S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
Fitogen omillar. Arid landshaftli o`lkalarda cho`llanish
jarayonlarini keng miqyosda rivojlanib, ekotizimlarning buzilib borishi bevosita fitogen omillar bilan ham chambarchas bog`liq. Cho`llanish jarayonlari arid landshaftlarga xos bo`lgan o`simlik qoplamining siyrakligi tufayli yuz beradi va u orqali makonda namoyon bo`ladi. Qizilqum cho`lida landshaft majmualari rang- barang bo`lganligi kabi landshaft hosil qiluvchi o`simliklarning qalinligi ham xilma-xildir. Masalan, mustahkamlangan qator tepali va do`ng qumli landshaft majmualarining o`simliklar bilan qoplanganlik darajasi 50-70% ni, o`rtacha mustahkamlangan qumli landshaftlarniki 30-50% ni, kam mustahkamlangan qumli landshaftlarniki 20-30% ni, barxanlar va ko`chma qumli landshaftlarniki 1-5% ni tashkil etadi. Qizilqum hududida keng tarqalgan toshloq cho`l, sho`rxok cho`l va taqir cho`l landshaft majmualarining o`simliklar bilan qoplanganlik darajasi 10-15% dan oshmaydi. Shuni ta’kidlash maqsadga muvofiqki, arid geotizimlarda landshaft hosil qiluvchi o`simliklar qancha qalin bo`lsa, yovvoyi va uy hayvonlarining o`simlik qoplamiga ko`rsatgan ta’siri shuncha kam bo`ladi va aksincha, landshaft hosil qiluvchi o`simliklar qancha 64 siyrak bo`lsa, hayvonlarning ko`rsatgan ta’siri shuncha kuchli bo`ladi. Demak, birinchi holatda arid landshaftlarning fitogen degradatsiyalanishi va cho`llanishi kuchliroq bo`ladi. Bunday holat o`simliklarini tuproq yuzasida to`planishiga va ularni chirindiga aylanib tuproqlarning unumdorligi oshirishga yo`l qo`ymaydi. Arid landshaftlarda o`simlik qoplamining siyrakligi, tuproqlarning ustki qatlamida chimli qatlamning nihoyatda kam rivojlanganligi barcha tuproq tiplarida yuz beradigan suv va shamol eroziyasiga deyarli qarshilik ko`rsata olmaydi. Binobarin, arid landshaftlarning tabiiy cho`llanishida va bu jarayonning dinamik rivojlanishida fitogen omillarning roli nihoyatda katta. Bunday tipdagi cho`llanish jarayonlarni oldini olish va ularga qarshi kurashish uchun Qizilqum cho`lida fitomeliorativ chora-tadbirlarni keng ko`lamda amalga oshirish zarur. Bu yerda cho`llanishga qarshi fitomeliorativ ishlarni amalga oshirishda regionning landshaft majmualarini xilma-xilligini, har qaysi geotizimning va ekotizimning xarakterli xususiyatlarini e’tiborga olishni va ularga tabaqalashgan tartibda yondashishni taqozo etadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling