S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
Milliy darajadagi cho`llanish muammolari. Qozog`istondagi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Cho`llanishga qarshi kurashish bo`yicha Qirg`iziston Respublikasidagi milliy tadbirlar
Milliy darajadagi cho`llanish muammolari. Qozog`istondagi
milliy dastur tadbirlari. O`rta Osiyo davlatlari ichida birinchilardan bo`li Qozog`iston 1997-yilda BMTning tabiatni muhofaza qilish masalalarini radifikatsiya qildi. O`sha yilning o`zidayoq, Qozog`iston Respublikasi hukumat a’zolari cho`llanishga qarshi kurashish bo`yicha Milliy harakat rejasi dasturini qabul qildi. 2005- yil yanvar oyida Qozog`iston Respublikasi hukumati 2005-2015- yillarga mo`ljallangan cho`llanishga qarshi kurashish dasturini qabul qildi. 2008-yilga kelib, hukumatning bir qator dasturlarini optimallashtirishi tufayli tabiatni muhofaza qilishga doir 2010-2014- yillarga mo`ljallangan “Jasl domu” (Yashil uy) dasturini amalga oshirishga kirishildi. Qozog`iston Respublikasining “yashil iqtisodiyotga” o`tish konsepsiyaga cho`llanish muammosini jiddiyligini tasdiqladi va “yashil” qishloq xo`jaligini prinsiplariga rioya qilishni taklif qiladi. Masalan, a) yer tanazullini oldini olish va buzilgan yerlarni qayta tiklash; b) mol tuyog`i sonini ortishini oldini olish; v) suv resurslaridan oqilona foydalanish; g) tabiiy resurslardan samarali foydalanish; d) chiqindilarni minimallashtirish va ularni qayta ishlash; e) atmosferaga chiqarilayotgan korbanat angdrit gazini tutib qolish va hokazolar. Shuningdek, BMTning “Milliy harakat dasturi rejasini yangilashni qo`llab-quvvatlash va Qozog`istonda cho`llanishga qarshi kurashish bo`yicha BMT xalqaro konvensiyasi doirasida “2025-yilgacha Qozog`iston Respublikasida cho`llanishga qarshi kurashish strategik chora- tadbirlar” nomli loyiha amalga oshirilmoqda. Cho`llanishga qarshi kurashish bo`yicha Qirg`iziston Respublikasidagi milliy tadbirlar. Qirg`iziston ham xuddi Qozog`iston singari 1997 yildan buyon BMTning tabiatini muhofaza qilish dasturi a’zosi. Hukumat 2000-yilda cho`llanishga 14 qarshi kurash bo`yicha milliy harakat dasturini va 2006-2016- yillarga mo`ljallangan yer resurslarini barqaror rivojlantirishning milliy asoslari dasturini qabul qildi. Ushbu dastur yer resurslaridan samarali foydalanish tizimini rivojlantirish, qishloq xo`jaligida foydalanadigan yerlarning unumdorligini oshirish va aholi punktlarida qashshoqlikni kamaytirishga qaratilgan. Yer resurslarni barqaror rivojlantirish va qishloq xo`jaligidagi eng yaxshi tajribalarni qo`llash bo`yicha 2000-2007-yillarda ko`plab tajriba loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga qaramay, yerlar degradatsiyasi, qishloq xo`jaligi hosildorligining pasayishini va qishloq joylardagi aholining yashash darajasi o`zgarmaganligini kuzatish mumkin bo`ladi. Shuning uchun Qirg`iziston yuqorida zikr etilgan muammolarni bartaraf etish uchun milliy dasturni amalga oshirishni kuchaytirishi lozim bo`ladi. Shu munosabat bilan 2017-yil iyul oyida BMTning “Milliy boshqaruv tizimini va ekologik axborot monitoringi tizimini takomillashtirishni ta’minlash uchun hududiy imkoniyatlarni kuchaytirish” loyihasi yordamida Qirg`izistonda BMTning cho`llanishga qarshi kurashish bo`yicha idoralararo ekspertlar guruhining navbatdagi beshinchi yig`ilishi bo`lib o`tdi. Xalqaro ekspertlar guruhining ishtirokchilari yer resurslari degradatsiyasini muvozanatlashtirish maqsadlarini belgilashga doir masalalarni muhokama qildilar. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling