S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
O`rta Osiyo cho`l landshaftlarining morfometrik va iqlim ko`rsatkichlari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
O`rta Osiyo cho`l landshaftlarining morfometrik va iqlim ko`rsatkichlari
(Bobayev va boshq., 1986) O`lka va cho`llarning nomi Maydoni, ming kv. km Balandligi, m Eng yuqori harorat, 0 C Eng past harorat, 0 C Yillik yog`in miqdori, mm Qizilqum 300 50-300 +45 -32 70-180 Qoraqum 350 100-500 +50 -35 70-100 Ustyurt va Mang`ishloq 200 200-300 +42 -40 80-150 Betpakdala 75 300-350 +43 -38 100-150 Mo`yinqum 40 100-660 +40 -45 170-300 Orolbo`yi Qoraqumi 35 380-400 +42 -42 130-200 45 Shuni e’tirof etish joizki, Yevrosiyo va boshqa materiklarning ichki tekislik qismlarida vujudga kelgan cho`l landshaftlarining aksariyati geografik zonallik qonuniyatining mahsulidir. Tog` sistemalari va tog`oralig`i botiqlaridagi cho`l landshaftlari (Saydam, Issiqko`l, Farg`ona, Surxondaryo botiqlaridagi cho`llar, Tibet tog`ligi va Pomir tog`idagi cho`llar) orografik to`siqlar tufayli vujudga kelgan cho`l landshaftlaridir. Materiklarda landshaft zonalarining dengiz va kontinental spektrlari mavjud bo`lganidek, cho`l landshaftlarining ham o`ziga xos dengiz va kontinental spektrlari mavjud. Materiklarning tekislik qismlaridagi mo`tadil cho`l, subtropik cho`l va tropik cho`l landshaftlari kontinental spektrni tashkil etsa, materik sohillarida sovuq dengiz oqimlari ta’sirida vujudga kelgan cho`l mintaqalari dengiz spektrini tashkil etadi. Sovuq dengiz oqimlari ta’sirida hosil bo`lgan cho`llarga Atakama va Namib cho`llari kiradi. Shuni ta’kidlab o`tish lozimki, olimlar o`rtasida hozirga qadar «cho`l» atamasi bilan «arid» atamasini tushunishda mutanosiblik yo`q. Ma’lumki, cho`l landshaftlarining aridlik (qurg`oqchilik) darajasi hamma yerda bir xil emas. Shuni e’tiborga olib A.G.Boboyev va boshqalar (1986) arid yerlarni aridlik (qurg`oqchilik) darajasiga qarab ekstraarid (o`ta qurg`oqchil, doimiy qurg`oqchilik ehtimoli 75-100%), arid (qurg`oqchil, 50-75%) va chalaarid (chala qurg`oqchil, 20-40%) yerlarga ajratadilar. cho`l atamasining mazmuni esa cho`l landshaftlarining asosiy mohiyatini, ularning zonal va tipologik xususiyatlarini belgilaydi. Masalan, O`rta Osiyoning cho`l landshaft zonasi ichki zonal farqlariga ko`ra shimoliy cho`l, o`rta yoki tipik cho`l va janubiy cho`lga bo`linadi. Cho`l landshaftlari tipologik xususiyatlariga ko`ra qumli cho`l, toshloqli cho`l, lyossli cho`l, gilli cho`l, sho`rxok cho`l kabilarga bo`linadi. Ma’lumki cho`llarning shakllanishi va ularning tiplarini vujudga kelishi bir qator geografik komponentlarga, xususan iqlim va yer yuzasining litologik tarkibiga bog`liq. Cho`llarning xilma-xil bo`lishida, ularning tiplarini tarkib topishida yetakchi rolni iqlim bilan litologik jinslar o`ynaydi. Yuza oqimlar, tuproq-o`simlik qoplami ularga nisbatan ikkinchi darajali o`rin tutadi. Shuning 46 uchun ham cho`l hududlarini tasniflashda hozirga qadar cho`lshunoslar, geograflar, geobotaniklar, yaylovshunoslar o`rtasida puxta ishlab chiqilgan va ilmiy nuqtayi nazardan asoslangan tasnifiy taksonomik birliklar mavjud emas. Cho`llarni tasniflashga bag`ishlangan barcha adabiyotlarda tadqiqotchilar cho`l tiplarini ajratish bilan chegaralangan. A.G. Boboyev va boshqalarning (1986) fikricha «cho`l tipi» tushunchasiga umumgeografik majmua, aniqrog`i ekologik ko`rsatkichlar qo`yilgan. Cho`l tipologiyasi yoki cho`llarni tiplashtirish ana shu yo`l bilan o`simliklarni, iqlimni, tuproqlarni tiplashtirishdan farq qiladi. Shunga qaramasdan cho`llarni tiplashtirishda bir necha xil yondashishlar bor. Bular cho`llarni tasniflashda iqlim ko`rsatkichlarini, tuproq tiplarini, flora tarkibini, litologik va litoedafik sharoitni asosiy mezon qilib olishdir. Lekin har qaysi tadqiqotchi cho`llarni tasniflashda cho`l tabiatini o`ziga xos belgilariga asoslanish nuqtayi nazardan yondashsa maqsadga muvofiq bo`lar edi. O`rta Osiyo cho`llarini ilk bor tipologik tasniflash ishlari L.S.Bergning (1911, 1913) qalamiga mansubdir. U ona jinslarning xarakteriga qarab O`rta Osiyo cho`llarini to`rtta tipga ajratgan: qumli, gilli, sho`rxok va toshloq. M.G. Popov (1923) O`rta Osiyo cho`llarini geobotanik nuqtayi nazardan tipologik tasniflashda L.S. Bergning cho`l tiplarini asos qilib olib, uning hududida quyidagi cho`l tiplarini ajratgan: 1) hammada (qadimgi jinslarda, gipssiz va yosh jinslarda, gipsli) cho`llari; 2) qumli cho`llar; 3) sho`rxok cho`llar; 4) shuvoqli-toshli cho`l (serir); 5) efemerli gilli cho`l. E.P. Korovin va D.N. Kashkarov (1933) «Turkistonning cho`l tiplari» («Типы пустын Туркестана») maqolasida O`rta Osiyo cho`llarini iqlim xususiyatlariga va hayvonot olami hamda o`simliklarining kelib chiqishiga ko`ra ikkita cho`l tipiga ajratadi. Bular: 1. Turkistonning (O`rta Osiyoning) janubiy provinsiyalarini egallab yotgan O`rtadengiz cho`l tipi. 2. Turkistonning shimoliy qismini egallab yotgan Markaziy Osiyo cho`l tipi. Bu asosiy tiplardan tashqari ona jinslarning xarakteriga qarab ham to`rtta cho`l tipiga ajratishgan: qumli, gilli, sho`rxokli va gipsli. Bu yerda mualliflar O`rta Osiyo cho`llarini tipologik tasniflashda iqlim va 47 biogenetik prinsiplardan tashqari edafik prinsipdan ham foydalangan. Masalan, Markaziy Osiyo (shimoliy cho`l) cho`llari doirasida qumli, shuvoq-sho`rxok, shuvoqli va shuvoq-betagali cho`llarni ajratishgan. O`rta Osiyo cho`llari I.V. Kozlov (1959) tomonidan ham ona jinslar xarakteriga asoslangan holda, ya’ni litologik prinsip asosida tipologik tasniflangan. U O`rta Osiyo cho`llarini o`nta tipga bo`lgan: qumli, qumli-toshloq, qumoq-gilli, toshloq tog`oldi prolyuvial, gilli-toshloq, gipsli, tub jinslardagi gilli qadimiy delta va vodiylardagi soz tuproq-gilli, shag`alli-lyossli va sho`rxok cho`llar. M.P. Petrov (1973) o`zining «Yer shari cho`llari» (Пустыни земного шара, 1973) nomli monografiyasida har qaysi morfostruktura doirasidagi cho`llarni yuza yotqiziqlari va tuproq- grunt xususiyatiga ko`ra lito-edafik tiplarga ajratish maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidlab, ularni o`nta tipga bo`ladi: 1) qadimgi alyuvial tekisliklarning yumshoq yotqiziqlaridagi qumli cho`l; 2) gipslashgan uchlamchi va bo`r davri strukturasi platolari va tog`oldi tekisliklaridagi qumloq-shag`alli va shag`alli cho`l; 3) uchlamchi davr platolaridagi gipslashgan mayda toshli cho`l; 4) tog`oldi tekisliklaridagi mayda toshli cho`l; 5) mayda burmali va past tog`lardagi toshloq cho`l; 6) kam karbonatli qoplama soz tuproqlardagi soz tuproqli cho`l; 7) tog` etagi tekisliklardagi lyossli cho`l; 8) tog`oldi tekislik va daryolarning qadimgi deltalaridagi gilli taqir cho`l; 9) turli yoshdagi gil va tuzli mergellardan tarkib topgan past tog`lardagi gilli bedlendlar; 10) dengiz qirg`oqlari va sho`rlangan botiqlardagi sho`rxok cho`l. N.A. Gvozdetskiy (1976, 1987) O`rta Osiyo cho`llarini tipologik tasniflashda asosiy e’tiborni lito-edafik prinsipga qaratib, ularni beshta tipga ajratgan: gil shuvoqli, lyoss-gil efemerli, qumoq psammofitli, toshloq gipsofitli va sho`rxok galofitli cho`l tiplari. A.G. Boboyev va Z.G. Freykin (1977) O`rta Osiyo va Qozog`iston cho`llarini iqlim sharoitiga qarab ekstraarid, arid va chala arid qismlarga, litologik va landshaft xususiyatlariga qarab esa to`rtta issiq cho`l tipiga bo`lgan: qumli, toshloq (hammada), gilli (taqirli) va sho`rxok cho`llar. Bular o`z navbatida litologik- petrografik, geomorfologik va tashkil topgan jinslarning fatsial 48 farqlariga bog`liq holda quyi taksonomik bosqichlarga bo`linishi ta’kidlangan. O`rta Osiyo cho`llarini tasniflash chet ellik geograf- botaniklarning ishlarida ham uchraydi. X. Valter (Walter, 1974) o`z maqolasida avvalo tropik va subtropik cho`llarni lito-edafik prinsip asosida tasniflab, quyidagilarni ajratadi: 1) toshloq cho`l (hammada); mayda toshli cho`l yoki serir (reg); qumli cho`l (erg, ereg); cho`kmalar sho`rlangan gilli tuproqlari bilan (dayi, sebxi) yoki shotti; 2) vaqtincha suv oqadigan quruq vodiylar (vadi); 3) vohalar. Muallif tropik va subtropik cho`llarni tasniflagandan keyin O`rta Osiyo cho`llariga to`xtalib, ularni to`rtta tipga bo`ladi: 1) efemerli, 2) gipsli, 3) galofitli va 4) psammofitli. X. Valter O`rta Osiyo cho`llarini tasniflashda cho`l tiplarining nomidan ko`rinib turibdiki geobotanik prinsipga asoslangan. M.P.Petrov (1973) Yer sharidagi cho`llarni o`rganib va tahlil qilib shunday xulosaga kelganki, qurg`oqchilik eng oxirgi nuqtaga borib taqalgan iqlim sharoitiga ega bo`lgan hududlarni cho`l deb atash mumkin. Cho`llarda yog`in miqdori 250 mm dan kam, mumkin bo`lgan bug`lanish miqdori esa undan 15-20 marta ko`p bo`lganligi sababli sun’iy sug`orishsiz dehqonchilik qilib bo`lmaydi. Binobarin, yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan va bildirilgan fikrlardan shunday umumiy xulosa qilish mumkinki, cho`llar kontinental quruq iqlim sharoitida vujudga kelgan va shakllangan arid landshaftlardan tashkil topgan tabiiy geografik zona bo`lib, unda barcha komponentlarning aridlik xususiyatlari va ularning keskinlik darajalari yaqqol ifodalangan. Bu keskinlik oxirgi nuqtadan o`tgandan keyin landshaftlarning cho`llanishi boshlanib, biokomponentlar kambag`allashadi, unumdorlik pasayadi. Oqibatda O`rta Osiyoning arid landshaftlari asta-sekin ekstraarid (o`ta qurg`oqchil) landshaftlar bilan almashinishi mumkin. Bu bevosita hozirgi iqlimning tabiiy o`zgarishi va antropogen omillar ta’sirida sodir bo`ladi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling