, tabiiy va antropogen omillar, geografik muhit, geotextizim. Cho`llar iqlimiy sharoitning vujudga kelish qonuniyatlaridagi umumiylikka qaramasdan landshaft nuqtayi-nazardan bir-biridan katta farq qiladi. Bunga hududlarning tabiiy xususiyatidagi, birinchi galda geologik va geomorfologik tuzilishidagi farqlar sabab bo`ladi. Yer yuzasini qoplab yotgan tuproqlar, tog` jinslari xususiyati, yer betining parchalanganligi, sizot suvlarining turli chuqurliklarda yotishi va sifati, iqlimiy sharoit cho`l tiplarini shakllanishida asosiy o`rin tutadi. Arid tushunchasi (lotincha aridus – qurg`oqchil) fanda XX asrning boshlaridan qo`llanila boshlandi. Uni birinchi bo`lib qo`llagan olimlar qatoriga amerikalik tuproqshunos-agronom Gilgardni va nemis olimi A. Penkni kiritish mumkin. Keyinchalik fanda “arid” termini bilan bog`liq bo`lgan, “arid iqlim”, “arid relyef”, “arid tuproqlar”, “arid o`simliklar”, “arid zona”, “arid landshaftlar” kabi bir qator tushunchalar ham ishlatila boshlandi. Ushbu tushunchalarni dastlabki tahlilidayoq “arid” terminidan foydalanishda asosan iqlimga nisbat berilayotganini payqab olish qiyin emas. Shuningdek, arid hududlar tushunchasi ikki ma’noda ishlatilayotganini ta’kidlash joiz (Sh.S. Zokirov, I.A. Hasanov, 2007). 1) Keng ma’noda ishlatilganda, arid hududlarga cho`llar, chala cho`llar, dashtlar va hattoki, o`rmon-dashtlar ham kiritilgan (I.P. Gerasimov, 1956); 2) Tor ma’noda tahlil qilinganda esa faqat cho`llar va chala cho`llargina inobatga olingan (Milkov, 1960; Petrov, 1973). 51 Hozirgi fan-texnika taraqqiyoti sharoitida arid o`lkalarning tabiiy va antropogen landshaft majmualarida yuz berayotgan cho`llanish jarayonlari insoniyat oldida turgan eng dolzarb global, regional va mahalliy geoekologik muammolardan biri hisoblanadi. Arid geotizimlarda cho`llanish jarayonining tadrijiy rivojlanib borishi birinchi navbatda tabiiy va antropogen omillarning o`zaro integrallashgan holda ta’siri natijasida sodir bo`lmoqda. Cho`llanish jarayonlarining makon va zamonda tadrijiy rivojlanib borishi arid o`lkalarda, cho`l va chalacho`l zonalarida barqaror shakllangan geoekologik muvozanatning buzilishiga va atrof-muhit tabiatiga xos bo`lgan o`zini-o`zi boshqarishga salbiy ta’sir ko`rsatib, keskin geoekologik vaziyatlarni kelib chiqishiga imkoniyat yaratmoqda. Cho`llanish jarayonlari sayyoramizning katta qismida, xususan Osiyo, Yevropa, Afrika, Avstraliya, Shimoliy va Janubiy Amerikaning ko`p mamlakatlarida keng tarqalgan. So`nggi yillarda bu mudhish jarayon 110 dan ortiq mamlakatga o`zining salbiy ta’sirini ko`rsatib ularning ijtimoiy ahvoliga tahlika solib kelmoqda. Cho`llanish jarayoni natijasida vujudga kelgan keskin geoekologik vaziyat o`zining yorqin ifodasini Shimoliy Afrikaning Sudan-Saxel zonasida va O`rta Osiyoning Orolbo`yi havzasida topgan. YUNEP ma’lumoti bo`yicha dunyo miqyosida har yili cho`llanish jarayoni kengayib borishi tufayli 70 ming km 2 ga yaqin unumdor yerlar kambag`allashib yaroqsiz yerlarga aylanmoqda. Bu jarayon keltirayotgan zarar har yili 42 mlrd. AQSH dollarini tashkil etadi (Alibekov, 2000). Shuni ta’kidlab o`tish maqsadga muvofiqki, arid landshaftlarning cho`llanish muammosi faqat O`rta Osiyo o`lkasidagi mamlakatlardagina emas, balki dunyoning ko`plab o`lkalaridagi mamlakatlarning va ularda istiqomat qiladigan milliardlab aholining umumiy muammosi bo`lib qoldi. Bu muammo atrof-muhit tabiatini muhofaza qilishning global miqyosidagi asosini tashkil etadi. Shuning uchun ham cho`llanish jarayoniga qarshi kurash muammosi 1977-yilda Nayrobida BMT tomonidan tashkil etilgan xalqaro konferensiyada muhokama qilindi va unda cho`llanishga qarshi kurash bo`yicha harakat rejasi qabul qilindi. 52 Arid zonalarida tabiiy geografik muhit va geotizimlarning turli xil jarayonlari natijasida degradatsiyalanishi cho`llanish deb ataladi. Tabiiy geotizimlarda cho`llanish jarayoni tabiiy o`simliklarning yo`q qilinishi, daraxtlarning ayovsiz kesilishi, tuproqlarning suv va shamol eroziyasi, cho`llanish va botqoqlanish hamda boshqa hodisalar ta’sirida yuz beradi. Bunday jarayonlar natijasida ekotizimlarning biologik mahsuldorligi kamayadi, tuproqlarning unumdorligi pasayadi, qishloq xo`jaligida yetishtiriladigan barcha madaniy ekinlarning hosildorligi kamayadi, kishilarning yashash sharoitining yomonlashishiga olib kelib jamiyatni barqaror rivojlanishiga xavf-xatar soladigan sotsial-geoekologik vaziyatni shakllantiradi. Cho`llanish jarayoni faqat tabiiy geotizimlar uchun xarakterli bo`lib qolmasdan, balki antropogen geotizimlar uchun ham, ayniqsa agrolandshaftlar uchun xarakterlidir. Bu yerda cho`llanish jarayoni sug`oriladigan agrotuproqlarni qayta sho`rlanish va botqoqlanish, gerbitsidlar va nitratlar bilan kuchli zaharlanishi, og`ir metallar bilan ifloslanishi sug`oriladigan qiya yonbag`irlarda irrigatsion eroziyani kuchayishi bahor va yoz oylarida mahalliy quruq shamollarning tez- tez takrorlanishi ba’zi yillarda kuzatiladigan suv tanqisligi tufayli sodir bo`ladi. A.G.Boboyevning (1990) ta’kidlanishicha jahon mamlakatlari aholisining intensiv (shiddat bilan) o`sib borishi va qishloq xo`jalik ishlab chiqarishni intensifikatsiyalash insonni tabiiy sharoiti qiyin bo`lgan rayonlarga kirib borishiga va u yerdagi tabiiy resurslarni o`zining xizmat doirasiga jalb etishga olib keldi. Buning oqibatida hozirgi kunda materiklarning 30% hududidagi arid landshaftlari antropogen bosimning jiddiy ta’siriga duch kelgan. Yer yuzidagi sug`oriladigan agrolandshaftlarning qariyb 80% i arid o`lkalarga to`g`ri keladi, 170 mln gektar yer bahorikor dehqonchilikda, 3,6 mlrd. gektar yer yaylov sifatida foydalaniladi. Dunyo aholisining 1 mlrd. ga yaqin nafari yoki 20% i arid o`lkalarda istiqomat qiladi. Shu boisdan 1992 yilda BMT tomonidan Rio-de-Janeyroda tashkil etilgan va atrof-muhitni himoya qilish muammosiga bag`ishlangan xalqaro ilmiy konferensiyada «Barqaror rivojlanish modeli»ga o`tish masalasi taklif qilingan. 53 Sayyoramizda global miqyosda sodir bo`layotgan cho`llanish jarayonlari arid iqlimli O`rta Osiyo regionida ham keng o`rin olgan. Ayniqsa, Qizilqum va Qoraqum cho`llari bilan tutash bo`lgan Orol dengiz havzasi ekologik ofat zonasi deb e’lon qilingan. Shuning uchun ham O`rta Osiyo o`lkasida yuz berayotgan cho`llanish jarayonlari Turkmaniston Fanlar Akademiyasining cho`llar, o`simliklar va hayvonot dunyosi milliy instituti, O`zbekiston Fanlar Akademiyasi seysmologiya instituti qoshidagi geografiya bo`limi, Qozog`iston Fanlar Akademiyasining geografiya instituti xodimlari va boshqa cho`lshunos olimlar tomonidan yetarli darajada o`rganilgan va o`rganilib kelinmoqda. Cho`lshunos olimlar arid zonalarda cho`llanish jarayonlarni keng ko`lamda tadqiq etish bilan bir qatorda bu muammoning nazariy va amaliy masalalarini ishlab chiqishgan. Bunday xalqaro ahamiyatga ega bo`lgan dolzarb geoekologik muammoga A.G.Boboyev (1986, 1990, 2000), A.P.Petrov (1972), I.S.Zonn (1981, 1984), N.T.Nechaeva (1978), N.S.Orlovskiy (1981), N.G.Xarin (1980), G.F.Radchenko (1983), A.A.Rafiqov (1988), V.M.Chupaxin (1990), A.V.Chigarkin (1977), S.B.Abbosov (1995, 2004), A.A.Abdulqosimov, S.B.Abbosov (1977, 1998, 1999, 2000, 2001, 2004), L.A.Alibekov (1997, 2000), A.Baxiev, S.E.Treshkin (2000), S.A.Azimboev, L.P.Peydo (2000), L.N.Borovikova, S.V.Myagkov (2000), Clanton, C.Black, K.N.Toderich (2000) va boshqalarni ilmiy maqolalari, monografiyalari bag`ishlangan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nayrobida o`tkazgan xalqaro konferensiyasi materiallarida izoh berilishicha cho`llanish jarayoni Yerning biologik potensialini pasaytirib yoki barbod etib, uning o`rnida tabiiy cho`l sharoitiga o`xshash bo`lgan sharoitni vujudga keltiradi. A.V.Chigarkin (1977) cho`llanish deb ikkita negativ hodisani – qurg`oqchilikni va inson xo`jalik faoliyati bilan uzviy bog`liq bo`lgan tabiatdan maqsadga muvofiq foydalanmaslikni tushunadi. N.G.Xarin va M.P.Petrov (1976) tabiiy geografik va antropogen jarayonlarning majmuasini e’tiborga olib cho`llanish hodisasiga bir muncha to`liqroq va mazmundor ta’rif beradi. Ularning e’tirof etishicha, cho`llanish deb tabiiy geografik va antropogen jarayonlar 54 majmuasi arid o`lkalardagi ekotizimlarning buzilishiga va organik hayotning barcha shakllarining degredatsiyalanishiga olib kelishini tushunmoq lozim. Bunday hodisalar har bir hududning tabiiy- iqtisodiy potensialini pasayishiga olib keladi. Ko`pchilik holatlarda bunday hodisalar Qizilqum regionida cho`l sharoitini mahalliy omillar bilan intensifikatsiyalashgan joylariga to`g`ri keladi. Cho`llanish jarayonlari 210 mln. gektar maydonni egallab yotgan O`rta Osiyoning arid hududlari uchun ham xarakterli. Turon tabiiy geografik o`lkasida, xususan Qilizqum cho`lida cho`llanish hodisalarining geografik tarqalishi boshqa arid o`lkalarga nisbatan mahalliy (lokal) xarakterga ega (Rafiqov, 1988). O`rta Osiyo sharoitida cho`llanish hodisasiga duch kelgan geotizimlar aksariyat holatlarda asliga qaytish, ya’ni qayta tiklanish xarakteriga ega. Ayniqsa amaliy meliorativ chora-tadbirlarni qo`llash natijasida degredatsiyalashgan geotizimlar qayta tiklanib, biomassalarga boy, unumdor geotizimlarga aylanishi mumkin. Arid landshaftlarning cho`llanishi va uning dinamik rivojlanib borishi faqat tekislik o`lkalari uchun xarakterli bo`lib qolmasdan, balki tog`li o`lkalar uchun ham xarakterli. Arid iqlimli tog` landshaftlarining cho`llanishi birinchi navbatda tog`-o`rmon mintaqalaridagi daraxtzorlarning ayovsiz kesib ketishi bilan va tog` landshaftlaridan keng ko`lamda yaylov sifatida foydalanish jarayoni bilan chambarchas bog`liq. Ma’lumki mahalliy aholi azaldan to hozirga qadar tog` o`rmonlaridan ikki xil maqsadda foydalanib kelishgan: birinchidan tog` o`rmonlaridan qurilish materiallari sifatida foydalanib kelgan bo`lsalar, ikkinchidan o`tin sifatida foydalanib kelganlar. Natijada faqat O`rta Osiyo tog`laridagina emas, balki boshqa arid o`lkalardagi tog`larda ham tog` o`rmonlarri siyraklashib hatto ularning quyi chegarasi ancha yuqoriga chekingan. Buning oqibatida kesilib ketgan o`rmonlar o`rnini kelib chiqishi va shakllanishi antropogen omillar bilan bog`liq bo`lgan tog`-dasht balandlik mintaqalar egallab olgan. Arid iqlimli tog` landshaftlarining cho`llanish jarayoni S.Yu.Kuliyevaning (1991, 1992) ilmiy maqolalarida o`z ifodasini topgan. U asosan Ozarbayjon Respublikasining Naxichevan 55 hududidagi arid tog` landshaftlarida yuz berayotgan cho`llanish jarayonlarini o`rganish maqsadida tadqiqot ishlarini olib borgan. S.Yu.Kuliyevaning ta’kidlashicha, arid tog` landshaftlari doirasida cho`llanish jarayonlarini rivojlanishiga inson xo`jalik faoliyati bilan bir qatorda regional va mahalliy (lokal) omillar ham katta ta’sir ko`rsatadi. Ana shunday cho`llanish jarayonlari Qizilqum cho`lining markaziy qismida keng tarqalgan arid iqlimli past tog`larida ham o`z aksini topgan. Qizilqum regionida sodir bo`layotgan arid landshaftlarining cho`llanish jarayonlarini va ularning dinamik rivojlanishini, buning oqibatida vujudga kelgan geoekologik vaziyatni tadqiq etishda landshaft-tipologik, landshaft-ekologik va landshaft-meliorativ kabi ilmiy yondashuvlarni asos qilib olingan. Bunday ilmiy yondashuvlar cho`llanish jarayonlarida ishtirok etuvchi barcha tabiiy va antropogen omillarni kompleks tahlil etishni va shunga asoslangan holda ilmiy va amaliy xulosalar qilishga, cho`llanishga qarshi kurashish uchun strategik dasturlar sxemasini ishlab chiqishga hamda strategik vazifalarni hal etishga keng imkoniyatlar yaratib beradi. Qizilqum cho`lining hozirgi arid landshaft majmualari tundra zonasining gumid landshaft majmualari singari zaif, nihoyatda mo`rt, barqarorlik darajasi pastroq bo`lgan tabiy geografik hosila hisoblanadi. Ayniqsa Qizilqum hududining aksariyat maydonini egallab yotgan qumli cho`l landshaft majmualari tashqi muhit ta’siri kuchlariga bardosh bera olmay ularni tashkil etuvchi komponentlarning o`zaro aloqadorlik mexanizmi tezda buzilib, cho`llanish jarayonini keng ko`lamda rivoj topishiga imkoniyat yaratadi. Chunki qumli cho`l landshaft majmualarida barqarorlik qanchalik zaif va mo`rt bo`lsa, ularni tashkil etuvchi komponentlarning o`zaro aloqadorlik darajasi ham shunchalik kuchsiz va zaif bo`ladi. Shuning uchun ular o`ziga xos tabiiy sharoiti hamda geografik muhiti bilan yondosh landshaft majmualarida ma’lum darajada ajralib turadi va har qanday tashqi muhit ta’siri natijasida tezlik bilan salbiy tomonga o`zgara boshlaydi (Abdulqosimov, Abbosov, 2001). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling