S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

 
Nazorat savollari: 
1. Cho`llanishni baholashning qanday metodologik prinsiplari 
bilasiz? 
2. Tabiat bir butunligi deganda nimani tushunasiz? 
3. Cho`llanishda “yer” - tushunchasini tushuntirib bering. 
4. Cho`llanishni baholashning ekologik-genetik yondashuvini 
tushuntiring. 
 
 


43 
CHO`L LANDSHAFTLARINI TASNIFLASH MASALALARI 
Reja: 
1. 
Cho`l hududlarini tasniflashga doir g`oyalar. 
2. 
Cho`llarni tasniflashning taksonomik birliklari. 
3. 
O`rta Osiyo cho`llarini tipologik tasniflash 
 
Tayanch iboralar: cho`l tiplari, taksonomik birlik, tipologik 
birlik, cho`l tipi, tasniflash, gipsli, qumli, sho`rxok, shuvoqli-toshli, 
efemerli, gilli cho`l. 
Arid iqlim sharoitida vujudga kelgan cho`l landshaftlari 
materiklarning ichki qismlarida, okean va dengiz sohillarida, yirik 
tog` oralig`i botiqlarida, orografik to`siqlarida, baland tog` va 
platolarda keng tarqalgan. Cho`l landshaftlarining asosiy qismi 
subtropik, tropik va mo`tadil mintaqalarga to`g`ri keladi. cho`l 
landshaftlari muayyan zonal, regional va paradinamik xususiyatlari 
bilan ajralib turuvchi, o`zining alohida shakllangan ekologik sharoiti 
bilan yashovchi qonuniyatlariga, rivojlanish va degradatsiyalanish 
jarayonlarida o`ziga xos xususiyatlariga, dinamik o`zgarish 
shakllariga ega bo`lgan tabiiy geografik hosiladir. 
Cho`l landshaftlarining vujudga kelishi, shakllanishi va 
rivojlanishida, ularning makon va zamonda geografik tarqalishida 
bir necha omillar yetakchi o`rin tutadi. Bular geografik qobiqning 
zonalligi, issiqlik va namlikning notekis taqsimlanishi, orografik 
to`siqlar, subtropik kengliklarda yil davomida atmosfera bosimining 
hukmronligi, sovuq dengiz oqimlarining materik sohillariga ta’siri 
va boshqalardir. 
Tropik va subtropik kengliklarda passat shamollari tufayli yoz 
oylarida havoning nisbiy namligi o`rtacha 30% gacha pasayib,
harorat 32-35
0
C gacha, maksimal harorati esa 50
0
C gacha 
ko`tariladi. Ana shunday tabiiy geografik sharoitda vujudga kelgan 
cho`llarga Afrikaning Sahroyi Kabir, Katta G`arbiy Erg, Katta 
Sharqiy Erg, Liviya cho`llarini ko`rsatish mumkin. Subtropik 
kengliklarda tog`oralig`i botiqlari ham qurg`oqchil arid iqlim 
xarakteriga ega bo`lib, yillik yog`in miqdori 150-200 mm dan 
oshmaydi. Bunday joylarga Kalaxari cho`l landshaftlari, Arabiston 
yarim orolidagi Suriya, Katta Nefud va Rub-el-Xali cho`llari, 


44 
Avstraliyaning Katta Viktoriya, Katta Qum, Simpson, Gipson va 
Styort cho`llari misol bo`ladi. 
Mo`tadil mintaqalarda cho`l landshaftlarining vujudga kelishi, 
shakllanishi va barqaror rivojlanishi uchun materiklarning ichki 
qismlarida hukmronlik qiluvchi arid iqlimli tabiiy geografik 
muhitning ta’siri katta. Ana shunday ichki, berk havzali kontinental 
rayonlarga Yevrosiyoning O`rta Osiyo va Markaziy Osiyo tabiiy 
geografik o`lkalari kiradi. Bu o`lkalarning geografik o`rni, 
okeanlardan uzoqda joylashganligi, mussonlardan tog` tizmalari 
bilan to`silganligi, yoz oylarida termik depressiyaning vujudga 
kelishi, atmosfera yog`inlarining kam bo`lishiga va arid iqlim 
sharoitining shakllanishiga sabab bo`ladi. Oqibatda yog`in miqdori 
100-200 mm dan oshmaydi.
Havoning maksimal harorati 42-45
0
C gacha ko`tariladi. 
Mumkin bo`lgan bug`lanish miqdori yog`in miqdoriga nisbatan 15-
20 marta ko`pdir. Ana shunday kontinental iqlim sharoitida O`rta 
Osiyoning g`arbiy va shimoli-g`arbiy tekislik qismlarida Qizilqum, 
Qoraqum, Mo`yinqum, Katta va Kichik Bo`rsiq qumlari, Orolbo`yi 
Qoraqumi, Ustyurt va Betpakdala cho`l landshaftlari, tog`li 
rayonlardagi Farg`ona, Samarqand, Surxondaryo va Issiqko`l 
botiqlarining barer (to`siq) soyasidagi arid cho`l landshaftlari, 
Pomirdagi baland tog` toshloq cho`l landshaftlari tarkib topgan. 
Ularning umumiy maydoni 1 mln. kv.km dan oshadi. Mazkur cho`l 
landshaftlarining morfometrik va iqlim ko`rsatkichlari 3- jadvalda 
berilgan. 
3-jadval 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling