S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

 
Nazorat savollari: 
1. Cho`llar tarqalishining asosiy qismi qanday geografik 
kengliklarda to`g`ri keladi? 
2. Tropik va subtropik mintaqalarda cho`llanishni sabablarini 
tushuntiring. 
3. Dengiz oqimlarining cho`llarning vujudga kelishida ta’sirini 
izohlang. 
4. Materik ichkarisiga kirib borgan sari cho`llanishni ortib 
borishini sabablari nimada? 
 
 


28 
CHO`LLANISH JARAYONINING O`RGANILISH 
TARIXI 
Reja: 
1.Cho`llanish muammosini sabablarini o`rganilish tarixi. 
2.Cho`llanish muammosini xalqaro tashkilotlar tomonidan 
o`rganilishi. 
3.Cho`llanish muammosini xalq xo`jaligi tarmoqlariga ta’sirini 
o`rganilish tarixi. 
 
Tayanch iboralar: YUNEP, cho`llanish muammosi, eroziya, 
deflyatsiya, yaylov, chorvachilik, aridizatsiya, antropogen, qum 
tepalari, texnogen, omillar va sabablar. 
Cho`llanish muammosiga bag`ishlangan deyarli barcha ishlar 
cho`llanish omillari va sabablarini o`rganish, ularni asoslash va 
aniqlash bilan bog`liq. Bir necha yillar oldin cho`llanish omillari, 
sabablari va jarayonlari amalda deyarli darajalarga ajratilmagan edi. 
Shuning uchun cho`llanishni namoyon bo`lishi haqida aniq 
ma’lumotlarni to`plash bosqichi davom etmoqda edi. 1973-yilda 
YUNEP 
boshqaruvchilari 
Kengashida 
qayd 
etilganidek, 
cho`llanishning paydo bo`lishining uchta asosiy sabablari: tuproq 
eroziyasi, sho`rlanish va ifloslanish natijasidir deb qayd qilindi
Bularning barchasi to`g`ridan-to`g`ri antropogen ta’sirga, ya’ni 
yerdan foydalanishga bog`liq sanaladi.
BMT 
qoshidagi 
FAO-YUNESKO-VMO 
(World 
Desertification map, 1977) tashkilotlari tomonidan tayyorlangan 
cho`llanish xaritasiga ilova xatida ko`rsatilishicha, cho`llanishning 
asosiy belgilari quyidagilarda namoyon bo`ladi: 1) tuproqda 
belgilangan me’yordan ortiq chorva mollarini tuyog`i soni ortishi, 
kuchli shamol eroziyasi va shamol jarayonlarning rivojlanishiga olib 
kelish; 2) deflyatsiya yoki tuproq yuzasining yuvilishi natijasida 
ochilib qolgan qoyatoshlar va qoyali yuzalar; 3) tuproqning ochilib 
qolishida va yuvilgan jarlik eroziyasida, qaysikim, tuproq 
yuzasining yuviladigan hosilaning qayta to`ldirilishi natijasida 
tuproq yuzasining to`planib qolishiga olib keladigan; 4) sho`rlanish 
va botqoqlanish jarayoni; 5) me’yordan ortiq chorva mollarini 


29 
boqish, tuproqqa noto`g`ri ishlov berish, texnik vositalardan 
foydalanish, buta va butasimon o`simliklardan yoqilg`i sifatida 
foydalanishda namoyon bo`ladigan kishilik jamiyati ta’sirida 
kuchaymoqda.
Ekotizimlarga xos bo`lgan cho`llanishga doir sezuvchanlik 
uning mavjud bo`lgan iqlimiy, hududiy, tuproq va o`simlik 
sharoitlari bilan belgilanishi ta’kidlab o`tilgan edi. Bu biron bir 
hududga xos sezuvchanlik inson ta’siridan ajralmas hisoblanadi. 
Keltirilgan ro`yxatlardan ko`rinib turibdiki, ular sof tavsiflovchi 
xarakterga ega, tizimlashtirilmagan va to`liq emas. Biroq bu jahon 
hamjamiyati e’tiborini cho`llanish fenomenini o`rganishga jalb 
etishga qaratilgan birinchi urinishlar edi. BMTda mavjud ilmiy 
ma’lumotlarning to`planishi va ilmiy amaliy ishlarni qayta ko`rib 
chiqilishiga ko`ra B.G.Rozanov (1977) cho`llanish belgilarini biroz 
kengroq talqin qilish imkonini berdi. U, cho`llanish jarayonlarining 
xilma-xilligiga qaramasdan, turli hududlarning cho`llanishiga olib 
keladigan eng keng tarqalgan umumiy omillarni aniqlash mumkin 
deb yozgan edi. Ularga B.G.Rozanov quyidagilarni kiritdi:
➢ me’yordan ortiq chorva mollarini boqish natijasida yuzaga 
keladigan o`simlik qoplamining buzilishi va u bilan bog`liq 
bo`lgan tuproq eroziyasi;
➢ tuproq qoplamining tabiiy xususiyatlarini hisobga olmagan 
holda la’lmikor dehqonchilik uchun jadal su’ratlarda va noratsional 
ishlatish natijasida paydo bo`lgan qurg`oqchil yerlarning eroziyasi 
va deflyasiyasining kuchayishi;
➢ dehqonchilik va chorvachilik munosabatlari va ularning 
korrelyasiyasini yo`qligi; 
➢ yoqilg`i tayyorlash uchun o`simlik qoplamining yo`q 
qilinishi;
➢ yo`l va sanoat qurilishi, geologik qidiruv ishlari, foydali 
qazilmalarni qazib olish, aholi punktlari va irrigatsiya inshootlarini 
qurish natijasida o`simlik va tuproq qatlamining buzilishi;
➢ zaif cho`l tuproq qoplamining avtotransport vositalari 
harakati orqali buzilishi;


30 
➢ o`simlik qoplamining yo`q qilinishini, noto`g`ri joylashgan 
va noratsional tashkil qilingan sug`orish quduqlarining atrofida 
tuproqning chorva mollari tomonidan buzilishi;
➢ sug`oriladigan maydonlar va uning atrofidagi yerlarning 
ikkilamchi sho`rlanishi, ishqorlanishi, botqoqlanishi va suv bosishi;
➢ drenajsiz havzalarda sho`rlangan cho`llar ko`payishi.
Yuqorida qayd etilganlarni cho`llanish omillari deb atab, 
B.G.Rozanov barcha bu omillar turli holatlarda yoki alohida-alohida 
shakllanishi mumkinligini 
ta’kidladi. 
Cho`llanish 
hodisalari 
tushunchalarini 
kengaytirib, 
B.G.Rozanov 
o`sha 
paytda 
cho`llanishning omillari, sabablari va jarayonlari o`rtasidagi farqqa 
ahamiyat bermadi. U aniqlagan omillar ichida zamonaviy 
tushunishdagi 
cho`llanishning 
sababigina 
emas, 
balki 
cho`llanishning sabab-ta’sir munosabatlarining alohida zanjirlari 
ham uchrab turishini inobatga olmadi.
Ehtimol, bu masala bo`yicha fikrlar birinchi marta Dragne 
(1976) tomonidan aytilgan. Dragnening ta’kidlashicha, cho`llanish – 
bu inson va qurg`oqchilikning birgalikdagi ta’sirining natijasidir. U 
cho`llanishni o`simliklar unumdorligining pasayishi, biomassa, 
makro-mikro fauna va floraning kamayishi, tuproq qoplamining 
yo`q qilinishining jadallashuviga va o`sib borayotgan aholi 
bandligining pasayishiga olib keladigan jarayon sifatida qaraydi. Bu 
tavsifda cho`llanishning tabiiy va iqlimiy sabablarini farqlash 
zarurligiga ishorani sezish qiyin emas. Shu nuqtayi nazardan, 70-80- 
yillarning oxirlarida paydo bo`lgan va hozirgi kunga qadar davom 
etib kelayotgan qurg`oqchilik va uning cho`llanish hodisalaridagi 
roli bo`yicha munozaralar katta e’tiborga loyiq. Munozaralarga 
Katta Saxel qurg`oqchiligi yillarida turtki berildi. O`sha paytgacha 
qurg`oqchilik iqlimiy tabiatning keng tarqalgan tabiiy hodisasi deb 
hisoblangan. 
Biroq 
BMTning 
o`rganish 
davridan 
boshlab 
qurg`oqchiliklarni yer degradatsiyasi va cho`llanishdan kelib 
chiqqan uzoq davom etadigan zarar bilan bog`lay boshladilar.
Qurg`oqchilik hodisalari va uning cho`llanish bilan bog`liq 
sohasidagi eng faol tadqiqotlar Glzi (1977, 1987, 1986, 1992), 
Drakup (1980), Kovda (1977, 1984), Charni (1977), Budiko (1974), 
Lamb (1983), Katterson (1987) tomonlaridan olib borilgan. Iqlimiy 


31 
cho`llanishga cho`llanish jarayonida qurg`oqchilikning roliga oid 
g`oyalarning rivojlanishi, shuningdek ayrim subyektiv omillar bir 
qator mualliflarga tabiiy iqlim sabablarini cho`llanish jarayonida 
yetakchi sifatida ko`rib chiqish uchun asos bo`ldi. Dragne (1987) 
masala tarixini shunday tasvirlaydi. 1975-yilda YUNEPning ijrochi 
direktori doktor Tolba cho`llanishni, uning sababi qurg`oqchilik 
deb hisoblagan holda, nazorat qilishning ilmiy asoslarini ishlab 
chiqishda bizni ishtirok etishga taklif qildi. Har biri tor 
mutaxassisligi meteorolog bo`lgan Valter O. Roberts, Rid Brayson 
va German Flon – intensiv ravishda ob-havo va iqlimga 
bog`liqligini isbotladilar.
Keyingi ikki yil ichida davom etgan munozaradan keyin 
qurg`oqchilikni cho`llanishning asosiy omili sifatida tushunish 
borasida sezilarli burilish paydo bo`ldi. Aksincha, antropogen 
ta’sirga ko`proq ahamiyat bera boshlashdi. BMTning o`rganish 
davriga kelib qurg`oqchilik va inson cho`llanish sababi sifatida bir-
biriga teng edi. Bugungi kunda antropogen ta’sir keng muhokama 
qiliniyapti, qurg`oqchilik esa yaylovlarning degradatsiyasi va 
shamol eroziyasi ortishining yo`ldosh omili sifatida ko`rib 
chiqilmoqda. Shunga qaramay, ko`plab ekologlar qurg`oqchiliksiz 
cho`llanish mumkin emas degan fikr tarafdordir. Biz bu yerda bir 
iqtibosni keltirishga jur’at etdik, chunki uncha ko`p bo`lmagan 
xorijiy mualliflardan biri Dragne, Mabbuta (1981) bilan bir qatorda, 
o`tgan asrning 80-yillarning boshi va o`rtalarida cho`llanishning 
tabiiy sabablari masalalari bo`yicha fikr bildirgan. Bu davrda sobiq 
ittifoqda сho`llanish bo`yicha bir qator yetakchi mutaxassislar 
(Zonn, 1982; Orlovskiy,1981; Zonn, Orlovskiy, 1984; Xarin, 1983) 
cho`llanish sabablarini tabiiy va antropogen turlarga bo`lib ko`rib 
chiqqanlar.
Xususan, I.S.Zonn (1982) Kovdadan (1977, 1981) keyin 
ta’kidlashicha, 
qurg`oqchilikning 
eng 
muhim 
omillari 
quyidagilardir: iqlimning quruqligi; deflyatsiya jarayonlarining 
ustunligi; kichik yuzadagi jo`yaklar; turli sharoitlarda tuproqning 
yuza va chuqur bo`lmagan sho`rlanishi, gidromorf tuproqning 
karbonatligi va gipslanganligi, tuzli qobiqning paydo bo`lishi; 
biologik mahsuldorligi past bo`lgan siyrak o`simliklar. Shu bilan 


32 
birga shu yerning o`zida u cho`llanishni chaqiradigan omillar ichida, 
so`zsiz, iqlimiy faktorlar deb ta’kidlab o`tadi.
Arid (qurg`oqchil) hududlarining o`ziga xos iqlim sharoitlari, 
quyosh nurining ko`pligi, atmosfera yog`ingarchiligining kamligi, 
namlikning katta defitsiti, va nihoyat qurg`oqchilik cho`llanishiga 
qulay shart-sharoitlar yaratib beradi. Zonn va Orlovskiy iqlimiy 
omilning ahamiyatini batafsil ko`rib chiqqanlar, lekin tabiiy va 
antropogen sabablarini alohida tahlil qilish qiyin ekanligini va ular 
noto`g`ri xulosalarga olib kelishini ko`rsatgan holda cho`llanishning 
tabiiy sabablariga qarashlardan farqli ravishda, cho`llanishning 
antropogen omillari va sabablariga qarashlar bo`yicha jahon 
hamjamiyatida u yoki bu darajada yaqin fikrlar shakllandi. 
Cho`llanishning antropogen omillarini aniqlash bo`yicha bir xil 
tavsiyanomalar berilmagan bo`lsa ham, umuman olganda ko`pchilik 
olimlar cho`llanishning asosiy antropogen omillari qatoriga 
quyidagilar kiradi degan fikrda to`xtaganlar: 
- yaylovlardan o`ta ko`p yoki kam foydalanishga va uning 
degradatsiyasiga olib keladigan yaylov yerlaridan noratsional 
foydalanish; 
- cho`llarning buta-daraxt o`simliklarini yoqilg`i sifatida 
ishlatish; 
- texnogen ta’sir (yo`llar, kommunikatsiyalar, qurilish, 
burg`ulash ishlari va shu kabilar; 
- suvdan noratsional foydalanish va irrigatsiya qurilishlari; 
- tashkillashtirilmagan turizm va rekreatsion faoliyat. 
Cho`llanish bo`yicha bir qator u yoki bu darajadagi antropogen 
ta’sirlarning oqibatlari ko`rib chiqilgan. Bunda yaylovlardan 
foydalanishga, suvdan foydalanishga va irrigatsiyaga, ayniqsa, katta 
e’tibor berilgan. Sobiq ittifoq va chet el olimlari ishlari o`rtasidagi 
ba’zi terminologik farqlarni aytib o`tish kerak. Agar sobiq ittifoqda
sabab va omillar tenglashtirilgan bo`lsa, xorijiy ishlarda 
cho`llanishning sabablari va omillari har xil tushunchalarni 
bildirgan. Sabablar termini birinchi navbatda yuqorida aytib o`tilgan 
tabiiy tizimlarga antropogen ta’sirlarni belgilash uchun ishlatilgan 
bo`lsa, omil termini esa cho`llanish jarayonining rivojlanishiga olib 
keladigan u yoki bu hududning tabiiy sharoitlariga nisbatan 


33 
qo`llanilgan. Rus tilida bu terminga ma’lum bir darajada 
cho`llanishning shart sharoitlari va tabiiy sharoitlari tushunchalari 
mos keladi. Bunda xorijiy adabiyotlarda cho`llanishning sistematik 
sabablariga cho`llanish jarayonlarining sistematik ro`yxatlarini 
ishlab chiqishga qaraganda sezilarli darajada kamroq e’tibor 
berilgan.
Yuqorida aytib o`tilganidek, cho`llanishning sabab va 
jarayonlarini ajratib ko`rsatish mashhur cho`lshunos olim Dragne 
(1976) ishlarida uchraydi. Keyinchalik cho`llanish jarayonlarini 
insonning arid va qurg`oqchil hududlarida noqulay faoliyatining 
oqibatlari sifatida ko`rib chiqish Dj.Mabbuta (1985); Kassasa 
(1985); Xarin (1983), Darko (1989); Provisional Methodology 
(1984) va boshqalar ishlarida rivoj topdi. Dj.Mabbutaning 
(1984,1985) ilmiy ishlarida cho`llanish jarayonlarining zamonaviy 
xususiyatlari va rivojlanishini baholashda quyidagi jarayonlariga 
asosiy e’tibor berilgan: 
- qum tepalari va qumli uyumlarining hosil bo`lishi; 
- yaylov yerlari holatining yomonlashishi; 
- lalmikor, haydaladigan yerlar holatining yomonlashishi; 
- sug`oriladigan yerlarning botqoqlashishi va sho`rlanishi; 
- daraxt-o`simlik qoplamlarining kamayishi va buzilishi; 
- yer osti va yer usti suvlari zaxiralaridan foydalana olish 
imkoniyatlarining pasayishi va sifatining yomonlashuvi. 
Xarin 
(1983) 
cho`llanishni 
tavsiflaydigan jarayonlarga 
quyidagilarni kiritgan: tuproq qatlamining degradatsiyasi, shamol va 
suv degradatsiyasi, tuproqning sho`rlanishi va botqoqlashishi, 
atrofning ifloslanishi, zoogen va texnogen cho`llashishni. FAO 
(Xalqaro oziq-ovqat tashkiloti)ning vaqtinchalik qo`llanmasida 
cho`llanish tabiiy va angtropogen jarayonlari orasida quyidagilar 
keltirilgan: o`simlik qatlamining degradatsiyasi; suv eroziyasi; 
shamol eroziyasi; sho`rlanish; tuproqning qobiq hosil qilishi va 
qattiqlashishi; 
tuproqdagi 
organik 
moddalar 
mavjudligining 
kamayishi; o`simliklar va hayvonlar uchun zaharli bo`lgan 
moddalarning akkumulyatsiyasi. Dj.Mabbuta FAO ga yaqin bo`lgan 
qarashlarni Janubiy Afrikada Darko (1989) quyidagi cho`llanish 
jarayonlarini aytib o`tgan: yaylovlar degradatsiyasi; dehqonchilik 


34 
hududlarida tuproq hosildorligi degradatsiyasi; suv eroziyasi; 
shamol eroziyasi; qum massivlarining kengayishi; qum tepalarning 
hosil bo`lishi va bostirib kelishi; daryo va suv havzalarida 
yog`ingarchilikning to`planib qolishi; botqoqlanish yoki sho`rlanish; 
o`rmonlarning yo`q qilinishi.
BMTning ijrochi direktori M.K.Tolba (1990) (B.G.Rozanov, 
1990 ) cho`llanish quyidagi jarayonlar bilan xarakterlanadi deb 
ko`rsatib o`tgan: kuchayib boradigan suv va shamol eroziyasi uchun 
tuproq yuzasining biologik mahsuldorligini pasaytirishga va tuproq 
yuzasining ochilib qolishiga olib keladigan, tuproq strukturasining 
va gidrologik xususiyatlarining degradatsiyasiga olib keladigan 
yangi qobiq paydo bo`lishi, zichlashishi orqali hosildorlikning 
kamayishiga olib keladigan sho`rlanish, sho`rxoklanishning tez-tez 
rivojlanishiga imkon beradigan o`simlik va hayvonlar uchun zararli 
bo`lgan boshqa moddalarning akkumulyatsiyasiga olib keladigan 
o`simlik qoplamining kamayishi hamda siyraklashishi.
Yuqoridagi jarayonlar umuman olganda inson hayotini 
ta’minlovchi tizimlarning degradatsiyasi bilan bog`liq, shu jumladan 
sug`oriladigan va la’lmikor dehqonchilikdagi muhim o`zgarishlarni 
va mol tuyog`i sonining kamayishini o`z ichiga oladi. Bu esa suv 
resurslari va o`rmon o`simliklarini o`z ichiga oladigan tabiiy 
resurslarni qayta ekpluatatsiya qilinishiga, inqiroziga sabab bo`ladi. 
Bundan tashqari aholi yashash joylarining qarovsiz qolishiga, inson 
salomatligi va ovqatlanish standartlarining pasayishiga, shuningdek 
ijtimoiy ta’minot standartlarining pasayishiga va ijtimoiy-iqtisodiy 
inqirozga, o`sib borayotgan migratsiyani hisobga olgan holda, 
ijtimoiy-siyosiy nizoga olib keladi.
Cho`llanish jarayonlarining sistematikasi va sabablari sohasida 
turli mamlakatlarda turli olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy 
izlanishlar kompleksiga M.K.Tolba (1992)ning YUNEP boshqaruv 
kengashining 
3-sessiyasiga 
taqdim 
etgan 
ma’ruzasida 
ta’kidlashicha, har xil shakldagi ekologik degradatsiyasining va 
unga mos ijtimoiy-iqtisodiy inqirozning sabablari quyidagilardan 
iborat:
a) yer resurslari tuzilmasining tabiiy hajmidan ortiqcha 
antropogen 
ekspluatatsiya 
qilish, 
shuningdek 
odamlar 


35 
migratsiyasining natijasida yerlarni qarovsiz qoldirish va tashlab 
qo`yish;
b) tabiat resurslari tuzilmasining tabiiy zaifligi; 
v) noqulay iqlimiy sharoitlarning, ayniqsa takrorlanib 
turadigan kuchli qurg`oqchilik. 
Yer resurslarini ekspluatatsiya qilish, o`rmonlarni kesish, 
mineral resurslarni ishlab chiqarish, me’yordan ortiq turizm va 
yovvoyi hayvonlarni ovlash kabi qo`shimcha omillar bilan 
birgalikda sug`orma dehqonchilik, la’lmikor dehqonchilik va yaylov 
chorvachiligi sifatida foydalanish kabi holatlarning natijasidir.
Tabiiy resurslardan foydalanishda me’yordan ortiq antropogen 
yuk ortishi a) aholi sonining ko`payishi; b) qishloq joylarning ishlab 
chiqarishini milliy va xalqaro bozorlarga yo`naltirilishida bosim 
o`tkazadigan ijtimoiy va siyosiy jarayonlar; v) qishloq xo`jalik 
mahsulotlarining 
bozor 
narxini 
pasaytiradigan 
va 
qishloq 
aholisining asosiy ehtiyojlarining narxini ko`taradigan ijtimoiy-
iqtisodiy jarayonlar; g) milliy rivojlanish jarayonlari, ayniqsa 
foydali mahsulotlar ishlab chiqarish uchun yer maydonlarini 
kengaytirish, yer va suvdan foydalanish bilan bog`liq ziddiyatlarga 
va dehqonchilik xo`jalik maydonlarining kamayishiga olib 
keladigan turli holatlar. 
Cho`llanish jarayonlari yoki ularning oxirgi natijalari ma’lum 
bo`lsa ham, ularning muayyan belgilari quyidagilardan iborat: 
➢ sug`orma va lalmikor dehqonchilikda hosildorlikning 
pasayishi yoki tushib ketishi; 
➢ yaylovlarda tabiiy o`simliklar va ular biomassalarning 
kamayib ketishi, shuningdek qoramol uchun zarur bo`lgan oziq-
ovqatning yo`qolib ketishi;
➢ mavjud bo`lgan o`rmon biomassasining kamayishi va 
keyin yog`och yoqilg`isi yoki qurilish materialgacha bo`lgan 
oraliqning ortishi; 
➢ daryolar yoki yer osti suvlari oqimlarining o`zgarishi 
natijasida mavjud suvning kamayishi; 
➢ serunum yerlarni, turar joylarni yoki transport va aloqa 
tizimlarini yopishi mumkin bo`lgan qumlarning bostirib kuchib 
kelishi; 


36 
➢ ko`payib borayotgan suv toshqinlari natijasida suv 
havzalarida cho`kindilarning hosil bo`lishi, suv va havoning 
ifloslanishi; 
➢ tashqi yordamni talab qiladigan yoki odamlarni boshqa 
joylarda ish izlashga majbur qiladigan hayotni ta’minlash 
tizimlarning 
degradatsiyasiga 
uchrashi 
natijasida 
ijtimoiy 
aloqalarning buzilishi (ekologik qochqinlar fenomeni).
Boshqacha qilib aytganda, cho`llanishning sabablari va 
jarayonlarini o`rganish tarixi hozirgi zamon cho`llanishning 
sabablari va oqibatlarini tushunishda muhim bosqich sifatida 
tavsiflashga imkon beradi degan xulosaga kelish mumkin. Biz bu 
bosqichni bilimlarni to`plash va cho`llanish omillari, sabablari va 
oqibatlari kompleksiga tizimli qarashlar ishlab chiqish bosqichi 
o`rtasidagi chegara sifatida tavsiflagan bo`lar edik. Ehtimol, ushbu 
bosqichning boshlanishini ko`rsatadigan birinchi jiddiy ish 
I.S.Zonning(1990) ilmiy qarashlari edi.
Bizning fikrimizcha I.S.Zonn fikrining ahamiyati shundaki, u 
cho`llanish bo`yicha ko`pgina ishlarda cho`llanishning genetik 
tabiati va ushbu hodisaning tipologiyasini tushunish uchun 
prinsipial ahamiyatga ega bo`lgan bir qator qoidalar erkin 
izohlanganligiga e’tibor qaratdi.
I.S.Zonn ko`pgina tadqiqotchilar omillar va sabablarni 
tenglashtirishga yo`l qo`yganliklarni haqli ravishda ta’kidlay turib, 
cho`llanishning ko`p omilligiga va cho`llanishning omillari va 
sabablarni ajratish zarurligiga e’tibor qaratdi. 
Ko`pgina tadqiqotchilar ishlarining aniq nazariy va metodik 
ahamiyatiga, imperik ahamiyatiga qaramay, ularda cho`llanish 
jarayoni mexanizmini tushunishda mantiqiy aniqlikning yo`qligi 
ularning umumiy xususiyati hisoblanadi. I.S.Zonn omil-jarayon va 
jarayon-natija tushunchalarini kiritib, cho`llanish jarayonining 
prinsipial sxemasini keltiradi. Tabiiy muhitga ta’sir eta turib, 
antropogen omil - jarayon undan chiqayotganda tabiiy antropogen 
jarayon natijaga aylanadi, tabiiy materialning modifikatsiyalanishida 
ifodalanadigan faoliyat natijasini o`z ichiga oladi. Bu kabi 
yondashuv I.S.Zonnga, xususan, sug`oriladigan dehqonchilik kabi 
omil - jarayon misolida sug`oriladigan dehqonchilikning barcha 


37 
turlari cho`llanish jarayoniga olib kelmasligini ko`rsatishga imkon 
berdi. Shunday qilib, I.S.Zonn fikriga ko`ra, sug`oriladigan 
dehqonchilik omil jarayoniga faqat jarayon-oqibatlari faoliyat 
obyekti, ya’ni qurg`oqchil va yarim qurg`oqchil hududlarining kritik 
holatlari orqali o`tishga yordam beradigan jarayon omillariga mos 
keladi. Masalan, toshirib sug`orish bu qiymatlarni jo`yaklarni 
sug`orishdan ko`ra ko`proq oladi va tomchilatib sug`orish 
cho`llanishni keltirib chiqarmaydi.
Bir-biriga yaqin tipdagi tipologik tarmoqlarni ko`rishga 
asoslanib, I.S.Zonn cho`llanish tipologiyasi uning shakllanishida 
ishtirok etuvchi yetakchi omil-jarayonlar to`plamini hisobga olish 
va birlashtirish asosida tuzilgan hamda inson faoliyati turiga (yerdan 
foydalanish xarakteri) shuningdek, jarayon-natijalarni hisobga 
olishga (resurslardan foydalanish oqibatlari) bog`liq degan xulosaga 
keladi. Boshqacha qilib aytganda, I.S.Zonn fikriga ko`ra, cho`llanish 
turi antropogen omillar-jarayonlar va antropogen jarayonlar-
oqibatlarning o`zaro bog`liq tizimidir deb hisoblaydi. 
Qisqacha xulosa qilib aytganda, XX asr 80-yillar oxiri va 90-
yillar boshiga kelib, cho`llanishni o`rganish sohasida uning 
sabablari va cho`llanish jarayonlarini tabaqalashtirilgan ko`rib 
chiqish bo`yicha aniq fikrlar shakllanganligini ta’kidlaymiz. Tabiiy 
holatlar orasida iqlim sharoitlari yetakchi omillardan biriga ega. 
O`tgan asrning 90-yillar boshlarida dunyo fanining yo`nalishi ushbu 
hodisaning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jihatlarini tahlil qila 
boshladi. Biroq shunga qaramay, muammoning tabiatshunoslik 
tomonlarini o`rganish sohasida, cho`llanish hodisasining sabab
oqibatlari va mexanizmlarini, shuningdek tabiiy va tabiiy-
antropogen 
tizimlarning 
cho`llanishga 
qarshilik 
ko`rsatish 
mexanizmlarini o`rganishga e’tiborni kuchaytirish tendensiyasi 
kuzatildi. Bu borada har qanday mahalliy yoki individual sabablar 
ta’sirida yuzaga kelgan sabab-oqibat munosabatlarining alohida 
tizimlari bo`yicha katta tajriba to`plangan. Ayniqsa, yaylov 
chorvachiligi va sug`oriladigan dehqonchilik bilan bog`liq bo`lgan 
tizimlar yaxshi o`rganilgan. Shunga qaramay, YUNEP va BMT 
ishlanmalaridan kelib chiqqan holda (Status …, 1922; Report…, 
1990; Agenda – 21, 1993) cho`llanishning antropogen va tabiiy 


38 
sabablarini, ular keltirib chiqaradigan jarayonlarni va ularni o`zaro 
bog`liqligini o`rganish, cho`llanishni kuzatish va unga qarshi 
kurashishning dolzarb vazifalari hali o`z yechimini kutib turibdi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling