S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
5 CHO`LLANISH – GLOBAL EKOLOGIK MUAMMO Reja: 1. Cho`llanish jarayoni: paydo bo`lishi va rivlojlanishi. 2. Cho`llanishning hududiy darajalari: mahalliy, mintaqaviy, global. 3. O`rta Osiyoda cho`llanishga qarshi kurashish milliy tadbirlari. Tayanch iboralar: cho`llanish, ekologik muammo, arid zona, degradatsiya, bioxilma-xillik, inson salomatligi, suv resurslari, suv tanqisligi, eroziya, qarshi kurashish. Yer sharida bugungi kunda ekologik muammolarning turli holatdagi ko`rinishlari mavjuddir. Ekologik muammo – bu birinchi navbatda tabiiy muhitning ma’lum bir darajada o`zgarishi sanaladi. Ekologik masalalarning eng yaqqol misoli sifatida biz quyida cho`llanish muammolarni tahlil qilishga jazm qildik. Yer yuzida cho`llar tarqalishiga ko`ra notekis taqsimlangan. Cho`llarni tabiatda biz tekislik va tog`li hududlarda, quruq va sovuq o`lkalarda uchrashiga guvohmiz. Masalan, Avstraliya materigining umumiy maydoniga nisbatan 83% arid (quruq) o`lka hisoblanadi. Afrikaning 59% i, Osiyo qit’asining 38% i maydoni arid hududni egallaydi. Demak, Yer sharida arid o`lkalar tarqalishi turlicha ekan, undan tashqari, dunyodagi deyarli barcha cho`llar atrofi tog`lar bilan o`ralgan yoki tog`lar bilan chegaradosh hisoblanadi. Qoraqum cho`li (umumiy maydoni 350 ming km.kv) Pomir-Oloy va Tyanshan tog`lari tizmalari bilan, Markaziy Osiyodagi Alashan va Ordos (170 ming km.kv, 95 ming km.kv), Nyanshan tog`i bilan, Janubiy Amerikadagi cho`llar And tog`lari bilan, Shimoliy Amerikadagi cho`llar Kordilera tog`lari bilan, Afrikadagi Sahroi Kabir cho`li esa, Atlas tog`lari bilan chegaralanadi. Cho`l hududlarini tadqiqot qilgan dunyo olimlari ularni iqlim xususiyatlari va o`simlik qoplami tarqalish qonuniyatlariga qarab quyidagicha tavsiflaydi: o`simlik dunyosi tarqalishini inobatga olib G.Shanti (1958) Yer sharining 32% i yoki 46749 ming km.kv. maydonini egallashini ta’kidlasa, Amerikalik X.Dragne (1968) 6 tuproq qoplami xususiyatiga ko`ra yer sharining 31,5% i yoki 46149 mln km.kv maydoni arid o`lkalar deb hisoblaydi. M.Kassas (1976) esa, iqlim ko`rsatkichlarini inobatga olib, yer sharini 36,3% ini cho`l maydonlari deb ta’kidlaydilar (1-rasm). Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling