S. B. Abbasov cho`llanish muammolari
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
e49f045d6a9412dcde4e2cd20c72e7f3 CHO`LLANISH MUAMMOLARI
Sotsial
omillar. Arid landshaft majmualari doirasida cho`llanish jarayonining faollashib borishida sotsial omillar ham muhim rol o`ynaydi. Ayniqsa cho`l sharoitida mahalliy aholining markazlashtirilgan yoqilg`i bilan ta’minlanmaganligi ularni tevarak- atrofdagi cho`l hududlardan o`tin tayyorlashga va kundalik turmushda foydalanishga majbur etadi. Cho`l sharoitida o`tin asosan daraxtlardan, butalardan va yarim butalardan tayyorlanadi. Shuning uchun ham aholi yashaydigan punktlarning va vohalarning atroflaridagi katta-katta maydonlarda oq va qora saksovullar, 74 qandim, cherkez, qum akatsiyalari kabi daraxtsimon va buta o`simliklar kesilib ketgan, shuvoqlar o`rilib juda siyraklashib qolgan. Cho`l sharoitida mo`rt tuproq qoplamini va mustahkamlangan qum massivlarining barqaror rivojlanishini himoya qiluvchi, vegetatsiya davrida tabiiy namlikni uzoqroq muddatga saqlab turuvchi funksiyalarni bajaradigan kserofit daraxtlar, butalar va yarim butalarning shafqatsiz kesilib ketishi deflyatsiyaning dinamik rivojlanishiga va hududlarning iqlimini yanada aridlashib borishiga qulay imkoniyat yaratib beradi. natijada flora tarkibidagi ko`plab qimmatbaho va dorivor o`simliklar turi kamayib, biologik xilma- xillik asta-sekin kambag`allashib boradi. Oqibatda faollashib borayotgan cho`llanish jarayonlari cho`l o`simliklarining rang- barangligiga va landshaft majmualarining barqaror rivojlanishiga katta zarar yetkazib, murakkab va keskin regional geoekologik vaziyatlarni vujudga keltiradi. Arid landshaftlarning cho`llanish jarayoniga jamiyatning tashkil etilmagan va tartibsiz rekreatsion faoliyati ham katta ta’sir ko`rsatadi. Bahor oylarida shahar va tumanlar aholisining cho`llarga uyushtirgan dam olish kunlarida cho`l manzarasiga chiroy berib turgan yovvoyi gullarning uzib olinishi va ularni paymol qilinishi ham biologik rang-baranglikka salbiy ta’sir ko`rsatib, cho`llanish jarayonini jadallashuviga imkoniyat yaratadi. Shuningdek cho`l hayvonlarini ko`p yillardan beri tartibsiz va vahshiyona ov qilinib kelinishi ham cho`l biotsenozlarida muhim rol o`ynaydigan qimmatbaho hayvon turlarining sonini kamayib ketishiga sabab bo`lmoqda. Jumladan, Qizilqum cho`lida yaqinga qadar pod-poda bo`lib yashaydigan jayronlarning ayovsiz ov qilinishi natijasida ularning soni juda ham kamayib ketdi. Hozirgi kunda jayronlarni yo`q bo`lib ketishidan saqlab qolish, ularning sonini ko`paytirish va muhofaza qilish maqsadida bu noyob hayvon turini «O`zbekistonning Qizil kitobi»ga kiritilgan. Qizilqum cho`lining fauna va flora majmualari tarkibidagi turlarning keskin kamayishi ayrim noyob va qimmatbaho o`simlik va hayvon turlarining hatto yo`qolib ketishiga ham sabab bo`lmoqda. Rekreatsion obyekt sifatida kishilarning, xususan 75 sayyohlarning e’tiborini o`ziga jalb etadigan landshaft majmualariga haddan tashqari turistik yukning ortib borishi ham salbiy ekologik oqibatlarga olib keladi. Yillar davomida rekreatsion nuqtayi- nazardan qiziqarli bo`lgan landshaft obyektlariga turistlarning me’yordan ortiq tashrif buyurishlari cho`l sharoitida birinchi navbatda deflyasion jarayonni rivojlanishiga sharoit yaratadi. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling