S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
Mintaqaviy darajadagi cho`llanish muammolari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
Mintaqaviy darajadagi cho`llanish muammolari. O`rta Osiyo
hududi cho`llanish muammolari bilan ajralib turadigan o`ta qurg`oqchil va arid oblastlar uchun klassik namunadir. Shu sababli Kaspiy dengizidan Pomir tog`larigacha bo`lgan oraliqdagi hududda to`rt million kvadrat kilometrdan ortiq maydonga ega O`rta Osiyo mintaqasida cho`llanish xavfi kuchlidir. Hozirgi vaqtda O`rta Osiyo hududining 2/3 qismidan ko`prog`ini quruq yerlar egallaydi. Misol uchun, Jahon bankining ma’lumotiga ko`ra, Qozog`istonning 66% hududi cho`llanishga duchor bo`lmoqda. O`rta Osiyoda cho`llanish asosan iqlim o`zgarishi va antropogen yukning ortishi hisobiga kuchaymoqda. O`rta Osiyo iqlimning o`zgarishi uchun eng zaif mintaqalardan biridir. Iqlimshunoslar bashoratiga ko`ra, haroratning sezilarli darajaga ko`tarilishi (2-4 gradusgacha), yog`ingarchilikning notekis taqsimlanishi, abadiy muzliklar erishining jadallashuvi (bugungi kunda mintaqadagi 46 ta muzlikda ularning erishi tezlashgani aniqlangan) va h.k.lar – bularning barchasi uzoq muddatlarga borib cho`llanish jarayonini kuchayishiga olib keladi. Sobiq ittifoq davrida yerlardan oqilona foydalanmaslik, shu jumladan qo`riq yerlarni kuchli o`zlashtirish, intensiv sug`orishni jalb qilish, chorvachilikda mol tuyog`i sonini me’yordan ortiq bo`lishi, tog` o`rmonlarining chekinishi, paxta yakka hokimligi, cho`llarda cho`l ixotazorlarini ayovsiz kesilishi, tog`-kon sanoatining rivojlanishi, Orolning ekologik inqirozi kabi ko`p ming 9 sonli ekologik oqibatlarni keltirib chiqardi. So`ngra iqtisodiy o`sish o`z navbatida antropogen bosimning kuchayishiga va natijada unumdor yerlarning tanazzuliga olib keldi. Hisob-kitoblarga ko`ra, bugungi kunda O`rta Osiyoda ekin maydonlarining 4-10% i, yaylovlarning 27-68% i va o`rmonlarning 1-8% sezilarli darajada degredatsiya uchragan. Degredatsiya serqirra bo`lib, uning sabablari turli davlatlarda turlichadir. Ular asosan tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik, xususan, qishloq xo`jaligida agrotexnika qoidalariga rioya qilmaslik, o`rmonlar kesilishi va ular degredatsiyasi hamda tabiiy ofatlar bilan bog`liq. Butun dunyoda bo`lgani kabi, O`rta Osiyo davlatlarida ham cho`llanish nafaqat ekologik, balki iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni kuchayishiga sababchidir. O`rta Osiyo iqtisodichilari hisobotiga ko`ra, O`rta Osiyo iqtisodiyoti hanuzgacha qishloq xo`jaligiga asoslangan bo`lib, u yalpi ichki mahsulot hajmining 10- 38 foizini tashkil qiladi va 18-65 foiz bandlikni ta’minlaydi, bu esa iqtisodiyotni qishloq xo`jaligi qisqartirish evaziga qurg`oqchilikka moyil qiladi. Natijada oziq-ovqat xafvsizligi, savdo-sotiq, bozorga kirish hamda fermer xo`jaliklari daromadi qisqarishi va ishsizlikni kuchaytiradi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling