S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
-rasm. Dunyoda arid mintaqalarning tarqalishi
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Cho`llar Chalacho`llar Tundra Muzliklar
1-rasm. Dunyoda arid mintaqalarning tarqalishi
karta-sxemasi Arid o`lkalarda bugungi kundagi eng yirik ekologik muammo bu cho`l hududlarining kengayishi yoki umumiy holatdagi cho`llanish muammosidir. Cho`llanish – bugungi global sharoitda tinch-ohista, ko`zga ko`rinmas darajadagi inqiroz jarayoni bo`lib, u tabiiy muvozanatning salbiy tomonga o`zgarishidir. Dunyo ekspertlari va BMT maxsus bayonotiga ko`ra, bugungi kunda yer sharining o`rtacha 30% i quruq, arid iqlimli o`lkalarni tashkil qilib cho`llanishga duchor bo`lgan, u yerda hozirda 100 dan ortiq davlatlarning 2 milliarddan ko`p aholisi istiqomat qilmoqda. cho`llanishni bu qadar tez rivojlanishi oqibatda 2025 yilga borib, dunyo aholisining har beshinchi kishisi cho`llashgan hududda yashashiga to`g`ri kelishi haqida BMT bong urmoqda. Bundan tashqari yer sharining 2 milliard gektar hosildor yerlari degredatsiyaga uchragan bo`lsa, har yili yana 12 mln gektar yer qo`shimcha ravishda yaroqsiz holga kelmoqda. Cho`llar Chalacho`llar Tundra Muzliklar 7 Cho`llanish iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik muammolarni keltirib chiqarish bilan birgalikda u o`z navbatida, oziq-ovqat mahsulotlarining yetishmasligi, biologik xilma-xillikni yo`qotish, inson salomatligiga salbiy ta’sir, suv tanqisligi, hatto ocharchilik, qashshoqlik, iqlim o`zgarishi va hakazolar oqibatida aholini majburiy ko`chib ketish muammolarini yanada kuchaytiradi. Butun dunyo sog`liqni saqlash tashkilotlari ma’lumotlariga ko`ra, turli xil kasalliklarining kelib chiqish sabablari negizida asosan cho`llanish asosiy o`rin egallamoqda. Chunki, arid iqlimli o`lkalarda endi rivojlanayotgan davlatlarning 90% aholisi istiqomad qilib, ular aholisi asosan qashshoq holda yashaydilar. Buning asosiy manbasi, barqaror yer resurslarining yetishmasligi va iqlim o`zgarishi hisoblanadi. Cho`llanishning yuqori darajadagi ta’siri tufayli oziq- ovqat va suv muammosi, ichimlik suv (toza suvning yetishmasligi), to`yib ovqatlanmaslik, shamol eroziyasi oqibatida, atmosfera changi tufayli kelib chiqadigan nafas yo`llari kasalliklarini kelib chiqish xavfi kuchayadi. Cho`llanish bioxilma-xillik, uning turlarini o`zgarishi va yo`qolishiga, ekotizimlar funksiyasini inqirozi, yangi turlarning kirib kelishi, shuningdek biomassa ishlab chiqarishdagi o`zgarishlar natijasida salbiy ta’sir ko`rsatmoqda. Cho`llanish tufayli suv resurslari uning miqdor va sifatiga salbiy ta’sir ko`rsatib, qurg`oqchil yillar sonini orttirmoqda. Hosildor yerlarni yo`qotish esa, kishilik jamiyatining hayotini xatarli qarorlar qabul qilishga undaydi. Bashoratlarga ko`ra, 2050 yillarga kelib, cho`llanish natijasida majburiy migrantlar soni 135 million kishiga yetadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining cho`llanishga qarshi kurash to`g`risidagi konvensiyasi (UNCCD) o`zining global miqyosdagi platformasini ma’lum qilgan. 1994-yil 17-iyundagi qabul qilingan ushbu huquqiy majburiyat yer resurslari va atrof-muhit muhofazasi masalasini to`lig`icha qamrab olgan. Unda quruq, yarim quruq, o`ta quruq hududlar, arid mintaqalarning o`zaro bog`liqlikdagi ekotizimlar ekanligi qayd etilgan. Ushbu platforma dasturiga binoan, uning asosiy maqsadi “Global miqyosda cho`llanish va degredatsiyani oldini olish hamda qurg`oqchilikni ta’sirini 8 kamaytirish, ekologik barqarorlikni qo`llab-quvvatlash uchun qashshoqlikni oldini olish va uni yumshatish” ekanligi belgilab qo`yilgan. Bundan tashqari ushbu tashkilot vazifalariga milliy va mintaqaviy masalalar strategiyalarini, ilmiy-texnik bilimlar, keng jamoatchilikni xabardor qilish, resurslarni jalb qilish kabi masalalarni qo`llab-quvvatlash yuklatilgan. BMTning ijro organi hisoblanmish turli institutlari o`zaro turli anjumanlar, konferensiyalarni amalga oshirish qo`mitasi, fan va texnologiyalar qo`mitasi, moliya masalalari qo`mitasi va ularning kotibiyatlari barcha ekologik muammolarni to`liq nazorat ostiga oladilar. Hosildor yerlar degredatsiyasi, shuningdek ijroiya qo`mitaning faoliyati masalalari Ordos konferensiyasining 13-sessiyasida to`lasincha muhokama qilindi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling