S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
Nazorat savollari:
1. Arid landshaftlarning cho`llanishiga qarshi kurashish va cho`l yaylovlarining ekologik holatini yaxshilash borasida qanday chora-tadbirlar ishlab chiqilgan? 2. O`zbekiston Respublikasida cho`llanishga qarshi kurashish harakatining Milliy dasturida arid hududlarda cho`llanishga qarshi kurashishning qanday chora-tadbirlari belgilangan? 3. Cho`l hududlarida qo`riqxonalar va statsionarlar tashkil etishning maqsad va vaziflarini tushuntiring. 4. Tabiiy va antropogen omillar ta’sirida vujudga kelgan geoekologik vaziyatlarni yaxshilashda qanday ishlarni amalga oshirish lozim? 107 CHO`LLANISHNI RIVOJLANISHIGA QARSHI KURASHISHNING GLOBAL VA REGIONAL STRATEGIYASI Reja: 1.Cho`llanishga qarshi kurashishda xalqaro tashkilotlar hamkorligi. 2.Cho`llanishga qarshi kurashishda olib boriladigan chora-tadbirlar. 3. O`zbekistonda Respublikasining cho`llanishga qarshi kurashish harakatining Milliy dasturi. Tayanch iboralar: Konvensiya, qurg`oqchilik, Milliy dastur, BMT, cho`llanish, qurg`oqchil, chala qurg`oqchil, quruq, cho`llashgan yer, global, regional, sho`rlanish, botqoqlanish, shamol va suv eroziyasi, yaylov, strategiya. Xalqaro ilmiy jamoatchilikning e’tirof etishicha, cho`llanish dunyoning barcha regionlaridagi mamlakatlar uchun juda ham katta iqtisodiy, sotsial va ekologik muammo bo`lib hisoblanadi. Hozirgi davrning eng keskin global muammolaridan biri ekologik tizimga antropogen yukning oshib borishi natijasida deyarli barcha turdagi landshaft majmualarining degradatsiyalashib borishidir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan va qabul qilingan Xalqaro Konvensiyada cho`llanish jarayoniga shunday ta’rif birilgan: «cho`llanish qurg`oqchil, chala qurg`oqchil va quruq gumidyoni rayonlarda turli xil omillarning, iqlim o`zgarishi va inson faoliyati bilan birgalikda ta’siri natijasida yerlarning degredatsiyalanishidir». (O`zbekiston Respublikasida cho`llanishga qarshi kurashish harakatining Milliy dasturi, 1999, 3 bet). Shuning uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Hukumatlararo qo`mitasi tomonidan cho`llanishga qarshi kurashish va qurg`oqchilikni yumshatish bo`yicha 17-iyun 1994-yilda Parijda Konvensiya qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasi ham cho`llanish va qurg`oqchilik oqibatlariga qarshi kurashishning muhimligini e’tiborga olib, 1995-yilda cho`llanishga qarshi kurashish Xalqaro Konvensiyaga qo`shildi. Hozirgi kunda bu Konvensiyaga qo`shilgan mamlakatlarning soni 139 tadan oshdi. 108 O`rta Osiyo cho`l ekotizimlarida har yili tabiatda iqlimning aridlashishi tufayli birinchi galda hosil urug`i etilmasdan to`kilib ketadi. Bu esa o`z navbatida kelgusi yil hosilini kamayishiga olib keladi. Ushbu ekologik holatga bardosh beruvchi ekotizimlarnigina hosil urug`i pishib etilib, kelgusi yil hosili uchun zamin yaratiladi. Cho`llarda yog`ingarchilikning kam bo`lishi va uning bir necha yillar davom etishi esa geokomplekslar biomassalarining ikkilamchi holatini keltirib chiqaradi. Bunday uzoq davom etuvchi davr tez orada ekotizimlarda qayta tiklanmaydigan jarayon boshlanishini ta’kidlab turadi va cho`llanish jarayoni boshlanayotganligini eslatadi. Chunki, bu jarayon iqlimning quruqlashishi yoki yer resurslaridan oqilona foydalanishning turli zararli siyosatiga ham bog`liq bo`lmay qoladi. Cho`llanish – bu atrof muhitdagi ekotizimlarning unumdor yerlar hosilining kamayishi, degredatsiyalanishi, iqlimning quruqlashishi, cho`l hududlarining kengayishi va xakozolar. O`rta Osiyo hududida cho`llanish jarayonini quyidagicha ta’kidlashimiz mumkin: cho`llanish butun insoniyat tarixi davomida kuzatilmoqda; tabiiy omillar bilan birgalikda ekologik o`zgarishlarni yuzaga keltirishda antropogen omillarning o`rni ham muhim bo`lib sanaladi; cho`llanish bu asta-sekin rivojlanuvchi jarayon bo`lib hisoblanadi va albatta shamol eroziyasi, bir xil bo`lmagan relyef shakllariga, ko`chib yuruvchi qumlar harakati, qum tepaliklarining hujumiga bog`liq holatda rivoj topadi. Biz yuqorida zikr etilgan omillarni inobatga olgan holda O`rta Osiyo hududida cho`llanishga duch kelgan geokomplekslarni «cho`llashgan yer» 108 termini bilan nomlab, bunga cho`llanishga uchragan barcha landshaftlarni kiritishimiz mumkin bo`ladi. Bu hududlarga cho`ldan tashqari shamol eroziyasi tufayli qum tepaliklarini ko`chib o`tgan rayonlar, cho`llarga chegaradosh maydonlarni ham kiritish mumkin. Cho`llanish jarayonini o`z navbatida tarixiy ikkita davrga ajratish mumkin: qadimgi va hozirgi. O`rta Osiyo cho`llarining cho`llanishi qadimgi davri so`nggi yuz yillikni o`z ichiga oladi. Turli shahar va qishloqlarning ayrim joylarida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari shuni ko`rsatadiki, ular qadimda cho`l hududlari 109 bo`lib hisoblanmagan. Chunonchi, qadimgi davrning cho`llanish jarayoni sabablari juda murakkab va bir xilda bo`lmasdan uzoq davom etgan. Hozirgi davr cho`llanish jarayoni oxirgi ellik yilni qamrab olib, asosan kishilik jamiyatining yer resurslaridan oqilona foydalanmaslik, mol tuyog`i sonining ortishi, cho`l butasimon o`simliklarining o`tin sifatida kesilishi, tog`-kon sanoatining rivojlanishi, qisqasi tabiiy va antropogen omillar ta’sirida shakllanmoqda. Mamlakat qishloq xo`jaligi yerlarining 15% maydonini egallagan sug`oriladigan yerlar qishloq xo`jalik mahsulotlarining 95% ini beradi. O`zbekiston suv resurslarining 90% sug`orishga sarflanadi. Ikkilamchi sho`rlangan tuproqlar maydoni uzluksiz tarzda kengayib bormoqda. Masalan, 1975-1995-yillarda respublikada sho`rlangan tuproqlar maydoni 60%ni tashkil etgan bo`lsa, 2003-yilda «O`zdavyerloyiha» institutining ma’lumoti bo`yicha sho`rlangan yerlar maydoni 65,9% ga (24463 ming.ga) etdi. Shundan o`rtacha va kuchli sho`rlangan yerlar 35% ni tashkil etadi. Sho`rlangan yerlarda paxtaning hosili 15-20%, o`rtacha sho`rlangan yerlarda 35-40%, kuchli sho`rlangani yerlarda 70-80% gacha kamayib, paxtaning sifatiga ham ta’sir qiladi. Umuman olganda, paxta hosildorligining to`xtovsiz pasayib borishi (32-42 s/ga dan 18-25 s/ga gacha) kuzatilmoqda. Tuproq sifatining yomonlashuvi natijasida 1980-yillardan boshlab paxta, mevalar, sabzavot, g`alla va poliz ekinlarining hosildorligi va yalpi hosildorlik tushaboshladi. Hozirgi davr cho`llanish jarayoni juda qisqa muddat ichida ro`y bermoqda va shuning uchun ham bu geokomplekslar bir xil ko`rinishda bo`lib ko`rinadi. Aslida esa cho`llanish jarayoni yuz berayotganligi ma’lum bo`lmoqda. Bundan tashqari hozirgi davr cho`llanishiga aholi sonining o`sishi ham muhim ta’sir ko`rsatmoqda. Chunki, aholining ko`payishi, uning xo`jalik faoliyatining kengayishiga bu esa ekologik muvozanatning buzilishiga sabab bo`lmoqda. Masalan, O`zbekiston respublikasining 70% dan ko`proq hududi cho`l va chalacho`ldan iboratligini inobatga olsak sug`oriladigan yerlarda sho`rlanish, 110 botqoqlanish, shamol va suv eroziyasi, yaylovlarda grunt suvlari sathining ko`tarilishi, ayniqsa Zarafshon daryosining quyi qismi hududlarida sizot suvlarining sathi yer yuzasidan 1,5 m chuqurlikda yotgan maydonlar 50%, Amudaryoning quyi qismida esa bu ko`rsatkich 70% ni tashkil etadi. Yer osti suvining ko`tarilishi ularning minerallashuvini oshiradi. Shu o`rganilganki, 1970-yillar sizot suvlarining sathi yer yuzasidan 2,5 m pastda yotganda ularning minerallashuvi o`rtacha 1,7 g/l edi. 1989 yilda sizot suvlarining sathi 0,3-2,0 m gacha ko`tarildi, ularning minerallashuvi esa 18 g/l, ayrim hollarda 30 g/l ga etdi. Natijada qishloq xo`jaligida foydalaniladigan yerlarning mahsuldorligi borgan sari pasayib, oziq-ovqat, yem-xashak va sanoat xom-ashyolarini yetarli miqdorda yetishtirib berish sekinlashmoqda va yetishtirilgan mahsulotlarning sifat ko`rsatkichlari ham pasayib bormoqda. Vujudga kelgan ekologik vaziyatning yomonlashishi natijasida cho`llashgan yerlardan aholining shaharga ko`chishi ko`paymoqda. Bunga misol tariqasida Mo`ynoq rayoni aholisining o`tgan asrimizning 70-80-yillarida ikki baravar kamayishi (45 ming kishidan 22 ming kishiga) yaqqol misol bo`ladi. 1960-yillarga kelib yangi yerlarni o`zlashtirishda qishloq xo`jalik aylanmasiga meliorativ sharoiti yomon, mahsuldorligi past bo`lgan yerlar jalb qilindi. Hozirgi vaqtda Qoraqalpog`iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarining amalda 90-95% yerlari turli darajada sho`rlangan. Bu yerlarning meliorativ holatini yaxshilash yana qo`shimcha xarajat talab qiladi. Suv resurslarini cheklanganligiga qaramasdan tuproq sho`rini yuvish katta miqdordagi suvni talab qiladi. O`zbekiston Hukumati Xalqaro Konvensiyada qabul qilingan yuksak majburiyatlarga va qo`yilgan talablarga asoslanib «O`zbekiston Respublikasida cho`llanishga qarshi kurashish harakatining Milliy dasturi»ni (Национальная программа действий по борьбе с опустыниванием в Республике Узбекистан, 1999) ishlab chiqdi. Milliy dasturning asosiy vazifasi O`zbekiston hududidagi geotizimlar doirasida, xususan arid landshaftlarda va agrolandshaftlarda sodir bo`layotgan cho`llanish 111 jarayonlarini oldini olish, ularning vujudga keltirgan oqibatlarini yumshatish, bu borada ishlab chiqilgan bosh yo`nalishlarni va rejalar strukturasini boshqarishni ta’minlashdan iborat. Tabiatda sodir bo`layotgan cho`llanish jarayoni barcha turdagi geotizimlarda, jumladan tabiiy va antropogen landshaft majmualarida yaqqol namoyon bo`lmoqda. O`rmonlarning ayovsiz kesilishi, cho`l yaylovlarining degredatsiyalanishi, tuproq eroziyasi, sug`oriladigan tuproqlarning qayta sho`rlanishi va botqoqlanishi, o`simlik qoplamining siyraklashishiga, biomassalar miqdorining kamayishiga, hosildor yerlarning kambag`allashishiga olib keladi. Bularning hammasi cho`llanish tufayli yuz berayotgan jarayondir. Ana shulardan kelib chiqqan holda cho`llanish deb tabiatning barcha turdagi geotizimlarida hamda ularning komponentlarida tabiiy va antropogen omillar ta’sirida sodir bo`layotgan salbiy o`zgarishlarni tushunish maqsadga muvofiqdir. Cho`llanish jarayonlari sayyoramizning katta qismida, xususan Osiyo, Yevropa, Afrika, Avstraliya, Shimoliy va Janubiy Amerikaning ko`p mamlakatlarida keng tarqalgan. So`nggi yillarda bu mudhish jarayon 110 dan ortiq mamlakatga o`zining salbiy ta’sirini ko`rsatib, ularning ijtimoiy ahvoliga tahlika solib kelmoqda. Demak, cho`llarning shakllanishi ularning turli tiplarini vujudga kelishi bir qancha geografik komponentlarga, asosan, iqlim va yer yuzasining litologik tarkibiga bog`liq bo`lar ekan. Tadqiqotchi olimlar yuqorida qayd etganimizdek, iqlim sharoitiga ko`ra, O`rta Osiyoda tarqalgan cho`llarni ekstraarid, arid va chala arid qismlarga, litologik xususiyatlariga ko`ra qumli, toshloq (hammada), gilli (taqirli) va sho`rxok cho`llarga ajratganlar. Bu cho`llar kontinental iqlim sharoitda vujudga kelib, ular arid landshaftlardan iborat bo`lgan geografik zonani tashkil qiladi. Unda asosan aridlik xususiyatlari keskin darajada ifodalanadi hamda shu aridlik darajasi oxirgi nuqtadan o`tgandan keyin landshaftlarning cho`llanishi vujudga kelgan holda ularda biokomponentlar degredatsiyasi boshlanib cho`llanish vujudga keladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling