S. B. Abbasov cho`llanish muammolari


Download 1.85 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/71
Sana11.02.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1189057
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71
Bog'liq
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI

Nazorat savolari: 
1. 
Nechanchi yillarda cho`llanish sabablari va cho`llanish 
jarayonlarini tabaqalashtirilganligini ko`rib chiqish bo`yicha 
aniq fikrlar shakllangan? 
2. 
Cho`llanish 
jarayonini 
o`rganuvchi 
qanday 
xalqaro 
tashkilotlarni bilasiz? 
3. 
Respublikamizda cho`llanishga qarshi kurashish va uni 
o`rganish bo`yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda? 
 
 
 


39 
CHO`LLANISHNI EKOLOGIK-GENETIK BAHOLASHDA 
ASOSIY METODOLOGIK YONDASHUVLAR 
Reja: 
1.Cho`llanishni baholashning asosiy metodologik prinsiplari. 
2.Cho`llanishni baholashda ekologik-genetik yondashuv. 
3.Cho`llanish jarayonini o`rganishda kartografik metod. 
 
Tayanch iboralar: cho`llanish, metodlar, omillar, sabablar, 
yondashuv, kartalashtirish, ekologik, genetik, qiyosiy tavsif, 
sho`rlanish. 
Cho`llanish ta’rifini ishlab chiqish tarixini va cho`llanish 
omillari, sabablari va jarayonlarini ajratish bilan bog`liq masalalarni 
ko`rib chiqib, cho`llanishni baholash va kartalashtirish maqsadida 
tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan asosiy metodologik 
prinsiplarini bayon qilishga yaqinlashdik. Orol dengizi atrofi 
cho`llanishini baholash va o`rta masshtabli kartalashtirish 
maqsadida ishlab chiqilgan ushbu tamoyillar 1990-yilda YUNEP 
tomonidan qabul qilingan cho`llanishning yangi ta’rifiga hamda 
uning 1991- va 1992-yillarda yangi aniqlashtirilgan muqobil 
variantlariga to`liq asoslangan bo`lib, shuningdek bugungi kunda 
esa O`zbekiston respublikasining qurg`oqchil va arid hududlarining 
o`rta 
hamda 
kichik 
masshtabli 
kartalashtirish 
maqsadida
o`zlashtirilmoqda.
BMTning cho`llanishga qarshi kurashish Konvensiyasida bayon 
etilgan cho`llanish ta’rifiga qaytsak. Uning asosiy mazmuni 
cho`llanishning o`zgaruvchan (yomonlashadigan) obyekti yer 
tushunchasidir. Bizning nazarimizda, aniq va ravshan fazoviy va 
ma’noli chegaralariga ega aynan shu tushunchaning kiritilishi
mazkur ta’rifda mavjud bo`lgan metodologik yondashuvlarni 
cho`llanishning o`rta va yirik masshtabli kartalashtirish maqsadida 
oson qo`llash mumkin. Fikrimizcha, oldingi ta’riflarda mavjud 
bo`lgan metodologik yondashuvlarni aynan shu maqsadlar uchun 
qo`llash qiyinligi shundan iboratki, bu ta’riflar global yoki yirik 
regional baholash maqsadida ishlab chiqilgan. Ularda asosiy 
tushunchalar cho`llanish jarayoni, ekotizimlar, biologik unumdorlik 


40 
bo`lgan, ya’ni, aniq fazoviy chegaralarga ega bo`lmagan 
tushunchalardir.
Cho`llanishning u yoki bu jarayonining tarqalishini yoki tuproq, 
o`simlik, relyef va boshqalarga geterogen bo`lgan hududga bir tipli 
atropogen ta’sirni ko`rsatish muhim bo`lganda, global baholash va 
kichik masshtabli kartalashtirish uchun bunday yondashuv ancha 
qiymatliroq. Chunki, amalda yirik masshtabli kartalarni yaratishni 
talab qilmaydi va tabiat tizimlarining masshtabli o`zgarishlarini yoki 
ularga masshtabli ta’sirlarni ko`rsatish imkoni beruvchi qandaydir 
umumlashgan ko`p yillik (konseptual) qarashlarni qo`llash 
imkonini beradi. Lekin masshtab qancha katta bo`lsa, shunchalik 
keskin ravishda oldingi holatga geomofologik, gidrologik, tuproq va 
o`simlik xususiyatlarini xilma-xilligi bilan bog`liq bo`lgan tabiiy 
landshaft 
chegaralari 
ko`rinadi. 
Xilma-xillikning 
har 
biri 
cho`llanishning u yoki bu sabablariga o`ziga xos ravishda seziladi, 
bu esa cho`llanish jarayonlarini ham, ularning oqibatlarini ham 
muhokama qilishni soddalashtirish zarurligini asoslaydi. 
Cho`llanishni baholash va kartalashtirish maqsadida asosiy 
nuqta 
sifatida 
cho`llanishning 
o`zgaruvchan 
obyekti 
yer 
tushunchasini ishlatishimizdan tashqari, biz cho`llanish hodisasini 
tushunish tamoyillari rivojlanishining xalqaro tendensiyalari tahlili 
asosida yangi ta’rifdan bu hodisaning mohiyatini ochish va 
chuqurroq tushunish imkonini beruvchi ikkita metodologik 
yondashuvni ajratdik.
Mabbuta (1981), Dragne (1987) g`oyalariga asoslangan holda 
va Tolba (1992) ma’ruzasida qisqacha bayon etilgan birinchi 
yondashuv cho`llanish va aridlik tushunchalarini ajratishdan iborat. 
Hudud aridligi yoki uning qurg`oqchiligining kengayishi, turli 
jarayonlar (eroziya, sho`rlanish, o`simliklar turi va xilma-xilligi 
kamayishi va h.k.) o`z-o`zidan cho`llanishga olib kelmaydi.
Qachonki, u yoki bu turli-tuman antropogen ta’sirlar turli 
degradatsion jarayonlarni qo`zg`atib yoki kuchaytirib makro-, 
mezo- va mikro- iqlimning mavjud yoki kuchayayotgan 
qurg`oqchiligi tuproq, yer osti va usti suvlari, relyef, o`simlikka faol 
yo`naltirilgan ta’sir etish imkonini berganda cho`llanish boshlanadi. 
Shu munosabat bilan iqlim aridligi yoki uning qurg`oqchilligi 


41 
cho`llanish omili sifatida ko`riladi. Turli-tuman antropogen ta’sirlar 
cho`llanish omillari sifatida, cho`llanishni vujudga keltiradigan 
tabiiy jarayonlar bilan birgalikda cho`llanish sabablari sifatida 
ko`riladi. Cho`llanish natijasida o`zgaradigan ekotizimning barcha 
komponentlari (tuproq, yer osti va usti suvlari, relyef, biota) bunda 
cho`llanish shartlari sifatida namoyon bo`ladi, bir tomondan 
cho`llanish obyekti, ikkinchi tomondan esa cho`llanish omillari 
hamda sabablari ekotizimlarga ta’sir ko`rsatkichi sifatida namoyon 
bo`ladi. 
Bizning tassavurimizga ko`ra, bunday ko`rinishda biz tomondan 
taklif etilayotgan cho`llanish omillari, sabablari, shartlari va 
natijalarini o`zaro bog`lanish sxemasi ilgari mavjud bo`lgan 
yondashuvlarga amalda zid emas, aksincha, o`z ichiga oldingi 
yillarda ishlanganlarning barcha ma’qul tomonlarini oladi. 
Haqiqatdan, cho`llanish obyektlarining har biri o`z xususiyatlari 
to`plamiga ega, o`z qonunlari bo`yicha ishlaydi, bu yerlarning u 
yoki bu tashqi ta’sirlarga turlicha javob berishiga sabab bo`ladi.
Tabiiy tizimlar (yoki yerlar) va komponentlarining har biri 
tashqi faktorlar ta’sirida o`zgarishi ma’lum qoidalar (qonunlar) 
asosida sodir bo`ladi, qoidalar bu o`zgarishlarni birga olib keladigan 
jarayonlar orqali tasvirlanishi mumkin. Ushbu jarayonlar tabiiy 
tizimlarning ayrim komponentlarining harakati va evolyutsiyasini 
(o`zgarishini) o`rganadigan alohida fanlarda (tuproqshunoslik, 
geobotanika, geomorfologiya, iqlimshunoslik, gidrologiya va 
gidrogeologiya) yaxshi ma’lum bo`lganligi uchun va ularni 
o`rganish tajribasi ko`rsatganidek, nafaqat antropogen buzilgan, 
balki dastavval tabiiy tizimlarda o`rinli bo`lganligi uchun, ikkinchi 
blokni tashkil etuvchi cho`llanishning barcha jarayonlari tabiiy 
xarakterga ega. Boshqacha qilib aytganda, masalani bunday 
ko`rinishda qo`yish bilan aytmoqchimizki, cho`llanishda tabiiy 
tizimlarda sodir bo`ladigan jarayonlar faqat cho`llanishga taalluqli 
favqulodda hodisa emas.
O`xshash jarayonlar (tuproq sho`rlanishi, o`simlik rang-
barangligining kamayishi, yer osti suvlar darajasining pasayishi, 
gumusning yo`qotilishi va h.k.) boshqa holatlar cho`llanishga 
moyilligi shart bo`lmagan sharoitlarda ham o`rinlidir. Bu 


42 
jarayonlarni 
cho`llanish 
jarayonlariga 
(nazarimizda 
maqbul 
bo`ladigan atama cho`llanishning xususiy jarayonlariga) taqash 
faqat quyidagi vaziyatlarda, ya’ni cho`llanish hodisasi aynan shu 
jarayonlar orqali amalga oshishi mumkin. Bu holatdan tashqari 
ularni cho`llanish jarayonlari deb bo`lmaydi. 

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling