S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

 



CHO`LLANISH – GLOBAL EKOLOGIK MUAMMO 
Reja: 
1. 
Cho`llanish jarayoni: paydo bo`lishi va rivlojlanishi. 
2. 
Cho`llanishning hududiy darajalari: mahalliy, mintaqaviy, 
global. 
3. 
O`rta Osiyoda cho`llanishga qarshi kurashish milliy 
tadbirlari. 
 
Tayanch iboralar: cho`llanish, ekologik muammo, arid zona, 
degradatsiya, bioxilma-xillik, inson salomatligi, suv resurslari, suv 
tanqisligi, eroziya, qarshi kurashish. 
Yer sharida bugungi kunda ekologik muammolarning turli 
holatdagi ko`rinishlari mavjuddir. Ekologik muammo – bu birinchi 
navbatda tabiiy muhitning ma’lum bir darajada o`zgarishi sanaladi. 
Ekologik masalalarning eng yaqqol misoli sifatida biz quyida 
cho`llanish muammolarni tahlil qilishga jazm qildik. Yer yuzida 
cho`llar tarqalishiga ko`ra notekis taqsimlangan. Cho`llarni tabiatda 
biz tekislik va tog`li hududlarda, quruq va sovuq o`lkalarda 
uchrashiga guvohmiz. Masalan, Avstraliya materigining umumiy 
maydoniga nisbatan 83% arid (quruq) o`lka hisoblanadi. Afrikaning 
59% i, Osiyo qit’asining 38% i maydoni arid hududni egallaydi. 
Demak, Yer sharida arid o`lkalar tarqalishi turlicha ekan, undan 
tashqari, dunyodagi deyarli barcha cho`llar atrofi tog`lar bilan 
o`ralgan yoki tog`lar bilan chegaradosh hisoblanadi. Qoraqum cho`li 
(umumiy maydoni 350 ming km.kv) Pomir-Oloy va Tyanshan 
tog`lari tizmalari bilan, Markaziy Osiyodagi Alashan va Ordos (170 
ming km.kv, 95 ming km.kv), Nyanshan tog`i bilan, Janubiy 
Amerikadagi cho`llar And tog`lari bilan, Shimoliy Amerikadagi 
cho`llar Kordilera tog`lari bilan, Afrikadagi Sahroi Kabir cho`li esa, 
Atlas tog`lari bilan chegaralanadi. 
Cho`l hududlarini tadqiqot qilgan dunyo olimlari ularni iqlim 
xususiyatlari va o`simlik qoplami tarqalish qonuniyatlariga qarab 
quyidagicha tavsiflaydi: o`simlik dunyosi tarqalishini inobatga olib 
G.Shanti (1958) Yer sharining 32% i yoki 46749 ming km.kv. 
maydonini egallashini ta’kidlasa, Amerikalik X.Dragne (1968) 



tuproq qoplami xususiyatiga ko`ra yer sharining 31,5% i yoki 46149 
mln km.kv maydoni arid o`lkalar deb hisoblaydi. M.Kassas (1976) 
esa, iqlim ko`rsatkichlarini inobatga olib, yer sharini 36,3% ini cho`l 
maydonlari deb ta’kidlaydilar (1-rasm). 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling